Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin


Shaxta maydoni zaxiralari va foydali qazilma yo‘qotilishi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə7/20
tarix16.09.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#144101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor va

Shaxta maydoni zaxiralari va foydali qazilma yo‘qotilishi.
Shaxta maydoni hududida ma’lum miqdorda foydali qazilma zaxiralari joylashgan bo‘lib, ular geologik, balans, balansdan tashqari va sanoat zaxiralari ko‘rinishlariga ajratiladi.
Geologik zaxira – shaxta maydoni hudidada joylashgan foydali qazilmaning umumiy miqdori (zaxirasi).
Balans zaxira – zamonaviy texnika va texnologiya yordamida qazib olinishi mumkin bo‘lib, qazib olingan foydali qazilmani sanoat miqyosida ishlatilganda iqtisodiy samara beradigan geologik zaxiraning qismi.
Balansdan tashqari zaxira - zamonaviy texnika va texnologiya asosida qazib olinishi mumkin bo‘lmagan yoki qazib olingan taqdirda sanoat miqyosida ishlatilganda iqtisodiy samara bermaydigan geologik zaxiraning bir qismi. Biroq ilmiy-texnika rivojlanishi natijasida, keyinchalik balansdan tashqari zaxira balans zaxiraga aylanishi mumkin.
Sanoat zaxira – konni qazib olish texnologiyasi bo‘yicha belgilab qo‘yilgan (ruxsat etilgan) foydali qazilma yo‘qotilishi miqdorini balans zaxiradan ayirgandan qolgan balans zaxiraning qismi.
Shaxta maydonini qazib olishda balans zaxiraning xammasi er yuziga chiqarib berilmaydi, uning bir qismi er ostida qolib ketadi. Foydali qazilma balans zaxirasining er ostida qolib ketadigan qismi foydali qazilmaning yo‘qotilishi deyiladi. Yo‘qotilish miqdori foizlarda yoki yo‘qotilish koeffitsienti ko‘rinishda baxolanadi.
Yo‘qotilish koeffitsienti yo‘qotilgan foydali qazilma miqdorini balans zaxiraga nisbatan orqali aniqlanadi.
Foydali qazilma yo‘qotilishining uch guruxga ajaritladi.
Muxofaza va to‘siq seliklarida yo‘qotiladigan umumshaxta yo‘qotilishi.
Muxofaza seliklari kon ishlarining er yuziga joylashgan su’niy va tabiiy ob’ektlarga yoki kon laximlariga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlardan muxofaza qilishni ta’minlaydi. To‘siq seliklari esa shaxta maydonidagi saqlanishi lozim bo‘lgan kon laximlariga er yuzidagi yoki er osti suvlarini, shuningdek gaz yoki loyqalarni qazib olingan bo‘shliq va tugatilgan kon laximlari orqali yorib kirishidan saqlaydi.
Kondagi geologik buzilishlar va gidrogeologik sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotilishlar.
Eksplutatsion yo‘qotilishlar. Ular quyidagilardan tashkil topadi: maydon bo‘yicha yo‘qotilish (tayyorlov laximlari muxofaza seliklarning qazib olinmaydigan qismi, qazish bo‘shlig‘ida va qazish uchastkalari chegaralarida yo‘qotiladigan foydali qazilma); qatlam qalinligi bo‘yicha (qazish va tayyorlov laximlari shipi, asosi yoki qatlamni qavatlarga bo‘lib qazib olishda qatlar orasida qoldiriladigan ko‘mir); kon ishlarini noto‘g‘ri olib borish natijasidagi yo‘qotilishlar (laximlarning o‘pirilishi yoki suv bilan to‘lib qolishi natijasida qoldiriladigan seliklar); shaxta maydoni aloxida kisimlarini bir biridan ajratish maqsadida qoldiriladigan yong‘inga qarshi seliklar; portlatish ishlari, tashish jarayonlari va shu kabi ishlarda sodir bo‘ladigan yo‘qotilishlar.
Kondan qazib olinadigan foydali qazilma miqdori ajratib olish (qazib chiqarish) koeffitsienti S orqali baxolanadi. Bu koeffitsient kon-geologik sharoitlar, qatlamning qalinligi, og‘ish burchagi, foydali qazilmaning qadir-qiymati, qazish chuqurligi, kon ishlari texnologiyasi kabi omillarga bog‘liq bo‘lib, uning qiymati turlicha bo‘ladi va shaxtalarning loyixalashda uning qiymati quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi.
Tayyorlangan zaxiralar – bu asosiy tayyorlov laximlari bilan chegaralangan va qazib olish uchun qo‘shimcha kon-tayyorlov laximlarini o‘tishni talab etmaydigan ochilgan zaxiraning bir qismi.
Qazishga tayyor zaxiralar - bu barcha kon-tayyorlov va qirquvchi laximlarni o‘tib, qazish kavjoyini misol qilish bilan bog‘liq ishlarni tugatilgandan so‘ng, bevosita qazish ishlarini olib borish uchun tayyor bo‘lgan tayyorlangan zaxiralarning qismi


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin