Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib


Moliyaviy tahlil va uning tashkil etilishi



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/72
tarix17.09.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#144550
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

 
1.5. Moliyaviy tahlil va uning tashkil etilishi 
Moliyaviy tahlilni tashkil etilishida ichki va tashqi tahlil turlarini tashkil etilishiga 
axamiyat berish lozim.
Ichki moliyaviy tahlil shu firma, kompaniya xodimlari tomonidan tashkil etilsa, tashqi 
tahlil firma, kompaniya faoliyati bilan qiziquvchi uchinchi shaxslar tomonidan tashkil etiladi. 
Moliyaviy tahlil funktsiyasini a’lohida tahlil xizmat bo’limini ochish orqali, yollangan 
tahlilchidan foydalanish yoki alohida xodimga yuklash orqali bajarilishi, mulk egasi 
tomonidan mustaqil yuritilishi kabi tashkiliy shakllarini ajratish mumkin. 
Tashqi tahlilchilar tomonidan o’tkaziladigan tahlil tahlil natijalaridan manfatdor 
tashkilotlar va xodimlar tomonidan mustaqil yoki shartnomaviy asosda tashkil etilishi 
mumkin. 
Tahlilni tashkil etish bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin. 
1.
Tahlil maqsadini belgilash va uning rejasini tuzish; 
2.
Tahlil yuzasidan zarur bo’lgan ma’lumotlarni yig’ish, ularni saralash, ko’rsatkichlar 
holatiga keltirish, analitik jadvallar tuzish; 
3.
Taxlilni o’tkazish; 
4.
Tahlil natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va chora tadbirlarni belgilash. 
I.f.d. professor M.Q.Pardaev tomonidan moliyaviy tahlilni 3 ta bosqichni, ya’ni; tahlil 
maqsadini aniqlash va unga yondashish yo’llarini belgilash; tahlil uchun taqdim qilinadigan 
axbarotlar sifatiga baho berish; tahlilni usullaridan foydalangan holda tahlil o’tkazish va 
uning natijalarini rasmiylashtirish bosqichlari 
2F3
.
Ushbu tarkiblashni ham to’g’ri deyish mumkin. Lekin unda tahlilni birlik bosqichlari 
umumlashtirilgan tarzda ifoda etilgan. 
Tahlil bosqichlarini 3 ta, 4 ta, 5 ta, 7, 9, 12 ta bosqichdan iborat qilib belgilash ham 
mumkin. Ular bir-biridan mazmun jihatdan farqlanmaydi. Birlik ifodalarni alohida bosqich 
qilib belgilanishigina ularni qatorini kengaytirgan halos. O’quvchi turli adabiyotlarni 
o’rganish asosida noto’g’ri xulosaga kelmasligi lozim. Negaki ular mazmun jihatdan aynan 
bitta narsani ifoda etadi. 
3
M.Q.Pardaev Moliyaviy tahlil. T.; Iqtisodiyot va xuquq dunyosi. 1999 y. 11-bet 


16

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin