TAʼLIM VA TARBIYA: YANGI IMKONIYATLAR
Buyuk yunon olimi, Sharqda “Birinchi muallim” deb ulugʻlanadigan Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan soʻzlari, qarang, miloddan 350-yil avval aytilgan. Demak, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon taʼlim va tarbiya masalasi, doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy boʻgʻin hisoblangan maktabgacha taʼlim tizimining jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va ahamiyatini hech narsa bilan oʻlchab boʻlmaydi.
Bu yoʻnalishni tizimli rivojlantirish boʻyicha aniq davlat dasturlari qabul qilinadi. Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2 baravarga oshirilib, 100 foizga yetkaziladi.
Biz “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan ulugʻ gʻoya asosida mamlakatimizda maktab taʼlimini umummilliy harakatga aylantirish boʻyicha boshlagan ishlarimizni yangi bosqichga koʻtaramiz.
Xususiy maktablar tizimini yanada takomillashtirish, bitiruvchilarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini 2030-yilda 60-70 foizga yetkazish –asosiy vazifamizdir.
Biz maktab muammosiga birinchi darajali masala, deb qarashni davom ettirishimiz lozim. Maktab – faqatgina taʼlim beradigan maskan emas, barchamiz uchun yuksak maʼnaviyat beshigiga, farzandlarimizni bolalikdan boshlab kasbga oʻrgatuvchi dargohga aylanishi zarur.
ILM-FAN — INNOVATSION TARAQQIYOT ASOSI
Mamlakatimizni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va mexanizmlari, eng avvalo, shu davlatda yaratilgan intellektual va ilmiy-texnikaviy salohiyatdan qanchalik samarali foydalanish bilan chambarchas bogʻliq.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 300 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari, tajriba-konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy-ishlab chiqarish korxonalari, kichik innovatsion markazlar va boshqa ilmiy-texnikaviy tuzilmalar faoliyat yuritmoqda.
Endigi vazifa — nafaqat ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, balki ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yaratishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |