Alisher Navoiy ilmi badi'ga doir maxsus asar yaratmagan bo„lsa-da, o„zining “Majolis un-nafois”, “Xamsa” va boshqa ko„plab asarlarida ilmi badi'ning ba'zi nazariy jihatlariga to„xtalib o„tadi. Xususan, “Majolis un-nafois”da Atoulloh Husayniy haqida so„z yuritar ekan, uning ushbu ilmga doir risola yozganligini ta'kidlaydi:
“Mir Atoulloh... Bovujudi donishmandlik, she'r va muammo va sanoe'da dag„i mahorat paydo qildi va muammog„a ko„p mashg„ul bo„lur erdi. Holo sabaq kasratidin anga avqoti vafo qilmas, ammo sanoe'da kitobe tasnif qilibdur. «Badoye‟i Atoiyg„a» mavsumdur”.
Shuningdek, Navoiy o„z asarlarida ilmi badi'ga doir ba'zi istiloh va atamalar sharhiga ham to„xtalib, munosabat bildirib o„tadi. Jumladan, maqlubi mustaviy san'ati haqida to„xtalib, shunday yozadi:
“bu misra'ki «maqlubi mustaviy» san'atida aytibdur, dalil basdurkim:
Mushi xari farrux shavam, Darki raqam qar kard‖
Navoiy she'riyatida quyidagi badiiy san'atlar qo„llanilgan:
Irsoli masal (ar. – maqol yoki matal yuborish) – baytda maqol, matal va hikmatli so„zlarni keltirishga asoslangan she'riy san'at. Ilmi badi'ga doir deyarli barcha manbalarda ushbu san'at haqida ma'lumotlar keltiriladi. Irsoli_masal'>Irsoli masal haqidagi nisbatan to„liqroq ma'lumot Atoulloh Husayniyning ―Badoyi' us-sanoyi'‖ (15-a.) asarida keltirilgan bo„lib, unda ushbu san'atning ikki usul bilan hosil bo„lishi aytiladi: “Birinchi va afzali uldurkim, masalning so„z va tartibin o„zgartirmay bergaylar... Ikkinchi yo„li uldurkim, masalda o„zgarish yuz berur”. Bunda muallif irsoli masal san'atining birinchi turida she'r tarkibida keltiriladigan maqol yoki hikmatli so„zning hech o„zgarishsiz berilishini, ikkinchi turida esa matnning mazmuni saqlangan holda she'r talabi bilan maqol yoki hikmatli so„zning shakli bir oz o„zgartirilishi
mumkinligini ta'kidlaydi. Shuningdek, Atoulloh Husayniy irsoli masal san'atining lug„aviy ma'nosiga ham e'tibor qaratib, “irsol” so„zi “yubormoq, jo„natmoq” ma'nosini bildirishini, baytda masal keltirishdan maqsad esa uni muayyan kishiga jo„natish ekanligini ham aytib o„tadi: “Irsol lug„atta yubormoqdur... Aksar baytta masal keltirish, ani mahbub yo mamduh yoki o„zga kishiga yubormoq uchun bo„lur, aning uchun bu san'atni aning arzi e'tibori bilan irsol ul-masal deb atapturlar”. Atoulloh Husayniy o„z fikrini davom ettrib, irsoldan murod irod (keltirish) ham bo„lishi mumkin, shu sababli bu san'at nomini irod ul-masal deb ham atashlari haqida ham ma'lumot beradi.
Alisher Navoiy ijodida ham irsoli masal san'ati keng qo„llanilgan. Shoir ijodida bu san'atning istifoda etilishini uch xil holatda ko„rish mumkin:
1) bayt tarkibida qo„llanilayotgan maqol, matal yoki hikmatli so„z “masal”, “masaldur”, “masalkim”, “derlar” jumlalari yordamida keltiriladi:
Chun masal bo‗ldi soching zulm ichra, yoshurmoq ne sud Mushk isin yashursa bo‗lmas, bu masal mashhur erur. (G„aroyib us-sig„ar, 186-g„azal)
Buki, derlar: ―Bordurur devor keynida quloq‖, Ul fazo davrida ko‗z yetguncha devor o‗lmag‗ay.
(G„aroyib us-sig„ar, 611-g„azal)
1) maqol yoki matal yuqoridagi jumlalarsiz aynan keltiriladi:
O‗qlaring ko‗nglumga tushkach kuydi ham ko‗z, ham badan Kim, kuyar o‗lu qurug‗ chun naysitong‗a tushti o‗t.
(G„aroyib us-sig„ar, 86-g„azal)
Har kishikim birovga qozg‗oy choh, Tushgay ul choh aro o‗zi nogoh. (Sab'ai sayyor)
1) maqol yoki matalning mazmuni saqlangan holda, uning shakli bir oz yoki butunlay o„zgartiriladi:
Chu mazra' ichra sochting har ne dona, Hamul dona ko‗targung jovidona (Farhod va Shirin)
Qachon sochsa tufroqqa bug‗doy birav, Yo‗q imkonkim, ul arpa qilg‗ay darav. (Saddi Iskandariy)
Yuqoridagi ikki baytda “Har kim ekkanini o„radi” xalq maqoli o„zgargan shaklda keltirilyapti.
Dostları ilə paylaş: |