Temur (qah-qah urib):
“Bizning ulug‘ shaharlarni baholash uchun
Bundan ortiq tashbeh bo‘lmas, tasanno sizga”. [1.56.]
Sheroz saltanatga qo‘shib olingandan so‘ng
shaharning eng mohir
hunarmandlari Samarqandga keltirilib, bunyodkorlik ishlariga jalb etiladi. Kichik bir
rivoyatda aytilishicha, shoir Hofiz ham Sohibqiron bilan aynan o‘sha paytlarda
uchrashgan ekan. Ulug‘ amir undan nima uchun o‘z g‘azalida Samarqand-u Buxoroni
mahbubasining birgina xoliga baxsh etishga jur’at qilganligi haqida so‘raganda,
Hofiz egnidagi yupun
kiyim-boshiga ishora qilib, o‘zining bu hotamtoyligi uchun
jazosini tortganligini aytib o‘tadi.
Dramada bir voqea tasviri kitobxon e’tiborini tortib, uni o‘ziga rom etadi. Bu
Amir Temurning ayollarga alohida hurmati va muhabbati. Bibixonim va Amir Temur
suhbat qurib turgan vaqtda Mironshohning rafiqasi Xonzodabegim kirishga ruxsat
so‘raydi va Mironshoh sarxush bo‘lgan paytlari bot-bot qo‘l ko‘targanini
aytib arz
qiladi. Bu suhbatdan barchasini payqab olgan Temur o‘g‘lini yoniga chaqirib ko‘plab
nasihat beradi. Bu ishi uchun 40 kun zindonda yotishini aytib o‘z o‘g‘lini jazolaydi.
Temur (Mironshohga):
“Ayol zoti xonadonning shamchirog‘idir,
Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
247
O‘sha chiroq o‘chmasin, deb jang qilamiz-ku!
Endi esa, zindonga bor!
Qirq kun yotgaysan”. [1.38.]
Tarixiy manbalarda telba Mironshohning boshqa qilmishlarini haqida ham
ma’lumotlar uchraydi. Mironshohning bema’niliklaridan foydalangan sulton Ahmad
qoraqo‘yunli – turkmanlar yordamida Bog‘dodni qaytarib olgan,
gurjilar bundan
foydalanib, isyon ko‘tara boshlagan. Mironshoh mashhur musulmonlar
maqbaralarini, jumladan,
mashhur muarrix Rashiduddin (Rashiduddin -taxminan
1247-1318 – eronlik tabib va muarrix, mo‘g‘ul xoni Halokuxonning o‘g‘li saroyida
bosh vazir lavozimida ishlagan. Juhud, eroniy, arab, turkey, mo‘g‘ul, hind va xitoy
xalqlari tarixlarini o‘z ichiga olgan “Solnomalar majmuasi” nomli kitob hamda arab
tilida bitilgan qator diniy-falsafiy risolalar muallifi) maqbarasini buzdirib, mayitlarni
yahudiylar qabristoniga ko‘chirtirgan.
Bularni eshitib Amir Temurning tobora qahri ortib borayotganini sezgan qator
amirlar o‘zlarini uning oyog‘iga tashladilar va otdan qattiq yiqilishi natijasida miyasi
chayqalgan Mironshohga shafqat qilishni so‘radilar. Ammo,
Temurning qahri
qanchalik qattiq bo‘lsa, mehri shunchalik mo‘l-ko‘l edi.
Xulosa qilib aytganda, A.Oripov “Sohibqiron” she’riy dramasida Temur
timsolini
yaratar ekan, uni zamon va makon, tarixiy muhit va sharoit,
inson va
insoniy fazilatlar qamrovidan uzib olib tasvirlamaydi, balki shaxs sifatida insoniy
fazilatlarga,
qarashlarga ega, o‘z yashagan davrining asl farzandi sifatida
gavdalantirib, go‘zal chizgilar bilan qalamga oladi. Dramaning har bir sahnasida
betakror shoir Temur obrazini yaratishda unga yangidan–yangi chizgilar berib, yangi
tashbehlar, rangdor badiiy buyoqlar bilan boyitadi.
Adabiyotlar:
1. Oripov A. Sohibqiron. Drama. –Toshkent. Yangi nashr. 2019.
2. Keren L. Amir Temur saltanati. –Toshkent. Fan nashriyoti. 2018.
3. Mirzaev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. –Toshkent. Yangi asr avlodi. 2005.