Relyativistik dinamika elementlari



Yüklə 185,36 Kb.
səhifə19/20
tarix07.01.2024
ölçüsü185,36 Kb.
#205349
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
мустақил иш

VAKUUMDA ELEKTR TOKI

Valuumda elektr toki termoelektron emissiya natijasida ajralib chiqqan elektronlarning yo`nalgan harakatidan iborat. Vakuumda elektr tokini faqat elektronlar tashiydi.Vakuumda elektr tokining faqat magnit ta’siri kuzatiladi. Issiqlik va kimyoviy ta’sir kuzatilmaydi. Elektronni metalldan ajralib chiqish uchun bajarish kerak bo`lgan ishga chiqish ishi deyiladi Vakuumda elektr toki termoelektron emmisiya natijasida ajralib chiqqan elektronlarning yo’nalgan harakatidan iborat.


I=U*3/2
Bu formula Boguslaviskiy-Lengmyur formulasidur.Bunda a-elektrodlarning shakliga va ularning o’zaro joylashishiga bog’liq bo’lgan koeffitsient. U kuchlanish Uqiymatga erishganda tokning keyingi o’sishi tamomila to’xtaydi.Bunda tok to’yinish toki qiymatiga erishadi.
Elektron emissiya- qattiq jism yoki suyuqlikning elektr maydon,qizdirish, elektromagnit nurlanish, elektronlar oqimi va boshqalar tashqi omillar ta’sirida elektronlar chiqarishi. Uning avtoelektron emissiya termoelektron emmissiya turlari mavjud.
Tashqi omillar ta’sirida qattiq jism yoki suyuqlikdagi elektronlarning bir qismi jism sirti chegarasidagi potensial to`siqni yengib o`tishda yetarli energiya olganda yoki elektr maydon ta’sirida potensial to`siq jism ichida eng yuqori energiya olgan elektronlar uchun kuchsiz(shaffof) bo`lib qolganda Elektron emmissiya yuz beradi.
Elektron emisiyani kuzatish uchun jism ( emitter ) sirtida elektronlarni tezlashtiruvchi tashqi elektr maydon vujudga keltirish lozim. Bu elektr maydon emitter sirtidan elektronlarni “so`rib oladi”. Elektron emissiya tekshirish ishlarida elektron asboblar va lampalar yaratishda ishlatiladi.
DIOD va TRIOD
Diod bu- ikki elekrodli elektron lampa. Bir tomonlama otkazuvchanlik xususityatiga ega. Vakuum va yarim o`tkazgich diodlar bo`ladi. Vakuum diod,anod va katoddan iborat. Tok berilib, katod qizdirilsa elektrnlar oqi,I anodga qarab yo`naladi va anod toki hosil bo`ladi. Katod va anod orasidagi potensiallar farqi kichik bo`lsa, lampa ichidagi elektronlarning bir qismi katodga aylanadi.Katod-(yunoncha kathodos pastga yo`nalish qaytish) tok manbaning manfiy qutbiga ulanadigan elektr va radiotexnika asboblari elektrodli vanna va qurilmaning elektrodi. Katodni 1834-yilda ingliz fizigi M.Faradey taklif qilgan.Tashqi ta’sir natijasida katoddan elektronlarning chiqishiga qaran termoelektron, fotoelektron turlari farqlanadi.


XULOSA

Termoelektron emissiya hodisasi hozirgi zamon elektrotexnikasi va radio texnikasi katta rol o`ynaydi. Kinotronlar,kuchaytirgich lampalar va shu kabilarning ishlashi termoelektron emisiya hodisasiga asoslangandir.Bu mavzuni yoritib ana shunday qiziq va muhim ma’lumotlarga ega bo`ldim.Termoelektron emissiya mavzusi hayotda juda ko`p ishlatiladi.Uni dastlab 1900-1901 yillarda O.U.Richardson o’rgangan.Richardson – Deshman formulasi yarimo’tkazgichli emitterlar uchun ham o’rinli ammo bunda Termoelektron emissiya hodisasining mohiyati metallarnikidan farq qiladi.Termoelektron emissiya katodlar ishlab chiqarish elektrovakuum va gazrazryad qurilmaning asosini tashkil etadi.



Yüklə 185,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin