Relyativistik dinamika elementlari


Transformatorlarning parallel ishlashi



Yüklə 185,36 Kb.
səhifə15/20
tarix07.01.2024
ölçüsü185,36 Kb.
#205349
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
мустақил иш

7. Transformatorlarning parallel ishlashi


Sanoat korxonalarining podstan- siyalarida bir nechta transforma- torlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular alohida yoki birgalikda (parallel) ishlashi mumkin.
Transformatorlar alohida ishlaganda ularning ikkilamchi chulg‘amlari o‘zaro bog‘lanmagan, parallel ishlaganda esa umumiy yuklamaga ulanadi.
Transformatorlarni parallel ishlatish ulardan oqilona foydalanishga imkon beradi.
Masalan, yuklamakam bo‘lgan soatlarda transformatorlarning bir qismini uzib qo’yish mumkin. Shuningdek, kuchli yuklama ulanganda har bir transformatorga to‘g‘ri keladigan yuklama miqdorining kichikroq bo‘lishi va har bir transformatorning bir tekis yuklanishi ta’minlanadi.

4.18-rasm


Transformatorlarning parallel ishlashi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

  1. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal kuchlanishlari bir xil bo‘lishi kerak; transformatsiya koeffitsientining farqi 0,5% dan ortib ketmasligi kerak.

  2. Qisqa tutashish kuchlanishlari bir xil bo‘lishi kerak (±10% farq qilishiga yo‘l qo‘yiladi).

  3. Uch fazali transformatorlar parallel ishlashi uchun ularning ulanish turkumlari bir xil bo‘lishi kerak.

Transformatorlarning parallel ishlash sxemasi 4.18-rasmda ko‘rsatilgan. Transformator salt ishlaganda ikkilamchi chulg‘am zanjirida tokning yo‘qligi hamda yuklamaning paraltel ishlayotgan transformatorlarning nominal quvvatlariga proporsional ravishda to‘g‘ri taqsimlanishi transformatorlar normal holda parallel ishlashining asosiy belgilari hisoblanadi.


Noinersial sanoq tizimlari
Reja:
1.Galileyning nisbiylik prinsipi.
2.Inersial sanoq sistemalari
3.Inersiya kuchi
4.Noinersial sanoq sistemalari


1.Galileyning nisbiylik prinsipi
Galilei nisbiylik prinsipi — Nyutonning klassik mexanikasida barcha inersial sanoq tizimlarining fizikaviy teng huquqlilik prinsipi. Bu holat mexanika qonunlari birday boʻlganida namoyon boʻladi. Biror inersial sanoq tizimida oʻtkaziladigan har qanday mexanik tajribalar asosida muayyan tizim tinch holatda yoki tugʻri chiziqli tekis harakatda ekanligini aniqlab boʻlmaydi. Bu holatni birinchi boʻlib 1636-yil Galileo Galiley aniqlagan.

Moddiy nuqtaning harakati nisbiydir: uning holati, tezligi, trayektoriyasining shakli ushbu harakat qaysi inersial sanoq tizimi (sanoq jismi)ga nisbatan qaralishiga bogʻliq. Shuning bilan birga, klassik mexanika qonunlari barcha inersial sanoq tizimlarida birday boʻladi. Mexanik harakatning nisbiyligi va mexanika qonunlarining turli inersial sanoq tizimlarida birday bulishi Galilei nisbiylik prinsipi mazmunini tashkil qiladi. Matematik jihatdan Galilei nisbiylik prinsipi mexanika tenglamalarining harakatlanayotgan nuqtalar koordinatalarini (vaqtning ham inersial sanoq tizimidan boshqasiga oʻtishdagi almashtirishlarga — Galilei almashtirishlariga nisbatan invariantligini ifodalaydi (qarang Nisbiylik nazariyasi).
Shu sababli Galilei almashtirishlarida yuqoridagi tenglama oʻzgarmaydi. Bu tenglama Galilei nisbiylik prinsipining matematik ifodalanishidir. Galilei nisbiylik prinsipi jismlar yoruglik tezligiga nisbatan ancha kichik tezliklar bilan harakatlangan hol uchungina oʻrinli. ~ s boʻlgan hollarda Galilei almashtirishlari Lorens almashtirishlari bilan almashtirilishi lozim.



Yüklə 185,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin