Reproduktiv salomatlik sohasida ijtimoiy ish


Reproduktiv salomatlikni tashkil etuvchi omillar



Yüklə 195,27 Kb.
səhifə3/4
tarix17.12.2022
ölçüsü195,27 Kb.
#75831
1   2   3   4
reproduktiv salomatlik

Reproduktiv salomatlikni tashkil etuvchi omillar

  1. Kontratsepsiya xizmati bu istalmagan homiladorlikning oldini olish bo‘lib, hozirgi kunda kontratseptiv vositalarning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, ulardan mamlakatimizning har bir nuqtasida ayollarimiz salomatligi uchun ular bepul foydalanish imkoniyatiga ega. Ulardan bachadon ichi vositalari (BIV), og‘iz orqali qabul qilinadigan gormonal tabletkalar (OK), in’eksion vositalar (IK), to‘siq usullari (prezervativ), qolaversa, ixtiyoriy jarroxlik sterilizatsiyasi (IJK) zamonaviy laporoskopik usulda amalga oshiriladi.

  2. Ayolni homiladorlik davrida erta hisobga olish, homiladorlikni kuzatish, tug‘ruqqa tayyorlash, tug‘ruqdan keyingi chilla davrini olib borishni o‘z ichiga oladi. Homilador ayolni homiladorlikning 14-20 haftaligida perinatal skrining tekshiruvidan, chaqaloq tug‘ilgandan keyin 5 kun ichida neonatal tekshiruvidan o‘tkazilishi bolalikdan nogironlikni oldini olish uchun zamin yaratadi.

  3. Ayollarni jinsiy yo‘l orqali yuquvchi kasalliklar OIV , OITS va TORCH infeksiyalarga tekshirish va davolash. Bu bilan homila tushishi, o‘lik tug‘ish, homilaning nuqsonli rivojlanishi, homilaning o‘smay qolishi hamda bepushtlik oldi olinadi.

  4. Xalqning tibbiy madaniyatini oshirish ayniqsa, mahallalar, kollej, maktab, oliygohlar bilan ishlash, ular orasida tibbiy ko‘riklarning ahamiyati va buning uchun har bir insonning o‘zi mas’ul ekanligini tushuntirish.

Ma’lumki, so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimining eng ustivor yo‘nalishlaridan biri hisoblangan aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash va sog‘lom oilani shakllantirish borasida muxtaram Yurtboshimiz tomonlaridan qator qarorlar chiqarildi.
Ayniqsa, 2009 yilda YUrtboshimizning «Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tug‘risida»gi hamda «2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga etkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi tug‘risida»gi qarorlari qabul qilinib, joylarda aniq manzilli va malakali tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Har bir insonga o‘z sog‘ligi uchun o‘zi mas’ul ekanligini tushuntirish va bu borada etarli bilim , malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish bugun nafaqat sog‘liqni saqlash tizimining, balki butun jamiyat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish xuquqiga ega» ekanligi aniq ko‘rsatildi va tibbiyotning kelajakdagi istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berildi.
1992 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi qonuni, 1996 yil 29 avgustda «Fuqarolar sog‘ligini saqlash tug‘risida»gi qonuni, 1998 yilda «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning davlat dasturi tug‘risida»gi Prezident Farmoni va qator boshka hukumat qarorlarining ham asosida odamlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalariga katta e’tibor qaratildi.
Ayniqsa, ushbu qonun va farmonlarning ijrosi sifatida 2001 yilda Respublika salomatlik markazi negizida Salomatlik institutining tashkil etilishi, 2005 yilda Sog‘likni Saqlash Vazirligi Axborot-taxlil markazining Ushbu institut tarkibiga kiritilishi masalaga yanada chuqurroq, aholi kasalligidagi kursatkichlarini e’tiborga olgan xolda yondashish imkonini yaratadi.

Yuqorida qayd etilgan onalik va bolalikni himoya qilish sog‘lom avlodni kamol toptirish sohasida hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha qarorlar va dasturlar asosida aholi orasida reproduktiv salomatlikni va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ommalashtirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish mutaxassis tibbiy xodimlar oldida turgan vazifalaridan biridir.




Xulosa
Himoya tushunchasi yosh oilalarning va har bir shaxsning reproduktiv salomatligini qo'llab-quvvatlashi mumkin bo'lgan ko'plab uslublar, vositalar va xizmatlarni o'z ichiga oladi. Zamonaviy sharoitda himoya qilish muammolari katta ahamiyat kasb etadi. 
Ayniqsa, jinsiy sohaga ta'sir qiluvchi turli kasalliklarning oldini olish uchun juda ko'p ish olib boradi. Ma'naviyat oila bilan boshlanishi va ta'lim muassasalarida davom etishi kerak. Buni yosh avlod bilan muhokama qilish kerak. Muhim rol berilishi kerak:

  1. Abortning oldini olish, ayniqsa yoshligida.

  2. Jinsiy yo'l bilan uzatiladigan turli infektsiyalar orqali infektsiyaning oldini olish.

  3. Oilani rejalashtirish va bolalar tug'ilishi masalalarini ko'rib chiqing. Bu tayyorlanishi kerak va birinchi qadam genetik konsultatsiya bilan shug'ullanishi mumkin, bu erda mutaxassislar turli patologik bo'lgan bolalarni bo'lish ehtimolini hisoblashda yordam beradi.

Juda qulay ekologik vaziyatga qaramasdan, insonning reproduktiv salomatligi unga ko'proq bog'liqdir. Sizning kuchingiz bor, siz uchun hech kim buni qilmaydi. Farzandlaringizni va kelajak nabiralarni eslang, sog'ligingiz hayot tarzingizga bog'liq.



Yüklə 195,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin