RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022 https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal June, 2022
236 Moliyaviy salohiyat mamlakatning moliyaviy imkoniyatlari, iste’mol va
jamg‘armaning nisbati, bank sohasida pul-kredit va deposit siyosati, tashqi qarzlar
holati, ichki zahiralar va boshqalarni xarakterlaydi.
Institutsional salohiyat bozor iqtisodiyotining yetakchi institutlarining
rivojlanganlik darajasi bilan bog‘liq boʻlib, menejment, tashkiliy struktura,
rejalashtirish, xodimlarni boshqarish, moliya, moddiy texnik ta’minot kabi sohalarni
hamda hukumat va tarmoq strukturalari, ya’ni vazirliklar, idoralar, banklar, tadqiqot
muassasalari qamrab oladi.
Turizm salohiyati bu ma’lum bir sohada turistik faoliyatni tashkil etish uchun
tabiiy, tarixiy va ma’daniy yodgorliklar va tadbirlar, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va
texnologik shartlar yig‘indisidir.
Investitsiya jarayoni katta mablag‘larni talab qilgani va uzoq muddatli boʻlgani
sababli, ushbu jarayonda yuzaga kelib qolishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlarni, risklarni
va noaniqliklarni hisobga olish zarur.
Xulosa qilib aytganda, investitsion muhit – investitsiya munosabatlarini amalga
oshirish mumkin boʻlgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuini aks ettiruvchi
voqe’likdir. Aniqrog‘i, investitsiya muhiti deganda banklar va jismoniy shaxslarning
investitsiya kiritish va qarz berish salohiyatiga ta’sir qiladigan mamlakatdagi iqtisodiy,
moliyaviy va ijtimoiy-siyosiy sharoitlar tushuniladi. Investitsion muhit obyekt
kategoriyasi boʻlib, har bir alohida olingan vaqt doirasida investorlar uchun haqiqatda
mavjud boʻlgan shart-sharoitlar majmuasini aks ettiradi. Lekin hozirgi sharoitda
investitsion muhit faqat davlat organlarining ta’siri ostida shakllanmoqda. Albatta, bu
ishlarni amalga oshirishda jahon tajribasidan, jumladan, xorijiy investitsiya bilan
tashkil etilib, yuksak iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishgan kompaniya va firmalar
tajribasidan kengroq foydalanish kerak. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy
xususiyatlarni ham hisobga olish lozim.
Investitsiyalarni jalb etish orqali sanoatni, yangi zamonaviy texnologiyalar bilan
qishloq xoʻjaligida qayta ishlovchi sanoat majmuini va boshqa sohalarda tub
oʻzgarishlar yasash mumkin. Shunday ijobiy ishlarni amalga oshirish uchun
investorlarga qulay boʻlgan investitsion muhitni yaratib berish kerak. Investitsion
muhit iqtisodiyotda yangi tushuncha emas. Bir qator rivojlangan davlatlar bu jarayonni
ijobiy tarzda amalga oshirgan. Investitsion muhitning ahamiyati, amaliy jihatdan, qaysi
boyliklar va yoʻnalishlar tizimi asosida xorijiy investorlar faoliyat yuritishlari
toʻg‘risida tushuncha beradi va shuning negizida xorijlik investorlarga nisbatan qanday
munosabatda boʻlishni ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi.