Absorberlarni hisoblash. Desorbsiya



Yüklə 73,24 Kb.
səhifə3/3
tarix25.02.2023
ölçüsü73,24 Kb.
#85537
1   2   3
Absorberlarni hisoblash. Desorbsiya

Nudg va Re kriteriylarida chiziqli o’lcham bo’lib kapillyar konstanta hisoblanadi va u ifoda orqali aniqlanadi. Suyuq fazadagi massa berish koeffistientini hisoblash uchun ushbu formula tavsiya etiladi:



Tenglamadagi Re kriteriysini hisoblashda w parametr o’rniga kolonna bo’sh ko’ndalang kesimidagi gazning tezligi qo’yiladi.




Desorbsiya
Desorbsiya (de... va lot. sorbeo -yutaman) — adsorbentga yutilgan moddaning undan qayta ajralib chiqishi, adsorbsiyanit aksi. Adsorbent atrofidagi muhitda adsorbsiyalanuvchi modda konsentratsiyasining kamayishi yoki temperatura koʻtarilishi D.ga sabab boʻladi. D. laboratoriya amaliyotida adsorbentlarga yutilgan gaz, bugʻ yoki erigan moddalarni ajratib olishda qoʻllaniladi.
Absorberdan chiqib ketayotgan suyuq yutuvchi tarkibidagi erigan gazlarni ajratib olish jarayoni desorbsiya deb ataladi. Desorbsiyaning asosiy maqsadi ishlatilgan absorbentni regeneratsiya qilish hamda yutilgan gazni haydash yoki rektifikatsiya usuli bilan ajratib olishdan iboratdir. Sanoatda desorbsiyaning turli usullari qo'llaniladi. Aralashmaning tabiatiga ko'ra desorbsiyaning u yoki boshqa usuli tanlab olinadi. Masalan, bug'-gaz aralashmasida atseton suv yordamida absorbsiya yo'li bilan ajratib olingandan so'ng, suyuqlik tarkibidagi atseton rektifikatsiya yordamida ajratib olinadi.
Suyuqlikda yutilgan komponent quyidagi usullarda desorbsiya qilinadi:
inert gaz yoki suv yordamida ajratib olinadi;

  1. absorbentga issiqlik berish bilan ajratib olinadi;

  2. absorbsiya jarayonidan keyin absorberdagi bosimni kamaytirish natijasida ajratib olinadi.

Inert gaz yoki suv bug'i ta'sirida desorbsiya qilish. Bu usulda yutilgan gazni desorbsiya qilish uchun inert gaz yoki suv bug'i ishlatiladi. Bunda inert gaz yoki suv bug'i suyuqlik bilan bevosita bir-biriga ta'sir qiladi. Taqsimlanayotgan komponentning parsial ish bosimi suyuqlik ustidan desorbsiya qilinayotgan agent bosimiga qaraganda yuqori boigani uchun bu komponent suyuqlikdan gaz oqimiga yoki suv bug'iga o'tadi. Yutilgan gazni suyuqlikdan ajratib olish uchun desorbsiya jarayoni inert gaz va suv bug'i ta'sirida qarama-qarshi yo'nalishda yoki nasadkali kolonnalarda
olib boriladi. Inert gaz sifatida havo ishlatiladi, yutilgan gaz esa u bilan aralashib ketadi. Bunday desorbsiya usuli gaz aralashmasidan ajratib olingan komponent boshqa maqsadlarga ishlatilmagan hollarda qo'llaniladi.
Absorbentga issiqlik berish yo'Ii bilan yutilgan gazni ajratib olish. De-sorberga issiqlik berilganda, masalan, u suv bug'i bilan isitilganda, suyuqlikda desorbsiya qilinayotgan komponent bilan absorbentning ham bir qismi bug'lanadi. Hosil bo'lgan aralashmalardan kerakli komponentni ajratib olish uchun rektifikatsiya usuli qo'llaniladi.
Absorberdagi bosimni kamaytirib yutilgan gazni ajratib olish. Bu desorbsiya usuli juda oddiy bo'lib, absorbsiya jarayoni atmosfera bosimidan yuqori bosimlarda olib borilganda kolonnadagi bosimni atmosfera bosimigacha kamaytirish natijasida yutilgan gaz desorbsiya qilinadi. Agar absorbsiya jarayoni atmosfera bosimida olib borilsa, u holda desorbsiya qilinuvchi komponent vakuum-nasos yordamida tortib olinadi. Eritma tarkibidagi desorbsiya qilinadigan komponentni butunlay ajratib olish uchun ko'pincha desorbsiya jarayonlari issiqlik berish bilan birgalikda past bosim ostida olib boriladi.
Yüklə 73,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin