2.7. Lizing hisobiga olingan mablag’lar tahlili Lizing operatsiyalarini yo’lga qo’yilishi albatta, puxta ishlangan investitsion loyihalar
asosida tashkil etiladi. Investitsion loyihalar esa o’z-o’zidan iqtisodiy va moliyaviy tahlil
asosidagina aniq echimiga ega bo’ladi.
Investitsion loyihalarning moliyaviy va iqtisodiy tahlilini bevosita shu asnoda
o’tkazilishi ham bejiz emas.
Kompaniya va firmalar erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida turli kredit institutlari bilan
shartnomaviy asosda qarz munosabatlarini yo’lga qo’yishni talab etadi. Ana shunday
institutlardan biri bu lizing kompaniyalari hisoblanadi. Lizing kompaniyalarini imkoniyatli
tomoni shundaki bunda, ulkan moliyaviy resurslar talab qilinadigan texnika va
texnologiyalarni olib kelinishi, xo’jalik yuritish sub’ektlari yoki tadbirkorlarga qimmatga
tushadi.
Birinchidan: kompaniya yoki firma uning moliyaviy imkoniyatiga ega emas. Ega
bo’lingan hollarda ham uning birdaniga jalb qilinishi mablag’larning oqlanuvchanlik davrini
oshirib yuboradi. Ana shunday hollarda kompaniya albatta lizing asosida mablag’larni
joylashtirishdan manfaat ko’radi.
Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishini yo’lga qo’yish va uning aylanmasi asosida
ega bo’lingan mablag’lar hisobiga davriy to’lovlarni amalga oshirilishi, kelishilgan muddat
tugashi bilan texnika va texnologiyalarni o’z egaligiga o’tishi, lizing to’lovlarini asosiy
qismini ishlab chiqarish xarajatlariga olib borilishi va boshqa yutuqli jihatlar lizing
operatsiyalarini ham imkoniyatligini xarakterlaydi.
Albatta, narxlar o’zgaruvchanligi sharoitida investitsion loyihalarning uzoq
davriylikdagi prognozining aniq echimini berish qiyin masala. Shu sababli, turli risklarni
hisobga olish, inflyatsion jarayon, to’lovlarni amalga oshirish shakllariga ahamiyat berish
talab etiladi. Xuddi shu holat Respublikamizda investitsion kompaniyalarning aktiv
ishtirokchisi sifatida lizing kompaniyalarini ish faoliyatiga sezilarli ta’sir etmoqda. Lizing
kompaniyalari lizing shartlarida aktivlarni joylashtirishda turli qiyinchiliklarga duch
kelmoqdalar.
Tahlil etishda lizing asosida korxona tasarrufiga va foydalanishiga berilgan asosiy
vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa aktivlar yuzasidan to’lovlarni davriy amalga
oshirilishi, ularning oqlanuvchanligi va samaradorligi, foydalilik darajasiga muhim ahamiyat
beriladi. Afsuski, lizing operatsiyalari bo’yicha olingan mulk va uning samaradorligi tahlilini
uslubiy asoslari olimlar tomonidan endigina tadqiq qilinmoqda. Bu bir jihatdan o’rinli ham.
Negaki rejali iqtisodiyot, ko’char va ko’chmas mulkni joylashtirishni markazlashgan
ta’minotini, tartibini va qoidalarini belgilab bergan edi. Erkin bozor munosabatlari sharoitida
esa bu mexanizmni saqlanishi o’rinsizligi kompaniya va firmalar oldiga ulkan ma’suliyat
qo’yadi. Ya’ni: mulk va uni joylashtirishni, egalik va tasarruf etishni yangi shakllarini
hayotga joriy etish zaruriyatga aylanadi.