Maʼnaviyatimiz uchun eng katta xavf — bu aksariyat odamlarimizdagi loqaydlik va beparvolik kuchayib borayotganida, desak, bu ham ayni haqiqat boʻladi. Siyosatshunoslar oʻrtasida: “Sen uxlaganingda, dushman uygʻoq boʻladi”, degan gapi bor.
MAʼRIFATLI JAMIYAT SARI Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini maʼrifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir.
Albatta, xalqaro maydonda munosib oʻrin egallash yoʻlida zamonaviy innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan islohotlarni amalga oshirish milliy taraqqiyot strategiyamizning ustuvor jihatidir.
Yangi Oʻzbekiston — maʼrifatparvar davlat.
MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR UYGʻUNLIGI Maʼlumki, qadimiy va saxovatli zaminimizda koʻp asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab keladi. Mehmondoʻstlik, ezgulik, qalb saxovati va tom maʼnodagi bagʻrikenglik xalqimizga doimo xos boʻlgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda.
Mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Etnik oʻziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada uygʻunlashtirishda 140 ga yaqin milliy madaniy markaz yetakchi rol oʻynamoqda. Ular oʻziga xos madaniyati, tili, urf-odat va anʼanalarini, xalq xunarmandchiligini rivojlantirib, turli madaniyatlarning bir-birini oʻzaro boyitishiga, har birimizda koʻpmillatli yagona oila tuygʻusini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshmoqda.
Biz uchun eng muhim boʻlgan ana shu masalaga bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz, jumladan, milliy madaniy markazlar faoliyatini amaliy jihatdan qoʻllab - quvvatlash boʻyicha zarur barcha ishlarni bajaramiz.
6-BO‘LIM: XAVFSIZLIK VA TASHQI SIYOSAT
Mamlakat xavfsizligi va mudofaa salohiyati
Ochiq va pragmatik faol tashqi siyosat — ustuvor vazifamiz