Res ni hisoblashda suyuqlik yupqa qatlamining oqib tushish tezligi ishlatiladi.
Nasadkali absorberlarni hisoblashda quruq nasadkadagi naporning yo’qotilishi ushbu tenglamadan aniqlanadi:
Ma’lumki, naporning yo’qotilishi nasadka xarakteri, gaz tezligi va namlanish zichligiga bog`liq.
¥o’llangan nasadkaning qarshiligi prof. A.N.Planovskiy tomonidan taklif etilgan formula yordamida hisoblash mumkin:
bu erda rk - quruq nasadka gidravlik qarshiligi.
Absorber diametri esa quyidagi formuladan topiladi:
bu erda G - gaz sarfi, kg/soat; g - gaz zichligi, kg/m3; w - kolonna bo’sh ko’ndalang kesimidagi tezlik, m/s. Gaz tezligi (5.92) tenglamadan hisoblab topiladi.
Absorber balandligini modifikastiyalashgan massa o’tkazish tenglamasi (5.65) dan aniqlash mumkin.
Gaz fazasidagi massa berish koeffistientini hisoblash uchun quyidagi kriterial tenglamani qo’llash mumkin:
Ushbu tenglamada aniqlovchi o’lcham sifatida nasadkaning ekvivalent diametri dek xizmat qiladi. ReG kriteriysiga nasadka bo’sh kanallaridagi gazning tezligi qo’yiladi.
Suyuq fazadagi massa berish koeffistientini hisoblash ushbu formulani qo’llash mumkin:
Formuladagi NuDS – aniqlash uchun yupqa qatlam keltirilgan qalinligida hisoblangan:
Tarelkali absorberlarni hisoblashda qurilmaning gidravlik qarshiligi, diametri, balandligi va tarelkalar soni aniqlanadi.
Tarelka turi tanlangandan so’ng, bug` yoki gazning ruxsat etilgan eng katta tezligi aniqlanadi. Buning uchun Kirshbaum tomonidan taklif etilgan formuladan foydalanish mumkin:
Kolonna bo’sh ko’ndalang kesimidagi gazning tezligi (0,8...0,9)wk da teng deb qabul kilinadi.
Zamonaviy qurilmalardagi tarelkalar orasidagi masofa iloji boricha kam bo’lishi kerak.
Tarelkalar orasida kerakli gidravlik tamba hosil qiluvchi minimal masofa ushbu ifodadan topiladi (5.29-rasm).
bu erda hD - suyuqlik tezligini hosil qilish uchun quyilish patrubkasidagi suyuqlik ustunining balandligi, m2; hZ - gidravlik tamba hosil qilish uchun quyilish patrubkasidagi suyuqlik ustunining balandligi, m; h0 - tarelkadan quyilish patrubkasining pastki uchigacha bo’lgan masofa, m.
Q uyilishi patrubkasidagi suyuqlik ustunining balandligi:
bu erda w - quyilish patrubkasidagi suyuqlik tezligi, odatda 0,02...0,06 m/s oralikda bo’ladi; 1 - patrubkadan chiqishdagi qarshilik koeffistienti; 2 - quyilish patrubkasining qarshiligini ifodalovchi koeffistient.
Ushbu koeffistientni quyidagi formuladan topish mumkin:
bu erda - gidravlik qarshilik koeffistienti; lk - quyilish patrubkasi ishchi uzunligi, (hD+ hZ) m; dk - quyilish patrubkasi diametri, m.
Suyuqlik ustunining balandligi h3 tarelkalar orasidagi bosimni tenglashtirib turadi.
Elaksimon tarelkaning gidravlik qarshiligi (Pa) quyidagi tenglamadan aniqlanishi mumkin:
bu erda rk - quruq tarelka qarshiligi; ra - sirtiy taranglik kuchlarini engish uchun zarur bosimlar farqi; rs - tarelkadagi suyuqlik ustunining qarshiligi.
ra suyuqlikning sirtiy taranglik kattaligiga qarab aniqlanadi:
bu erda - fazalar chegarasidagi sirtiy taranglik, N/m; d0 - tarelka teshigining diametri, m.
Quruq tarelka rq va undagi suyuqlik ustunining qarshiligi rs lar prof. A.N.Planovskiy tavsiya etgan formulalardan hisoblab topilishi mumkin:
bu erda w0 - tarelka teshiklaridagi gaz oqimining tezligi, m/s; k=0,5 - tarelkadagi ko’pik zichligining suyuqlik zichligiga nisbati; h - quyilish ostonasi balandligi, m; h - ostona atrofidagi barbotaj bo’lmagan suyuqlik balandligi, m;
bu erda L - suyuqlik massaviy sarfi, kg/soat; - kuyilish to’sig`idan o’tayotgan suyuqlikning sarf koeffistienti (=6400...10000); b - quyilish to’sig`ining eni, m.
Qalpoqchali tarelkaning gidravlik qarshiligi ushbu tenglikdan aniqlanadi:
bu erda rk - qalpoqchali tarelkadan gaz oqimi o’tishidagi bosimning yo’qotilishi, Pa; rtir - qalpoqchali tarelka tirqishidan gaz o’tishi paytidagi bosimning yo’qotilishi, Pa; rs - tarelkadagi suyuqlik ustunining qarshiligi, Pa.
Qalpoqchali tarelkaning gidravlik qarshiligi rk ni, mahalliy qarshiliklarni engish paytidagi bosimlar yo’qotilishlarning yig`indisi orqali topish mumkin. Odatda qalpoqchaning hamma ko’ndalang kesimlarida gaz oqimi tezliklari teng bo’lsa, gidravlik qarshilik minimal bo’ladi:
bu erda dp - patrubka diametri, m; dk - qalpoqcha diametri, m; hk - qalpoqcha va patrubka orasidagi masofa, m.
Diametri 40...60 mm va bug` patrubkalarining kesim yuzalari kolonna ko’ndalang kesim yuzasiga nisbati 0,1...0,15 bo’lgan qalpoqchalar eng yaxshi gidrodinamik xarakteristikalarga ega.
Qalpoqchaning qarshiligi ushbu formuladan topilishi mumkin:
bu erda w - patrubkadagi gaz tezligi, m/s; - hamma qarshiliklar yig`indisi.
Qalpoqcha tirqishlarining qarshiligi esa:
bu erda tir=1,5 - tirqishdan gaz o’tishidagi mahalliy qarshilik koeffistienti; wtir - tirqishdagi gaz tezligi, m/s; ra - sirtiy taranglik kuchlari tufayli hosil bo’lgan qarshilik.
Ushbu holatda:
bu erda dg - tirqishning ochiq teshigining gidravlik diametri, m.
Suyuqlik ustunining qarshiligi (5.102) formuladan hisoblab topish ham mumkin.
Absorber daiametri (5.62) tenglamadan hisoblanadi.
Agar, tarelkalar soni n va ular orasidagi masofa hg ma’lum bo’lsa, absorberlar balandligi ushbu formuladan topiladi:
bu erda hv - eng yuqori tarelka va absorber qopqog`i orasidagi masofa, m.
Massa o’tkazish koeffistientlari (5.82), (5.83) formulalardan aniqlanadi.
Tarelkali absorberlarda gaz fazasida massa berish koeffistienti prof. G.P.Salamaxa tomonidan keltirib chiqarilgan tenglama orqali hisoblab topilishi mumkin:
qalpoqchali tarelkalar uchun:
quyilish moslamali elaksimon tarelkalar uchun:
plastinali va elaksimon tarelkalar uchun:
bu erda - Veber kriteriysi. Bu erda - sirtiy taranglik, N/m; s - suyuqlik zichligi, kg/m3; hst - tarelkadagi statik suyuqlik qatlamining balandligi, m.
Dostları ilə paylaş: |