Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib


(MAM+DM+PMvaQQ)=(O’M+ChJQUMM)-(UMA)+(ChJQQMM+KM)



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/72
tarix17.09.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#144550
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

(MAM+DM+PMvaQQ)=(O’M+ChJQUMM)-(UMA)+(ChJQQMM+KM) 
Bunda: 
(MAM+DM+PMvaQQ) - Aylanma mablag’larning qiymati; 
(O’M+ChJQUMM) - (UMA) - Aylanma mablag’larning o’z mablag’lari hisobiga 
qoplanish qiymati; 
(ChJQQMM+KM)-Aylanma mablag’larning chetdan jalb qilingan mablag’lar hisobiga 
qoplanish qiymati; 
Bu bog’lanishlar Pardaev M.Q.ning «Moliyaviy tahlil» o’quv qo’llanmasida, 
«Iqtisodiy tahlil» darsliklarida kelitiriladi. Lekin ayrim adabiyotlarda undan farq etuvchi 
takiblanish beriladi. 
Uzoq muddatli aktivlarni manbalanishi o’z va uzoq muddatli qarz kapitali hisobiga 
manbalanishi iqtisodiy jihatdan to’g’ri. Lekin zahira va xarajatlarni manbalashda manbalash 
manbayiga kreditorlik majburiyatlarini ham kiritilishini noto’g’ri deyish mumkin. Agar 
faoliyatning birinchi kuniga nisbatan oladigan bo’lsak, uning kreditorlik majburiyatlari 


37
bo’lmaydi. Bu esa manbalashda kreditorlik majburiyatlari qiymatini umumiy ifodaga 
kiritishni talab etmaydi. Shuningdek, pul mablag’lari va debitorlik majburiyatlarini aylanma 
aktivlarni tarkibida manbalanishi yuzasidan ham xuddi shu fikrlarni bildirish mumkin. 
Sof uzoq muddatli aktivlar, sof zahira va xarajatlarni o’zinigina manbalashdan iborat 
bo’lgan holllarda bizning fikrimiz albatta to’g’ri deb qaralmog’i lozim. 
Mablag’larni moliyaviy manbalash yuzasidan M.Q.Pardaev «Moliyaviy tahlil» 
kitobida quyidagi chizmani keltirib o’tadi. Umumiy aktivlar summasi 1190 ming so’mga teng 
bo’lgan kompaniya o’z mablag’larini quyidagi tartibda manbalagan. (2.1.-chizmaga qarang) 
Uning bog’lanishlaridan uzoq muddatli aktivlar, zahira va xarajatlarning o’z va qarz 
kapitali hisobiga manbalanishini o’qish mumkin. Masalan; 530 ming so’mlik uzoq muddatli 
aktivlarni 500 ming so’mi o’zi tomonidan, qolgan 30 ming so’mi chetdan jalb qilingan uzoq 
muddatli kapital hisobiga manbalangan. Umumiy qiymati 660 ming so’m bo’lgan aylanma 
mablag’larni 250 ming so’mi o’z mablag’i hisobiga, 10 ming so’mi chetdan jalb qilingan 
uzoq muddatli qarz kapitali hisobiga, 400 ming so’mi chetdan jalb qilingan qisqa muddatli 
majburiyat hisobiga manbalangan.2.1.chmzma 


38

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin