Kalomi Jomi' (ar. – jamlovchi, umumlashtiruvchi so„z) – she'rda yoki baytda pand-nasihat, o„git, axloq-odobga oid, zamona va zamondoshlardan shikoyat bilan bog„liq fikrlarni keltirishga asoslangan she'riy san'at. Kalomi jomi' haqidagi dastlabki ma'lumot Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog„a” (11-a.) asarida keltirilgan bo„lib, muallif ushbu san'atga quyidagicha ta'rif beradi: “Balog„at ilmiga xos san'atlardan biri shundan iboratki, bunda Shoir o„z nutqini hikmatli so„z, pand- nasihat, taqdirdan shikoyat va shu kabilar bilan bezaydi”. Shunga o„xshash fikrlar ilmi badi'ga doir forsiy tildagi boshqa mumtoz manbalar: Rashididdin Vatvotning “Hadoyiq us-sehr” (12-a.), Sharafiddin Romiyning “Haqoyiq ul-hadoyiq” (14-a.), Husayn Voiz Koshifiyning “Badoyi' ul-afkor” (15-a.), Atoulloh Husayniyning
―Badoyi'us-sanoyi'‖(15-a.) asarlarida ham bayon qilingan. Turkiy adabiyotshunoslikda K.j. haqidagi ilk ma'lumot Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog„a” (1436-37) asarida keltirilgan.
Alisher Navoiy asarlarining deyarli barchasida pand-nasihat, o„git, axloq- odobga doir fikrlarni uchratish mumkin. Xususan, “Nazm ul-javohir”dagi ruboiylar boshdan-oyoq kalomi jomi' san'ati asosida yozilgan. Masalan:
Har kimki habibing o‗lsa evrul boshig‗a,Mahvo‗lyuzig‗a,jonnifndoqilqoshig‗a,Tosh ursa, ravoningni tufayl et boshig‗a,Tajdidimuhabbatanglabormoqqoshig‗a. Navoiy g„azallarining aksariyatida axloqiy yoki ijtimoiy ruhdagi baytlar uchraydi. Shuningdek, to„laligicha ijtimoiy-axloqiy masalalarga bag„ishlangan ko„plab g„azallar mavjud. Masalan, Shoirning quyidagi matla'li g„azali zamon va zamona ahlidan shikoyat asosiga qurilgan:
Topmadim ahli zamon ichra bir andoq hamdameKim,zamonosibidinbir-birgaaytishsoqg‗ame. (Navodir ush-shabob, 576-g„azal)
Kalomi jomi' san'ati Alisher Navoiyning faqat lirik she'rlarida emas, balki “Xamsa” tarkibidagi dostonlar, “Lison ut-tayr” dostoni va boshqa nasriy asarlari tarkibidagi she'riy parchalarda ham qo„llanilgan.