Iqtisodiy nochor firma va kompaniyalar faoliyatini tahlili va ularni moliyaviy sog’lomlashtirishda xalqaro tajribalar hamda, ulardan foydalanish Bonkrotlik to’g’risidagi chet el tajribalarini tahlili shuni ko’rsatadiki, bonkrotlik
to’g’risidagi qonunlar asosan ikki yo’nalishga yoki modelga ega.
Birinchisi; Buyuk Britaniya modeli bo’lib, bunda bonkrotlik to’g’risidagi qonunchilik
bonkrotga uchragan korxonaga berilgan qarzlarni egasiga qaytarib berilishini ta’minlashga
qaratilgan. Masalaning bunday tarzda qo’yilishi asosan korxonani tugatish asosida amalga
oshiriladi.
Ikkinchi model esa Amerika modeli bo’lib, bunda qonunchilik bonkrotga uchragan
korxonani turli chora-tadbirlar yordamida to’lov layoqatini tiklab, xo’jalik faoliyatini davom
ettirishiga qaratilgan.
Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasida ham Bankrotlik to’g’risidagi qonunchilik
ana shunday ikki model asosida rivojlanib, takomillashib bormoqda
4.5.-chizma
Bonkrotlikni xalqaro modellari va ularni o’ziga xos xususiyatlari Bonkrotlik modellarini
xususiyatlari
AKSh modeli
Buyuk Britaniya modeli
Bonkrot korxonani to’lov
layoqatini tiklash
Sanatsiyaga moyillik
kuchliligi
Korxonani rekstrukturizatsiya
qilish va qayta tashkil etishni
amalga oshirish
Zomonaviy texnika va
texnologiyadan foydalanishga
e’tibor
Bonkrot korxonani tugatib,
qarzlarni egalariga qaytarish
Bonkrot korxona o’rniga yangi
korxonani barpo etish
Tugatishga moyillikni
kuchliligi