4. Rektifikatsiya jarayonining moddiy va issiqlik balanslari
Jarayonning prinstipial sxemasi asosida rektifikatsiyaning moddiy va issiqlik balanslari tuziladi
(3.-rasm). Rektifikastion kolonnaga uzatilgan boshlang`ich eritma distillyat va kub
qoldig`iga ajratiladi.
Kollonnadan chiqayotgan bug`lar deflegmator 4 da kondensastiyalanadi va ajratuvchi idish 3 ga tushadi. Bu erda suyuqlik ikki qismga, ya’ni flegma F va distillyatga ajratiladi. Flegma kolonnada purkatilish uchun yo`naltiriladi.
Jarayon moddiy balansi ushbu ko`rinishga ega:
Engil uchuvchan komponent bo`yicha esa:
bu erda Gf, Gd, Gw - boshlang`ich eritma , distillyat va kub qoldig`i massalari, kmol; xf, xd, xw - boshlang`ich eritma, distillyat va kub qoldiqlaridagi engil uchuvchan komponentning konstentrastiyalari, mol ulushlar.
tenglamalardan distillyat va kub qoldig`ining massalari aniqlanadi:
Boshlang`ich eritma, kub qoldig`i va flegmalarning 1 kmol distillyatga nisbatlarini quyidagicha belgilab olamiz:
Flegma miqdorining distillyat miqdoriga nisbati flegma soni deb nomlanadi.
Rektifikastion kolonnaning ta’minlash tarelkasi uni 2 ga ajratadi: yuqori va pastki qismlarga.
Umumiy tenglama asosida kolonnaning yuqori va pastki qismlari uchun moddiy balans tenglamalarini tuzamiz:
bu erda L = RGd - kolonna yuqori qismida oqib tushayotgan suyuqlik miqdori.
Kolonna bo`ylab yuqoriga ko`tarilayotgan bug` miqdori:
)
Kolonnaning yuqori qismi uchun:
Pastki qismi uchun:
Konstentrastiyalari x, u bo`lgan kolonna yuqori qismining istalgan ko`ndalang kesimi va konstentrastiyalari xd, ud bo`lgan kolonnaning yuqori qismi uchun (5.129) tenglamani yozamiz: (xd = ud deb qabul qilingan holda)
Bundan
Konstentrastiyasi x, u bo`lgan kolonnaning pastki qismi va konstentrastiyalari xw, uw bo`lgan kubning istalgan ko`ndalang kesimi uchun, xw = yw ni hisobga olib (5.130) tenglamani yozamiz:
yoki
Ko`rinib turibdiki tenglamalar to`g`ri chiziqni ifodalaydi. tenglamadagi R/(R + 1) = tg - ishchi chiziqning absstissa o`qiga og`ish burchagi tangensi xd/ (R+1) = B chiziq u - x diagramma ordinata o`qida ajratgan kesmasi (4-rasm).
Shunday qilib, ushbu tenglamalar rektifikastion kolonnaning yuqori va pastki qismlarining ishchi chiziq tenglamalarini ifodalaydi.
Agar, jarayon davriy bo`lsa, rektifikatsiya jarayoni kolonna yuqori qismining ishchi chizig`i bilan ifodalanadi.
Tenglamadan kolonnaning ta’minlovchi tarelka ko`ndalang kesimi va tepasi uchun quyidagi ifodani olamiz:
bundan
Dostları ilə paylaş: |