RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022 https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal June, 2022
235 1-rasm. Investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi omillar 17
Iste’mol salohiyati investorlar tomonidan mamlakatda ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning ichki bozorda qancha ulushda sotilishi, shu asosda talabni oʻrganish,
raqobatchilar va aholining daromadi sifatida qaraladi.
Infratuzilma salohiyati ishlab chiqarish va tovar muomalasi, shuningdek, inson
hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat qiluvchi
turli-tuman yordamchi xizmat koʻrsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa)
majmuidir. Infratuzilma xizmat koʻrsatish sohasiga koʻra ishlab chiqarish
infratuzilmasi (ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatuvchi sohalar — yuk tashish
transporti, elektr va issiqlik taʼminoti, yoʻl xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, ombor xoʻjaligi,
ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va boshqalar) va ijtimoiy-maishiy
infratuzilma (aholiga xizmat koʻrsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar — maorif,
sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va boshqalar)ga ajraladi.
Innovatsion salohiyat mamlakatdagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlanmalari, texnika va texnologiyalarning yangilanish darajasi (yangi avlodi), milliy
ishlab chiqarishdagi yangiliklar, kashfiyotlarni tavsiflaydi.
Tabiiy resurs salohiyati tabiiy resurslar miqdori va sifati, mamlakatning iqlimi,
tabiiy-geografik shart-sharoitlarini oʻz ichiga oladi. Tabiiy resurs omillari ishlab
chiqarish kuchlarini joylashtirishda muhim oʻrin tutadi va quyidagilarni, ya’ni mineral
resurslar (foydali qazilmalar); agromuhit shart-sharoitlari; yer va suv resurslari;
oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqalarni qamrab oladi.
17
Ilmiy izlanishlar natijasida mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan.