Daraxtda ixtiyoriy elementga chekli sondagi ko’rsatgichlar yordamida murojaat qilish mumkin;
Daraxtning har bir elementi faqatgina o’zidan oldingi kelgan bitta element bilan bog’langan.
Daraxtning har bir tuguni orqaliq yoki terminal (barg) bo’lishi mumkin.
0-bosqich 1- bosqich 2- bosqich Def.2. Daraxt bosqichlari soniga daraxt balandligi deyiladi.
Def.3. Tugunlardan chiqayotgan shohlar soni tugundan chiqish darajasi deyiladi.
Daraxtlar klassifikatsiyasi
1) Agar maksimal darajasi m bo’lsa, u holda bunday daraxt m-tartibli daraxt deyiladi;
2) Agar chiqish darajasi 0 yoki m bo’lsa, u holda to’liq m – tartibli daraxt deyiladi;
3) agar maksimal chiqish darajasi 2 bo’lsa, u holda bunday daraxt binary daraxt deyiladi;
4) agar chiqish darajasi 0 yoki 2 bo’lsa, u holda to’liq binary daraxt deyiladi.
Tugunlar orasidagi bog’liqlikni tavsiflash uchun yana quyidagicha atamadan foydaliniladi: Otao’g’il.
Eslatma Daraxt chiqish darajasi bo’yicha klassifikatsiya qilinadi.
Daraxtlarni tavsiflash
Mantiqiy tasvirlashda daraxtlar bog’langan ro’yhatlar ko’rinishda ifodalanadi. Bunda ro’yhat elementi tugun qiymati va chiqish darajasini o’z ichiga oluvchi information maydonga hamda chiqish darajasiga teng bo’lgan ko’rsatkichlar maydoniga ega bo’ladi.