MAʼRIFIY ISLOHOTLAR VA BARKAMOL INSON TARBIYASI
Uzluksiz taʼlim tizimida maʼnaviy tarbiya asoslarini kuchaytirish lozim. “Tarbiyada tanaffus boʻlmaydi”, degan chuqur maʼnoli gapni koʻp takrorlaymiz. Lekin, afsuski, joylarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda ana shu qoidaga amal qilinmayapti. Bu borada bogʻcha, maktab, oliy taʼlim, mahalla tizimining har biri alohida ish olib borayotgani, yaʼni, oʻzaro hamkorlik va uygʻunlikning yoʻqligi ishimizning samarasiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Bir haqiqatni barchamiz chuqur anglab olishimiz kerak: milliy tarixni xalqimiz, aniqsa, yoshlarimizga milliy ruxda yetkazish, ularning qalbiga, shuuriga singdirish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy taʼsiri boʻlmaydi.
Shuning uchun ham biz tariximizning barcha bosqichlarini yaxlit holda qabul qilib, har tomonlama chuqur oʻrganishimiz zarur.
Oʻtmishdagi yutuq va gʻalabalardan kuch-quvvat olib, xato va magʻlubiyatlaridan xulosa va saboq chiqarib yashaydigan xalq oʻzining taraqqiyot yoʻli va kelajagini toʻgʻri belgilay oladi.
Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga oʻrgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur. Buning uchun, avvalo, O‘zbekistonda tarix fanini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini samarali amalga oshirishimiz lozim.
YANGI OʻZBEKISTAN VA MAʼNAVIY YANGILANISH
Biz — gʻururi, oriyati, maʼnaviyati baland xalqmiz. Bu, hech shubhasiz, katta boylik. Ajdodlarimiz asrlar davomida asrab-avaylab kelgan bu boylikni yoʻqotib qoʻysak, kelgusi avlodlar bizni aslo kechirmaydi. Aksincha — bu fazilatni xalqimizni, millatimizni birlashtiradigan eng kuchli tamoyilga aylantirishimiz kerak. Negaki, milliy gʻururi baland xalqning qadr- qimmati ham baland, maʼnaviyati, irodasi kuchli boʻladi. Bunday xalq bilan har qanday buyuk maqsadlarga yetish mumkin.
Aynan ana shunday fazilatlarimizga tayanib, biz boshqalarga ergashuvchi emas, aksincha, doimo ergashtiruvchi xalq boʻlib kelganmiz. Bilim, maʼrifat, madaniyat bilan boshqalarga oʻrnak boʻlganmiz. Bu — bizning qon-qonimizga, zotu zurriyodimizga singib ketgan, milliy qadriyatimizga aylangan fazilat.
Dostları ilə paylaş: |