O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SHE’R O‘TISH USLUBIYATI mavzusidagi KURS ISHI
Bajardi: BT – 307 guruh talabasi
Madaminova Moxidil Jurabek qizi
Rahbar: “Pedagogika va ijtimoiy fanlar”
kafedrasi dotsenti v.b.Marufova Z.N.,
fil.fan.b.falsafa doktori (PhD)
--------------------------
Toshkent – 2023
MUNDARIJA: Kirish……………………………………………………..……………………….…3 I BOB. O‘QISH DARSLARIDA EPIK SHE’R O‘TISH USLUBIYATINI AHAMIAYTI 1.1. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish…………………………..5
1.2. O’qishning o’ziga xos turlari…...……………………………………................. 8
II BOB. O‘QISH DARSLARIDA SHE’R O‘TISH USLUBIYATI VA TALABLARI 2.1 O‘qish darslarida she’rlar va uni o’qitishning usullari…………………………..25
2.2. She’rni to’g’ri o’qish va o’qitish katta san’ati……………….……...………….29
Xulosa….……………………………………………………………………………34 Foydalanilgan adabiyotlar ……………….………………………………………..35
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi; Bolalar tarbiyasi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomondan oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan mutloqo bexabar bo’ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga uning sirlarni o’rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar, bog’chalarda esa tarbiyachilar, maktabda esa o’qituvchilar yaqinda yordam beradilar, ya’ni ular badiiy asarlardan parchalar o’qishni, mazmun va mohiyatini tushunishni o’rganadilar. Badiiy kitoblarning rasmlarini rang-barang harflarini o’qish o’rganishga muvaffaq bo’ladilar. Ulg’ayib ketayotgan yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bitimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi.