Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib


Mahsulot ishlab chiqarishni kritik hajm darajasini tahlili



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/72
tarix17.09.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#144550
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

3.4. Mahsulot ishlab chiqarishni kritik hajm darajasini tahlili 
 
Firma va kompaniyalar faoliyat yuritayotganda turli kutilmagan xodisalarga duch 
keladi. Bu esa to’g’ri baholashni talab etadi. 
Mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarishda uning qanday hajmi korxonaga zararsiz 
ishlash imkonini tug’diradi, yoki mahsulotning qaysi birligida mahsulot sotishdan olinadigan 
tushum to’la o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarni qoplay oladi? 
Ushbu vazifani bajarish uchun firma va kompaniyalarda mahsulot ishlab chiqarishning 
kritik hajm darajasi ko’rsatkichi aniqlanadi. 
Har bitta korxona mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish rejasini tuzishda albatta 
kutiladigan foyda normasini hisoblashga va biznes samaradorligini baholashga ahamiyat 
berishadi. Foyda normasini belgilab olish, erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada 
murakkab masala hisoblanadi. Negaki uning hisob-kitobida turli taxlikalarni (risklarni) 
hisobga olishga to’g’ri keladi.
Foyda normasini hisoblashni murakkabligi shundaki, bunda resurslar, mahsulotlar 
bahosi, soliqlar, to’lovlar firma va kompaniyalar faoliyatiga bog’liq bo’lmagan holda 
o’zgaruvchanlikka ega bo’ladi. Ularni hisob-kitob qilish imkoni tug’iladi qachonki aniq 
ko’rsatkichlar manbasiga ega bo’linsa. Bu manba inflyatsiyani ta’sir darajasi, baholarning 
o’zgarish holatlari, ishlab chiqarish xarajatlarini o’zgaruvchanligi (mahsulot hajmi va 
resurslar bahosini o’zgarishi hisobiga) bo’lishi mumkin. 
Shu jihatdan, mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasini aniqlash va uni tahlil 
etish, iqtisodiy harakatda va biznesda muhim masala hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich orqali 
kompaniya va firmalar mahsulot ishlab chiqarishning foydalilik darajasini belgilab oladilar. 
Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasini belgilash, uning hisob-kitoblari olimlar 
tomonidan o’rganilgan. Jumladan; uni aniqlashning turli ifodalari xam tavsiya etilgan. 
Mahsulot ishlab chiqarishni kritik hajm darajasini hisoblashning quyidagi bog’lanishli 
ifodasini berib o’tish mumkin. (Raximov M.Yu. «Don mahsulotlari ishlab chiqarish 
korxonalarida moliyaviy natijalarni hisobga olish, tahlil etish va auditni takomillashtirish 
muammolari» dissertatsiya avtoreferati, T.: O’zR Bank va Moliya Akademiyasi, 1999 y.) 
Yk=(S/P)*Yk+U
Bunda: 
Yk-kritik hajm darajasidagi mahsulot hajmi; 
U-jami o’zgaruvchan xarajatlar; 
S-mahsulot birligida o’zgaruvchan xarajat; 
P-mahsulot birligini bahosi. 
Shuningdek, Kritik hajm darajasida mahsulot ishlab chiqarishni quyidagi ifodalar 
orqali aniqlash ham mumkin va ularning mazmuni bitta (3.4.-jadvalga qarang). 
 
Belgilar izoxi; 
Qk-kritik hajm darajasidagi mahsulotni miqdoriy birligi; 


49
C+S+o-O’zgaruvchan xarajatlar+O’zgarmas xarajatlar+ foyda. Bunda foyda miqdori 
nolga teng deb olinadi. Ya’ni; ishlab chiqarish va savdo aylanmasidan olingan daromad 
to’liq, barcha xarajatlarni qoplagan holda foydaga ega bo’linmaydi. 
3.4.-jadval 

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin