RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal June, 2022
231
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-
yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻg‘risida” gi
Farmonining 26-maqsadida mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va
uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan
70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini koʻrish
vazifasi
belgilangan
15
.
Jahon amaliyotidan shu narsa bizga ma’lumki, rivojlanish sari borayotgan har bir
davlat oʻz ichki investitsiyalarini va tashqi investitsiyalarni milliy iqtisodiyotning
barcha sohalariga yoʻnaltirishga intiladi. Chunki investitsiyalarning butun iqtisodiyotni
qamrab olishi bir paytning oʻzida mamlakatda barcha tarmoq va sohalarning
rivojlanishi va takomillashuviga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlar amaliyoti shuni
koʻrsatadiki, investitsiyalarni
jalb qilmay turib, iqtisodiyotni yetarli darajada
rivojlantirib boʻlmaydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlarning tahlili
shuni koʻrsatadiki, qoʻlga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarda iqtisodiyotni
modernizatsiyalash, buning uchun esa faol investitsion siyosat yuritishning oʻrni juda
muhimdir. Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning
muhim shartlaridan biri ham qulay investitsiya
muhitini shakllantirish va
jozibadorligini oshirish hisoblanadi. Qulay investitsiya muhitini shakllantirish va
jozibadorligini oshirish iqtisodiyot tarmoqlarini yanada erkinlashtirishga, ular
oʻrtasidagi
raqobat
muhitini
takomillashtirishga,
iqtisodiy
barqarorlikni
mustahkamlashga, tashqi iqtisodiy aloqalarni
kengaytirishga, ishchi kuchi masalasini
oshirishga va ular bandligini ta’minlashga juda katta ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Qulay investitsiya muhitini shakllantirish va jozibadorligini oshirish iqtisodiyot
tarmoqlarini
yanada
erkinlashtirishga,
ular
oʻrtasidagi
raqobat muhitini
takomillashtirishga, iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga, tashqi iqtisodiy
aloqalarni kengaytirishga, ishchi kuchi masalasini oshirishga va ular bandligini
ta’minlashga juda katta ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Investitsiya muhiti tushunchasi oʻzining murakkabligi va mukammalligi jihatidan
makro va mikro iqtisodiyot darajasida koʻrib chiqiladi. Makroiqtisodiyot darajasida u
kapitalni qabul qiluvchi mamlakatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy holatlarni
oʻz ichiga oladi. Makroiqtisodiyot darajasida yondashilganda xorijiy investitsiyalarga
nisbatan davlat siyosati, xalqaro shartnomalar
shartlarini bajarish, xorijiy mulkni
milliylashtirish, turli masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar tizimida ishtirok etish,
davlat boshqaruv tizimlarining mustahkamligi, siyosiy
rahbariyatning muqarrarligi,
15
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonining 1-ilovasi