Absorberlarni hisoblash. Desorbsiya



Yüklə 73,24 Kb.
səhifə1/3
tarix25.02.2023
ölçüsü73,24 Kb.
#85537
  1   2   3
Absorberlarni hisoblash. Desorbsiya


Absorberlarni hisoblash. Desorbsiya

Absorberlarni hisoblashda quyidagi parametrlar aniqlanadi: absorbent sarfi, qurilmaning diametri, balandligi va gidravlik qarshiligi. Buning uchun esa quyidagi parametrlar ma’lum yoki berilgan bo’lishi kerak: gaz sarfi, gaz aralashmaning tarkibi, boshlang`ich va oxirgi konstentrastiyalari, absorbentdagi gazning boshlang`ich konstentrastiyasi.


Absorbentning sarfi moddiy balans tenglamasi (5.7) dan topiladi.
Absorberning gidravlik qarshiligi qurilmaning konstrukstiyasi va uning gidrodinamik rejimiga bog`liq. Odatda gidravlik qarshilik gazning optimal tezligi bo’yicha hisoblanadi, u esa o’z navbatida texnik–iqtisodiy hisoblashlar asosida aniqlanadi.
Absorber diametri gazning chiziqli tezligiga binoan (5.2) tenglamadan hisoblanadi.
Absorber balandligi esa, massa o’tkazishning modifikastiyalashgan tenglamasi (5.65) dan topish mumkin.
Yupqa qatlamli va nasadkali absorberlarni hisoblash sxemalari bir xildir.
Yupqa qatlamli absorberlarni hisoblashda gidravlik qarshilik Darsi - Veysbax tenglamasidan aniqlanadi:

bu erda - gidravlik qarshilik koeffistienti; N – yupqa qatlam oqib tushayotgan yuzaning balandligi, m; de - gaz harakatlanayotgan kanalning ekvivalent diametri, m; wn= w+wyp - gazning nisbiy tezligi, m/s; wur – yupqa qatlam harakatining o’rtacha tezligi, m/s; - gaz zichligi, kg/m3.


Yupqa qatlam harakatining o’rtacha tezligi wur (5.86) tenglamadan aniqlanadi.


Gidravlik qarshilik koeffistienti, gaz va yupqa qatlamlar, Reynolds kriteriyining qiymatiga bog`liq. Suyuqlik yupqa qatlamining harakat rejimini aniqlovchi Reynolds kriteriysi (5.88a) tenglamadan topiladi.
Trubali absorberlar diametri gazning sarfi va tezligi orqali (truba ichki diametrini ma’lum qiymatiga teng deb qabul qilinadi) aniqlash mumkin.
Trubalar soni esa:

bu erda G - gazning massaviy sarfi, kg/s.


Trubalar soni ma’lum bo’lsa, ular orasidagi masofa t = (1,25...1,5)dt va trubaning qalinligi ni aniqlab, absorberning diametri sekundli sarf tenglamasidan aniqlanadi.


Trubalar balandligi hamma trubalarning ichki yuzalari orqali aniqlanadi:



bu erda Fm = ndich*H.


Modifikastiyalashgan massa o’tkazish tenglamasi ni hisobga olsak:





Gaz fazasidagi massa berish koeffistientini hisoblash uchun quyidagi kriterial tenglama taklif etiladi:



bu erda ReG - gaz oqimi uchun Reynolds kriteriysi; PrDG - gaz uchun Prandtl kriteriysi.


Ushbu tenglamada aniqlovchi o’lcham sifatida gaz oqimi harakatlanayotgan kanalning ekvivalent diametri qo’llaniladi.


Suyuq fazasidagi massa berish koeffistientini ushbu tenglama yordamida hisoblash mumkin:

bu erda Res – suyuqlik yupqa qatlami uchun Reynolds kriteriysi; Rrs – suyuqlik uchun Prandtl kriteriysi; Ga – Galiley kriteriysi; h - qurilma ishchi qismining balandligi, m; de – yupqa qatlamning ekvivalent diametri, m.





Yüklə 73,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin