Rejaviy tuzilma. Jamoat markazlari. Turar-joy qurilishi



Yüklə 171 Kb.
səhifə4/5
tarix16.12.2022
ölçüsü171 Kb.
#75612
1   2   3   4   5
1-amaliy dars

Turar-joy qurilishi

Istiqomat qilish muhiti deganida, chegarasi doirasida insonning kundalik madaniy-maishiy eqtiyojlari qondiriladigan turar-joy birligi (xonadon), uy, uning atrofidagi boshqa turar-joy va jamoat binolari, umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan ko‘kalamlashtirilgan hududlarning o‘zaro bog‘langan hududiy va hajm-makon birligi deb qaralishi lozim.


Turar-joy tumanlari va mavzelarining hududlarini qurilish loyihalarini tuzishda, turar-joy tuzilmalarining tarkibi va sig‘imini hisoblashda, turar-joy qurilishining qavatliligi, turar-joy binolari va xonadonlar turini tanlashda tadqiqotlar yordamida aniqlanadigan aholining ijtimoiy-demografik xususiyatlarini hisobga olish lozim.
Turar-joy qurilishi zonalarining rejaviy tuzilmasi hududlarning shaharsozlik va tabiiy xususiyatlari hisobga olib, aholi istiqomat qiluvchi hududlarni zonalash va rejaviy tuzil-masi bilan bog‘lagan holda yaxlit tarzda shakllantirilishi lozim. Bunda sanitariya-gigienik me’yorlar va xavfsizlik talablariga muvofiq turar-joy zonalarida joylash-tirishga ruxsat etilgan turar-joy, jamoat bino va inshootlari, yo‘l-ko‘cha tarmog‘i, ko‘kalamlashtirilgan umumiy foydalanish hududlari, shuningdek boshqa ob’ektlarning o‘zaro bog‘liq holda joylashishini nazarda tutish lozim.
Turar-joy hududlarining o‘lchamlarini aniqlashda turar-joy dasturlarining bosqichlar bo‘yicha amalga oshirilishidan kelib chiqish zarur.
Turar-joy fondi va uning tuzilmasi aholining oilaviy tarkibi, uning daromad darajasi, har bir oilani alohida xonadon yoki uy bilan ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda mavjud va istiqboldagi uy-joy bilan ta’minlanganligi, shuningdek avtomobillar sonining prognozli darajasi to‘g‘risidagi aniq va prognoz ma’lumotlar tahlili asosida aniqlanadi. Davlat va boshqa turar-joy fondi uchun esa, qonunchilikda belgilangan turar-joy maydonining ijtimoiy me’yorlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlar o‘rtacha turar-joy ta’minotining kishi boshiga 20 m2 hisobida keltirilgan.
Turar-joy ta’minotining hisobiy me’yorlarini, hududlar, aglomeratsiyalar, shaharlarning qurilish quvvatlarini hisobga olgan holda, mintaqaviy shahar-sozlik me’yorlarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Turar-joy zonalarining hududlari turar-joy tuzilmalarining quyidagi funksional-rejaviy ko‘rinishida tashkil etiladi:
mavze yoki magistrallararo hudud) – hududiy o‘lchamlari, odatda, 5 gektardan 60 gektargacha bo‘lgan qizil chiziqlar chegarasi yoki boshqa chegaralardagi qurilmalarning asosiy rejaviy elementi;
mavze yoki magistrallararo hudud)larda hududni chegaralovchi rejaga muvofiq alohida uylar (uy xo‘jaliklari) yoki turar-joy guruhlari uchun turar-joy qurilmalari uchun er uchastkalari ajratilishi mumkin.
Turar-joy tumani – aholiga davriy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljal-langan umumiy markazga ega bo‘lgan mavze (daha)lar guruhi sifatida shakllangan bo‘lib, odatda, shahardagi magistral ko‘chalar, temir yo‘l izlari, tabiiy hududlar (daryo, o‘rmon va h.k.) bilan cheklangan hududlar chegarasida tashkil topadi.
Turar-joy binolari qurilgan zonalarni rejaviy tashkillashtirishda ulardagi binolar-ning turlari, qavatliligi va zichligi, hamda tarixiy-madaniy, tabiiy-iqlimiy va boshqa mahalliy xususiyatlar bo‘yicha tabaqalash-tirishni nazarda tutish zarur.
Turar-joy binolarining tur-lari va qavatliligi turar-joy muhiti shakllanishi bo‘yicha ijtimoiy-demografik, me’moriy-kompozitsion, milliy-maishiy, sanitariya-gigienik va boshqa talablarga, shuningdek muhandislik infratuzilmasining rivojlanish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash imkoni-yatlariga muvofiq ravishda belgilanadi.
Turar joy zonalari tarkibiga quyidagilar kiritilishi mumkin:
ko‘p qavatli (9 qavatli va undan yuqori), ko‘p xonadonli turar-joy binolari zonasi;
o‘rta qavatli (4-8 qavatli, mansarda qavatini ham hisoblaganda), ko‘p xonadonli turar-joy binolari zonasi;
kam qavatli (mansarda qavatini ham qo‘shganda 4 qavatgacha) ko‘p xona-donli, yonida er uchastkalari bo‘lgan birlashtirilgan turar-joy binolari zonasi;
shaxsiy turar-joy binolari (alohida qurilgan va/yoki birlashtirilgan) zonasi.
Kam sonli xalqlar (elatlar) zich joylashgan tumanlarda turar-joy zonalarini tashkil etishda va uy-joy binolari turlarini tanlashda aholining tarixiy shakllangan turmush tarzini hisobga olish zarur.
Turar-joy binolari qurilishining hisobiy ko‘rsatkichlari shakllangan va prognoz-langan ijtimoiy-demografik vaziyatni, shuningdek Respublika-ning tegishli vazirliklari va idoralari ma’lumotlariga bo‘yicha aholi daromadlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zarur.
Turar-joy bilan ta’minlanganlik bo‘yicha o‘rtacha hisobiy ko‘rsatkich qulaylikning turli darajasiga ega turar-joy uylari va xonadonlarning o‘zaro nisbatiga bog‘liq bo‘ladi.
Zarur ma’lumotlar bo‘lmagan holatlarda qulaylik darajasi bo‘yicha 1- va 2- turlardagi turar-joy binolari va xonadonlar uchun kishi boshiga -20-30 m2, 3- va 4-turlari uchun esa -50 m2 qabul qilinadi.
SHaxsiy turar-joy bino-lari er uchastkalarining o‘lcham-larini belgilashda turli shahar-lardagi shaharsozlikka oid vaziyat, turar-joy binolarining turlari, turar-joy binolari qurilishi (muhiti)ning shakllanish jihatlari, uning shahar tuzilmasida joylashish sharoitlarini hisobga olish lozim.
SHaharsozlik bo‘yicha hududiy me’yorlarda, erdan foydalanish va binolar qurilishini amalga oshirish bo‘yicha qoidalarda kam qavatli binolarning asosiy turlari aniqlashtirilishi va ularning har biri uchun tegishli shaharsozlik talablari belgilanishi mumkin.
Xususan, katta, yirik va eng yirik shaharlardagi shaxsiy turar-joy qurilmalariga qarashli er uchastkalaridan xo‘jalik maqsadida foydalanishga cheklovlar ko‘zda tutilishi tavsiya etiladi.
Kichik va o‘rta shaharlarning chekka tumanlarida uy hayvonlari va parrandalar boqishga ruxsat etilgan hovlili shaxsiy turar-joy qurishga ruxsat etiladi.
Turar joy binolarini rekonstruksiya qilishda, odatda, mavjud kapital turar-joy va ja-moat binolari saqlanishi va yangilanishi zarur.
Ushbu me’yorlar va qoidalarning sanitariya-gigienik, yong‘inga qarshi, konstruktiv, qurilish va boshqa talablariga rioya qilgan holda yangi binolar va inshootlar qurilishiga, mavjud turar-joy va jamoat binolarining pastki qavatlaridan funksional foydalanishni o‘zgartirilishiga, binolar ustiga yangi qavat solinishiga, mansarda qavatlari qurishga, er usti va er osti makonlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Ko‘p xonadonli binolardagi turar-joy xonadonlari mulkdorlari (shirkat a’zolari)ning umumiy tasarrufida bo‘lgan ko‘p xonadonli turar-joy binolari (kondominiumlari)ga qarashli er uchastkalarining chegaralari hamda o‘lchamlari, qonunchilik va me’yoriy huquqiy hujjatlarni hisobga olgan holda, rejalashtirish hujjatlarida belgilanadi.
Uy (xonadon) qoshidagi er uchastkasining o‘lchami aholining demografik tuzilmasini hisobga olgan holda, uy turi va boshqa mahalliy xususiyatlarga bog‘liq ravishda shaharsozlik me’yorlari va erdan foydalanish qonunchilik hujjatlari asosida belgilanadi.
YAkka tartibda amalga oshiri-ladigan turar-joy qurilishi va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar uchun er uchastkalarining chegaraviy joiz o‘lchamlari o‘z o‘zini boshqarish ma-halliy organlari tomonidan belgi-lanadi (15-Ilovaga qaralsin).
Ko‘p xonadonli turar-joy binolarida istiqomat qiluvchilar uchun chorva va parranda boqishga mo‘ljallangan xo‘jalik qurilmalari uchun er uchastkasi turar-joy zonasining tashqarisida ajratib berilishi mumkin;
SHaxsiy yordamchi xo‘jaligida faoliyat yuritish uchun, er uchastkasining belgilangan maksimal me’yoriga etmaydigan qismini turar-joy zona tashqarisidan ajratib berishga ruxsat etiladi; ko‘p xonadonli turar-joy binolari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan alohida turuvchi jamoaviy er osti (er usti) omborlarni tashkil qilishga ruxsat etiladi, ushbu qurilmalarning maydoni shaharsozlik normalariga, bu kabi normalar bo‘lmagan holatlarda esa – loyiha topshirig‘iga asosan belgilanadi.
Turar-joy binolari qurilishini amalga oshirishda shaharsozlik, demografik, tabiiy-iqlimiy va boshqa sharoitlarga muvofiq holda turar-joy binolarining quyidagi turlari qo‘llanishi kerak: kam qavatli, hovlili, kam qavatli zich, o‘rta qavatli (4-5 qavat), baland qavatli (9-12-16 qavat).
Binolar turini tanlashda qo‘shimcha hududlarga bo‘lgan ehtiyojlarning oldini oluvchi yoki ushbu ehtiyojlarni qisqartiruvchi eng samarali er zaxira laridan foydalanishni ko‘zda tutish zarur.
Turar-joy binolari, turar-joy va jamoat, shuningdek sanoat binolari o‘rtasidagi masofa-lar quyosh nurining tushishi (insolyasiya) va yoritilganlikni hisoblashlar asosida, asosiy turar-joy binolari va xonadonlari yonidagi hovlilarning ko‘rinishi chegaralari, shuningdek yong‘inga qarshi talablarga muvofiq tarzda qabul qilinishi zarur (1-ilova).
Ko‘p xonadonli turar-joy uylarining uzun tomonlari o‘rtasidagi masofalar (xonalarning yaqqol ko‘rinmaslik talablaridan kelib chiqqan holda) quyidagicha qabul qilinishi lozim:
balandligi 2-3 qavat bo‘lgan turar-joy uylari uchun - 15 m kam bo‘lmagan;
4-5 qavatlilar uchun - 25-30 m kam bo‘lmagan;
yashash xonalarida derazalari bo‘lgan ushbu binolarning uzun tomonlari va yon tomonlari uchun - 10 m dan kam bo‘lmagan.
9 va undan ko‘proq qavatli binolar uchun uzun tomonlari o‘rtasidagi masofa - 40-45 m dan kam bo‘lmagan;
yashash xonalarida derazalari bo‘lgan ushbu binolarning yon tomonlari uchun - 20-25 m dan kam bo‘lmagan.
Zilzilaligi 8 ball va undan yuqori bo‘lgan maydonlarda turar-joy binolarining uzun tomonlari orasidagi masofalar eng katta bino ikki baravar balandligidan kam bo‘lmasligi zarur.
SHaxsiy turar-joy binolari va bog‘-dala hovli qurilmalari joylashgan tumanlarda turar-joy binolari (xonalar, oshxonalar va ayvonlar) derazalaridan qo‘shni er uchastkalarida joylashgan uy va xo‘jalik binolari devorlarigacha bo‘lgan masofa 6 m dan kam bo‘lmas-ligi (yaqqol ko‘rmaslik talablarini, shuningdek qo‘shni er uchastkalarini pana qilmaslik talablariga rioya qilgan holda) zarur, hayvonlar va parrandalar boqiladigan saroy-largacha masofa esa sanitariya-gigienik talablarga muvofiq aniqlanadi.
Uchastka chegarasidan bo‘lgan masofa quyidagilardan kam bo‘lmasligi zarur: turar-joy binosi devorigacha 3 m, xo‘jalik binolarigacha – 1 m.
Markazlashgan kanalizatsiya tarmog‘i bo‘lmagan holatlarda, hojatxonadan qo‘shni bino devorigacha masofa 12 m dan, suv ta’minoti manbai (quduq)gacha esa - 25m dan kam bo‘lmagan tarzda qabul qilinishi lozim.
Ijtimoiy-amaliy va ara-lash zonalarda joylashgan ishlab chiqarish ob’ektlari uchastkalari chegarasidan turar-joy va jamoat binolarigacha, shuningdek maktab-gacha va umumta’lim, sog‘liqni saqlash va dam olish muassasalari uchastkalarining chegaralarigacha bo‘lgan masofa 50 m dan kam bo‘l-magan holda qabul qilinishi zarur.
SHaharlarning shaxsiy turar-joy binolari joylashgan tumanlarida turar-joy zonalari chegarasida joylashtiriladigan omborxona guruhlarining har qaysisi 30 blokdan ortiq bo‘lmasligi zarur.
CHorva va parrandalar uchun qurilmalar, sanitariya-gigienik talablarni hisobga olgan holda, turar-joy xonalari derazalaridan quyidagi masofalardan kam bo‘lmasligini nazarda tutish lozim: bitta yoki qo‘shaloq qurilmalar -10 metr-dan, 8 ta blokgacha - 25 metrdan, 8 ta dan 30 ta gacha bo‘lgan bloklarda – 50 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Ko‘p xonadonli binolari mavjud turar-joy zonalarida mavzening ko‘kalamlashtirilgangan hududlari maydonlari (maktab va maktabgacha bolalar muassasalari uchastkalarini hisoblamaganda), odatda, mavze hududi maydonining 25 foizidan kam bo‘lmasligi zarur.
Kiyim-kechak quritish maydonchalaridan bo‘lgan masofa me’yorlan-maydi; axlat to‘plagichlar maydonchalaridan turar-joy binolari, fizkultura maydonchalari, bolalar o‘ynaydigan va katta yoshdagilar dam olish maydonchalari, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari, davolash muassasalari va ovqatlanish muassasalarigacha bo‘lgan masofa 25 metrdan kam bo‘lmagan holda, xo‘jalik maydonchalaridan turar-joy binosining eng uzoq kirish joyigacha esa 100 metrdan ortiq bo‘lmagan (axlat tortadigan quvuri bo‘lgan uylar uchun) va 50 m (axlat tortadigan quvuri bo‘lmagan uylar uchun) masofani qabul qilish lozim.
Baland qavatli turar-joy binolarining (9-12 qavatli) qurilishi tegishli asoslanishlar bilan bajarilishi kerak.
Zichligi yuqori bo‘lishi bilan birga qavatlar sonini cheklash sharti mavjud bo‘lgan barcha shaharsozlik vaziyatlarida kam qavatli turar-joy binolarini zich tarzda qurilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hovli (tomorqa) er uchastkalarining o‘lchamlari shaharsozlik vaziyati xususiyatlariga bog‘liq holda 300-600 m2 tashkil etadi.
Katta va yirik shaharlarda qurilishlarning asosiy turi sifatida o‘rta qavatli turar-joy binolarini qurish qo‘llanilishi lozim.
Turar-joy tumanlari va mavzelar hududida turar-joy fondining hisobiy zichligi 2- va 3-jadvallarga muvofiq qabul qilinishi lozim.
Hududlarning ekologik ahvolini baholash mezonlariga muvofiq aniqlangan ekologik ofatlar va favqulodda ekologik vaziyatlar zonalarida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha zarur tadbirlarni o‘tkazmasdan turar-joy binolarining mavjud zichligini oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.




Yüklə 171 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin