Uyg‘otur subhi bahor elni fig‘on birla sahob
Kim, sabuhiy chog‗idur — mast bo‗lung, ey as‘hob. Barq har dam choqilib ishnagach-o‗q tiyra bo‗lur, Ya'ni o‗sh mundin oling umr charog‗ig‗a hisob.
Yog‘in ahvolinga yig‘larki, ko‗z och uyqudin
Kim, erur sayli mamarri bu ko‗han dayri xarob...
(Favoyid ul-kibar, 41-g„azal)
Navoiy ijodida insonga xos xususiyatlar faqat hayvonlar, qushlar, aniq narsalargagina emas, mavhumiy tushunchalarga ham ko„chiriladi. Masalan,
Mungrayib andoq sinuq ko‗nglum buzulurkim, sipehr Bul'ajab holimg‗a yuz ming ko‘z bila hayron bo‘lur. (G„aroyib us-sig„ar, 162-g„azal)
Tashxis san'ati “Xamsa” tarkibidagi dostonlarda ham keng qo„llanilgan:
Bo‘lub bu motamidin dasht g‘amnok – Ki, vodidin yaqosin aylabon chok.
(Farhod va Shirin)
Ochib qaro zulfi mushkborin.
(Layli va Majnun)
Tazmin (ar. – bir narsani ikkinchi narsa orasiga qo„ymoq ) – she'rda o„zga bir Shoir she'ridan bir misra yoki bir bayt kiritish san'ati. Ilmi badi'ga doir deyarli barcha manbalarda ushbu san'at haqida ma'lumotlar keltiriladi. Tazmin san'atining nomi dastlab Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog‗a” asarida (11-a.) uchraydi. Muallif tazminni ikki nuqtai nazardan talqin qiladi: 1) avvalgi baytning mazmunini keyingi baytda keltirishga asoslangan san'at; 2) she'rda o„zga Shoir bayti va ushbu bayt muallifini keltirishga asoslangan san'at. Roduyoniydan keyingi forsiy manbalarda asosan ikkinchi talqinga diqqat qaratiladi. Husayn Voiz Koshifiyning “Badoyi' ul-afkor fi sanoyi' ul-ash'or” (15-a.) asarida T. san'ati ikki guruhga ajratiladi:
Tazmini musarrah – misra yoki bayti keltirilayotgan muallif nomi ko„rsatilgan 2)
Tazmini mubham – muallif nomi keltirilmagan. Shuningdek, Koshifiy tazminning
taxmis va tasdis turlari haqida ham ma'lumot keltiradi.
Nasiruddin Tusiyning “Me'yor ul-ash'or” (1251-1252) asarida tazmin san'ati Shoirning o„z fikriga dalil sifatida boshqa bir asardan barchaga ma'lum baytni keltirishi bilan bog„liqligiga e'tibor qaratiladi va tazmin sifatida keltirilayotgan bayt Shoirning boshqa asaridan olingan o„z ijod mahsuli bo„lishi ham mumkinligi ta'kidlanadi.
Alisher Navoiy ijodida tazmin san'atining istifoda etilishi aynan “Me'yor ul- ash'or” muallifi keltirgan mezonlarga mos keladi. Shoirning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi ayrim g„azallarida boshqa g„azallardagi misralar aynan keltirilganligini kuzatish mumkin. Masalan, “G„aroyib us-sig„ar”dan 479-raqam ostida o„rin olgan va
Dostları ilə paylaş: |