Ne tirikmen, ne o‘luk, ne sog‘, ne bemormen,
Ayta olmonkim, firoqingdin ne yanglig‗ zormen
matla'si bilan boshlanadigan g„azalning birinchi misrasi “Navodir ush-shabob”dagi 471-g„azalning 5-baytiga tazmin sifatida kiritilgan:
Jon taloshurmen ne dardim bilgurur, ne sihhatim,
Ne o‘lukmen, ne tirik, ne sog‘, ne bemormen.
Shuningdek, Navoiy she'riyatida tazminning taxmis va tasdis turlari ham qo„llanilganki, biz bu haqda “Navoiy she'riyati va janrlar poetikasi” mavzuida kengroq ma'lumot berib o„tganmiz.
Tatabbu' (ar. – biror narsaning izidan borish; kuzatish) – o„zga bir Shoir she'ridan ta'sirlanib, undagi vazn, qofiya va radifni saqlagan holda asar yaratish. Nazira, o‗xshatma va javobiya deb ham yuritiladi. Tatabbu' Musulmon Sharqi adabiyotida adabiy aloqa va o„zaro ta'sirning keng tarqalgan shakllaridan bo„lib, salaflar yoki zamondosh Shoirlar bilan muayyan tarzda o„zaro ijodiy musobaqaga kirishish bilan bog„liq an'ana hisoblangan. Bunda musobaqalashayotgan Shoir biror asarga javob bitar ekan, unga ijodiy yondashishi, tanlangan mavzu, vazn va qofiya doirasida yangi fikr ayta olish imkoniyatiga ega bo„lishi talab qilingan.
Tatabbu' she'riyatning istalgan janri yoki shakli asosida: farddan dostongacha yozilishi mumkin. Mumtoz she'riyatimizda, xususan Alisher Navoiy ijodida tatabbu' asosan g„azal, qasida va doston shaklida bitilgan. Navoiyning lirik tatabbu'lari “Devoni Foniy” tarkibidan o„rin olgan bo„lib, ular ulug„ Shoirning o„z salaflari va ustozlariga yuksak ehtiromi mahsulidir. Devondagi g„azallarning 300 dan ortig„i
aynan tatabbu' asosida yaratilgan. Navoiy tatabbu'lari Xusrav Dehlaviy, Sa'diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Salmon Sovajiy, Kamol Xo„jandiy, Hasan Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliy, Ahmad Hojibek Vafoiy kabi ko„plab Shoirlar g„azallariga bog„langan. Devondagi eng ko„p tatabbu' Hofiz Sheroziy g„azallariga bog„langan (200 dan ortiq). Hofizning
Agar on turki Sherozi ba dast orad dili moro,
Ba xoli hinduyash baxsham Samarqandu Buxororo
Dostları ilə paylaş: |