Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin


III-BOB. ANGREN KO‘MIR KONINI QAZIB OLISH TIZIMI



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə9/20
tarix16.09.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#144101
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor va

III-BOB. ANGREN KO‘MIR KONINI QAZIB OLISH TIZIMI
3.1. Qazib olish texnologiyasi
Qazib olish – bu qaziladigan uchastkadan rudani massivdan ajratib olib, hosil bo‘lgan bo‘shliqning turg‘unligini saqlab turishga qaratilgan turli texnologik jarayonlar majmui. Qazib olish tartibi – qazib olinadigan uchastkani qazib olishda, qazilgan bo‘shliq harakteri bilan harakterladi.
Qazish ishlari texnologiyasi deganda, foydali qazilmani samarali va xavfsiz qazib chiqarish jarayonlarini ma’lum mexanizatsiya vositalari yordamida qazib olish, hamda ishni tashkil qilishni o‘zaro bog‘lab olib borishni ta’minlaydigan, qazish uchastkasi hududida joylashgan kon lahimlari majmuasining bunyod etilishi tushuniladi. Foydali qazilmalarni qazish ikki ko‘rinishda, ya’ni qazilmaning agregat holatini o‘zgartirmasdan qazish va o‘zgartirib chiqarib olish ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin.
Qazish tizimini tanlab olishga juda ko‘p kon-geologik va kontexnik omillar ta’sir etadi. Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz. Ruda tanasi qalinligi qazish ishlari va kon lahimlarini o‘tkazish texnologiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Ruda tanasi atrofi jinslarining parchalanib qolish yoki ohista egilish xususiyati kon bosimini boshqarish usulini tanlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jinslarning bu xususiyati qazish ishlarini mexanizatsiyalash vositalariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Turg‘unlik xususiyati esa kon-tayyorlov lahimlarini qatlam orasidan yoki kon jinslari orasidan o‘tkazish lozimligini belgilab beradi. Massivdagi geologik buzilishlar uni qazib olish ishlarini murakkablashtiradi. Shu sababli qazish tizimini tanlash va uning elementlarini asoslash, shuningdek, qazish jarayonlarini uzluksiz qilish masalalarini geologik buzilishlarni hisobga olgan holda hal qilish lozimdir. Qazish tizimini tanlashga kon jinslarining darzdorligi, ularning yo‘nalishi, o‘gish burchagi, ruda tanasi qalinligi, qazish chuqurligi, qazib olish yo‘nalishiga mos kelishi yoki kelmasligiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Darzliklarning mavjudligi va ularning yo‘nalish tarzi kavjoylarini cho‘ziqlik bo‘yicha qanday joylashtirish lozimligi, kavjoy oldi bo‘shlig‘i shipining turg‘unligi, mehnat unumdorligi va xavfsizligi kabi ko‘rsatkichlarga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Qazish tizimini tanlashga ta’sir etuvchi omillar soni juda ko‘p. SHu sababli ularning har birini o‘rganib, qazish ishlari tizimini tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin