Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib, quyidagilar belgilansin


“9-Shaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filialini kon-texnik tavsifi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə3/20
tarix16.09.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#144101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor va

1.2. “9-Shaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filialini kon-texnik tavsifi
Konning ko‘p qismlarida qalin ko‘mir qatlamlari murakkab tuzilishga ega bo‘lib pastki kampakt qismlarga ajraladi.
Qalin kompleks va yuqori murakkab
Yuqori kompleks konning sharqiy qismi SHimoldan Janubga keyin Janubiy G‘arbga. Sharqiy qismi orqali 9 shaxta maydoni va 9-bis uchastkasining hammasi (“zona razubojivaniya”) buzilish zonasi orqali qalin kompleks murakkab tuzilishga ega. Buzilish (razubojivaniya) kengligi 500-700 m. 9 shaxta shimoliy maydon yuqori kompleksi kuchli bo‘lingan va pachka qismlari egilgan. Shaxtaning qalin kompleksi sharqiy qismdan tashqari kompakt qatlamining qalinligi 25 m ga.
Ko‘mirli pachkalarning qalinligi xar-xil: bir necha sm dan 7,0 m ga. Qalin kompleks (razubojivaniya) buzilish zonasida 4 qatlamga bo‘linadi (yuqoridan pastga) : 1m; 2m; 3m; 4m. Ish namligi ko‘mirda 33 % ga teng. Ko‘mir 5 g markali energetikada ishlatiladi.
1.Ko‘mir qatlamining minimal qalinligi oddiy va murakkab tuzilishi bo‘yicha 2,0 m.
2.Ko‘mirning maksimal qullanishi 35 %
3.Ko‘mir zahirasini qatlamlar murakkab yotganda ko‘mir pachkalari deb xisoblanadi.
Qatlam “ikki yuqori” (2V) kesim kompleksida eng yuqori xisoblanadi.
Bu qatlam “1+2” qatlamidan yuqorida joylashgan. Umumiy maydoni qatlamning tarqalishi 1kv km ga yaqin tarqalgan. Qatlam qalinligi 0,2 dan 11,75 m.gacha (o‘rtacha 3,05) ko‘mir massasining qalinligi 0,20 dan 9,40 m.gacha. Tog‘ jinslar qatlam solishtirma og‘irligi qalinlikda yuqori (35,85%) ga teng. Ishchi qatlam qalinligi 1,80 dan 9,40 m.gacha, qalinlikni xisoblash bo‘yicha 2,2 dan 11,31m.gacha, o‘rtacha 3,52 m. “1+2” qatlam pastda yotib shaxta maydonining eng qalin va tozasi xisoblanadi. Qatlam qalinligi 3 kv km maydonga tarqalib, qalinligi 0, 60 m dan 40,14 m.gacha, toza ko‘mirning qalinligi 0,40 m dan 36,5 m.gacha o‘zgarib boradi. Ishchi qatlam “1+2” qalinligi 1,80 dan 36,41 m.gacha deb belgilangan, xisob bo‘yicha 2,0 dan 39,91 m.gacha. Angren ko‘p yillik izlanish va o‘rganish natijasida qo‘ng‘ir rusumli o‘simlik poyasi va qoldiqlaridan xosil bo‘lgan deb belgilanadi. Qo‘ng‘ir qora rangli kam zichlikka ega bo‘lib tarkibida pirit, markaziy konkretsiya shaklida va oxak ko‘mirli tog‘ jinslar uchraydi. Moos jadvali bo‘yicha ko‘mirning qattiqligi 1,5 solishtirma og‘irligi 1,52 dan 1,55 gacha o‘zgaradi, kullanishi 10-12 % va 1,63 dan 1,71 g/sm3 28-30% qullanishda. Ko‘mirning to‘kma og‘irligi 0,7-0,8 m/m3ga teng. Yangi qazilgan ko‘mirning tarkibida 31% dan 40%cha namlik uchraydi. Ko‘mir suvni o‘ziga shimib olib xajmidan kattartirish xususiyatiga ega, yonishi (150-175ºS).
Qo‘llanishi. 2”V” qatlami yuqori xisoblanib kompakt yotqizig‘idan bo‘linadi. Ko‘mir massasining qullanishi 20% gacha, o‘rtacha ko‘mir massasining qullanishi 16,3%, tog‘ jinslar qatlamining xisobiga 26,3% ga etadi.”1+2” qatlam ko‘mir massasining qullanishi 14,6%. Asosiy qatlam kesishish sonlari (95%) ko‘mir massasining qullanishi 20% gacha.
Namlik. Ko‘mirli qatlamning analitik namligi 5,4-19,7% qatlam “2V” o‘rtachasi 12,2%; “Kompakt” qatlam”1+2” – 11,5%.
Uchuvchi moddalarning chiqishi. 2”V” qatlamning o‘rtacha uchuvchi moddalarning chiqimi 34,7; Qatlam ”1+2” -34,4. davlat 7049 tasnifi bo‘yicha 9 shaxta va 9-bis Angren konining ko‘miri qo‘ng‘ir (B2) deb belgilangan, uchuvchi moddalarning qatlam massasida 28% yoki undan ko‘proq bo‘lishi lozim. Tarkibida oltingugurt bo‘lgan 2”V” qatlam uchun o‘rtacha 1,25%, qatlam ”1+2”-1,39%. Qayta ishlanmagan ko‘mirning texnologik namunasida S 1,9 % ga etadi. Qayta ishlangan ko‘mirda oltingugurt 1,01% uchraydi. 2”V” qatlam ko‘mirning issiqlik yonishi 6785 kkal/ kg, ”1+2” qatlam uchun 6910 kkal /kg.
Gidrogeologik sharoiti. SHaxta maydoni va 9-bis uchastkasini gidrogeologk tekshirishlar natijasida To‘rtlamchi, Bo‘r, Paleogen, YUra, Paleozoy va yongan meza-kaynazoy tog‘ jinslarida suvli gorizontlar aniqlanadi. To‘rtlamchi yotqiziq suvli gorizontlari Jigariston soyining allyuvial-prolyuvial yotqiziqlarida uchraydi. Oxangaron daryosi xarsangtosh, qumoq, gil va ko‘mli shag‘allardan tashkil topgan. Jigariston soyining suvli gorizontlari qalinligi 9,6-23,7m. Filtratsiya koeffitsenti 0,06-11,2 m/sut o‘rtachasi 3,16 m/sut. Er osti suv sathining ko‘tarilish chuqurligi 14,67-24,90 m.
Bo‘r poleogen suvli kompleks. 9 shaxta maydonlarining ko‘p qismlarida tarqalgan. Er osti suvlari poleogen ohaktosh va qumtosh, Bo‘r shag‘altosh va mayda shag‘alli konglomerat gil va mergelitlarda uchraydi. Suvli tog‘ jinslar qatlamining qalinligi 8-65 m, Bo‘r poleogen yotqiziqlarining umumiy qalinligi 40-100 m. Bo‘r poleogen yotqiziqlari kuchsiz filtrlash xossasiga ega bo‘lib filtratsiya koeffitsenti 0,34 m/sut o‘rtacha 0,068 ko‘rsatkichda.
Yura suvli gorizont. Suvli tog‘ jinslariga qumtosh, ko‘mir, suv o‘tkazmaydigan gil, argilitlar uchraydi. Svitaning umumiy qalinligi 100-110 m, suvli tog‘ jinslarning qalinligi 25-40 m. yura suvli gorizontlarini ustida qoplovchi Bo‘r paleogen suvli yotqiziqlaridan izolatsiya qilingan. Umumiy suv oqimi tog‘ jinslarida 25-30% ga etadi. Ko‘mir qatlam tagida suv bosimi (100-120m. gacha)
Paleozoy suvli gorizont. Paleozoy suvli gorizontlari keng tarqalib yotqiziqlar bilan qoplanib, 9-bis uchastkasining sharqiy qismida er yuzasiga chiqadi. Paleozoy suvlari tektonik buzilma va yoriqlarda uchraydi. Paleozoy suvlari 9 shaxta maydonining sharqiy qismi va 9-bis janubiy qismiga yo‘naladi, bu suvlarning yo‘nalishi shaugaz siljimi orqali keladi.
Yongan jins suvlari. Yongan jinslar Jigariston soy qirg‘og‘i, 9 shaxta maydoni va 9-bis uchastkalarida tarqalgan. “Yongan” jinslarning katta qismini suv bosib, qalinligi 40-106 m.ni tashkil etadi. Yongan jinslarning zonasida er osti suvlarning statik zahirasi 1,61-10 kub,m. dan iborat.
Er osti va usti suvlarning kimyoviy tarkibi.
To‘rtlamchi yotqiziq suvlarining tarkibi gidrokarbonat – sulfat kalsiy magnitli, sulfatgidrokarbonatli, kalsiy – natriylilik minerallashish 0,3 – 0,7 g/l , kam qattiqlikdan (3,6 mg ekv) juda qattiqgacha (umumiy qattiqligi 39.25 mg.ekv). Aktiv reaksiyada kuchsiz oksidlanib miqdorlanadi. RN =6,6-8,0.
Bo‘r paleogen yotqiziq suvlari. Kimyoviy tarkibi sulfat natriy, magniyli, gidrokabonat sulfatli, kalsiy natriyli minerallashishi 0,7-2,08 %. Suv kuchsiz qattiqlikdan kuchli qattiqgacha. Umumiy qattiqlik darajsi 7,9- 16,2 ekv/l, karbonatligi 3,5-4,6 mg-ekv/l. RN 7,2 dn 8,2 cha.
Yura. Suvli kompleks yotqiziqlarning kimyoviy tarkibi sulfat xloridli, natriy kalsiyli minerallashish darajasi 0,2 g/l umumiy karbonat qattiqligi 16,15 mg ekv/l va 2,1 mg ekv/l. Vodorod ionining konsentratsiyasi suvda (RN) – 7,8 kam ishqorlanish xususiyatiga ega. Poleozoy yotqiziqlar suvlarining kimyoviy tarkibi xlorid-sulfatli, natriy kaliyli magniy quruq cho‘kma bilan 0,2 g/l, kuchsiz ishqorlangan RN =7,8 juda qattiq 16,45 mg ekv/l. Umumiy shaxta suvlari gidrokarbonat kalsiyli, magniy natriyli, ba’zan gidrokarbonat sulfatli, kalsiy magniy natriyli, minerallashishi 0,6-1,4 g/l. Kuchsiz qattiqdan juda qattiqgacha (3-13,9mg/ekv) RN 7,1 dan 8,2 gacha o‘zgaradi. Bo‘r paleogen, yura va paleozoy yotqiziq er osti suvlari agressiv xususiyatiga ega Tarkibida (500 mg/l) ko‘p miqdorda sulfat uchraydi. Beton ishlari bo‘lganda xisobga olish kerak. Bo‘r paleogen er osti suvlari va YUra paleozoy suvlari metalga nisbatan korroziyalash xossasiga ega. Bo‘r paleogen, YUra va poleozoy er osti suvlarining korroziyalash koeffitsenti 7-25; 17; 11% ekv.
Shaxtaga suv kelishi. 1970-1984 yillari ekspluatatsiya davomida YUra yotqziq er osti suvlarining 9 shaxtaga kelishi shuni ko‘rsatadiki o‘rtacha yillik umumiy shaxta oqimlari 107,8-149,9 m3/soat, o‘rtacha ko‘rsatkichi 136,2 m3/soatni tashkil etilgan. Jigariston soy allyuvial shag‘allaridan 66,8-130,0 m3/s, o‘rtacha 100,2 m3/s suv oqimiga teng. Jigariston soyining chap qirg‘og‘idagi “yongan” jins va “Er osti gazi” shaxta kon lahimlari va shaxta maydonlariga kelgan suv oqimi shuni ko‘rsatadiki Bo‘r paleogen va YUra suvli gorizontlaridan 175 m3/s. “Yongan” jinslardan 34 m3/s.
1-jadval

1


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin