1.6.
Moliyaviy tahlilni axborotlar tizimi va uning
oldiga qo’yiladigan talablar
Tahlil natijalari va uning sifati ko’p jihatdan uning axborotlar manbayi bilan
ta’minlanganlik darajasiga bog’liq. Biz iqtisodiy tahlilni axborotlar tizimiga quyidagi
manbalarni kiritamiz;
Hisob ma’lumotlari;
Hisobdan tashqari ma’lumotlar.
Hisob ma’lumotlariga; buxgalteriya hisobi va hisoboti, statistik hisob va hisobot
ma’lumotlari, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari kiritiladi.
Hisobdan tashqari ma’lumotlarga; tekshirish natijalari, yig’ilish qarorlari, reja
ma’lumotlari, turli katologlar, nashrlar, statistik byuletenlardan olingan ma’lumotlar kiradi.
Iqtisodiy tahlilni tarkibiy qismi bo’lgan moliyaviy va boshqaruv tahliliga nisbatan
yuqoridagi tarkiblashni berib o’tish esa iqtisodiy jihatdan to’g’ri bo’lmaydi.
Negaki, boshqaruv tahlilini axborot manbalari moliyaviy tahlilni axborot manbalaridan
o’zining ifoda etilishi, mazmuni, ko’lami, rasmiylashtirish tartibi, olish tartiblari va boshqa
belgilari bo’yicha farq etadi.
Moliyaviy tahlil i.f.d. prof. M.Q.Pardaev tomonidan moliyaviy tahlilni quyidagi
axborot manbalari tarkiblanadi;
1.
Tashqi moliyaviy tahlil-buxgalteriya hisoboti asosida;
2.
Ichki moliyaviy tahlil-buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda tezkor hisobotlar
asosida.
3F
4
Prof. Abdukarimov I.T. tomonidan moliyaviy tahlilni axborot manbalariga quyidagilar
kiritiladi;
1.
buxgalteriya hisobi va hisoboti;
2.
statistik hisob va hisobot ma’lumotlari;
3.
operativ hisob va hisobot ma’lumotlari;
4.
Tanlab olingan hisobot
’lumotlari
4F5
.
Prof. M.Q.Pardaev tomonidan moliyaviy tahlilni ichki va tashqi tahlil turlariga
nisbatan tarkiblangan axborot manbalari to’g’ri belgilangan. Negaki, uning iste’molchilari
manfaatlaridan kelib chiqqan holda tahlil olib borish uchun zaruriy bo’lgan axborotlar to’g’ri
ifoda etilgan.
Prof. AI.T.Abdukarimov tomonidan tarkiblangan guruxlash esa iqtisodiy tahlilni o’zi
uchun axamiyatli uning moliyaviy tahlili yuzasidan o’rinli emas. Negaki statistik hisob va
hisobot, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari, tanlangan ma’lumotlarni tarkiblanishi
moliyaviy tahlilga nisbatan to’g’ri emas.
Yuqoridagi qarashlarga qarama qarshi tarzda biz moliyaviy tahlilni axborotlar bazasiga
quyidagilarni kiritishimiz mumkin;
1.
Moliyaviy hisob va hisobot malumotlari;
2.
Tanlab olingan ma’lumotlar (moliyaviy hisobotga ilovalar, hisob varaqalari
bo’yicha ma’lumotlar va h.k.)
4
M.Q.Pardaev Moliyaviy tahlil. Iqtisodiyot va xuquq dunyosi. 1999 y. 9-bet
5
Abdukarimov I.T. Moliyaviy hisobotni o’qish va tahlil qilish yo’llari. T.;Iqtisodiyot va xuquq dunyosi.1999 y. 6-bet
17
Moliyaviy hisob va hisobot ma’lumotlariga iqtisodiy jarayonlarni o’zida ifoda etuvchi
umumlashgan ma’lumotlar kiradi. Ushbu axborotlar moliyaviy hisobot shakllarida aks etadi.
Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, tashqi moliyaviy tahlil faqat e’lon qilinadigan
moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar asosida o’tkaziladi. Tashqi moliyaviy tahlil
moliyaviy hisob va hisobot ma’lumotlari, tanlab olingan ma’lumotlar asosida tashkil etiladi.
Moliyaviy hisobot shakllariga;
1-shakl”Buxgalteriya balansi”
2-shakl “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi” hisobot
3-shakl “Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi” hisobot
4-shakl “Pul oqimlari to’g’risidagi” hisobot
5-shakl “Xususiy kapital”to’g’risidagi hisobot
-ma’lumotnomalar (2-A, 2-B,..,) va moliyaviy hisobotga ilovalar.
Moliyaviy tahlilni axborotlar bazasiga qo’yiladigan talablarga quyidagilar kiradi.
Ya’ni; axborotlar ishonchligi, taqqoslanuvchanligi, betarafligi, pulda baholanishi,
uzluksizligi, hisobga olinish, hisob-kitoblarda xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilmasligi,
daromad va xarajatlar, aktivlar va passivlar to’g’ri baholanganligidir. Bu talablar moliyaviy
hisob va hisobotlashning konseptual asoslarida ham belgilanadi.
Ma’lumotlarni mantiqiy tekshirishda, hisob-kitoblarni aniqligi, raqamlarni bo’yab
yozishlarga yo’l qo’yilmaganligi, turli hisobot shakllaridagi nazorat raqamlarining mosligiga
axamiyat berish lozim.
|