Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib


Ishlab chiqarish xarajatlarini baholash usullari va ularning tavsifi



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/72
tarix17.09.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#144550
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

Ishlab chiqarish xarajatlarini baholash usullari va ularning tavsifi 
 
Xarajat elementlari, turlari 
Baholash usullari 
FIFO 
LIFO 
AVEKO 
Xaqiqiy tannarxida 
Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va 
bilvosita moddiy xarajatlar 
Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va 
bilvosita mehnat haqi va ajratmalar 
Hisoblangan va tan olingan qiymati bo’yicha 
Ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy vosita 
va nomoddiy aktivlar eskirishi
Belgilangan me’yorlar asosida 
Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va 
bilvosita boshqa xarajatlar 
Xaqiqiy qiymati bo’yicha 
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari 
Tan olingan va yuzaga kelgan qiymati 
bo’yicha 
Qimmatli qag’ozlar 
Pulli ekvivalentlarni xaqiqiy qiymati bo’yicha
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, 
kapital qo’yilmalar 
Sotib olish va qurish qiymatida (har yilning 
1-yanvar holatiga qayta baholash amalga 
oshiriladi) 
Tugallanmagan ishlab chiqarish 
Tugallanmagan ishlab chiqarishni haqiqiy 
qiymati bo’yicha 
 
 
 
 
 
 


46
 
3.3. Marjinal foyda kontributsiyasi va uning omilli tahlili 
 
Marjinal foyda- faoliyat natijaviyligini baholashda muhim samaradorlik ko’rsatkichi 
hisoblanadi. Uning aniqlanishida ishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot hajmining 
o’zgarishiga muvofiq, o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajat moddalariga tarkiblanishi hisobga 
olinadi. Mahsulot sotishdan olingan sof tushumdan o’zgaruvchan xarajatlarni chegirish 
asosida marjinal foyda ko’rsatkichiga chiqiladi. Marja foydasidan o’zgarmas xarajatlarni 
chegirish asosida mahsulot sotishdan yalpi foyda (sof foyda) ko’rsatkichi aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarga tarkiblanishi 
nashr etilgan adabiyotlarda nazariy jihatdan bayon etiladi, lekin uning buxgalteriya 
hisobining ob’ektiga aylanmaganligi, ularning amaliyotda alohida tarkiblanishini talab 
etmaydi. Shu sababli, amaliyotda ishlab chiqarish xarajatlarini o’zgaruvchan va o’zgarmas 
xarajatlarga tarkiblagan holda hisobga olish tartibiga amal etilmaydi. Ishlab chiqarish 
xarajatlarini o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlardan tashqari, shartli o’zgaruvchan 
xarajatlarga ham tarkiblash “Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi” 
N
42F43
berilgan sharxlarda keltirib 
o’tiladi. Shartli o’zgaruvchan xarajatlarni tarkiblash esa so’ngi o’zgarishlarga muvofiq olib 
tashlangan. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarga tarkiblashdan 
maqsad shuki-bu xarajatlarni yuzaga chiqish shakli, o’rni va javobgarlik markazlari bo’yicha 
hisobga olish hamda xarajatlarni maksadli boshqarish imkonini beradi. Afsuski, ishlab 
chiqarish xarjatlarini o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlariga tarkiblashda ishlab chiqarish 
va davr xarajatlarini bir xil mazmunda qarashmoqda. Vaxolanki bu tarkib xarajatlarning har 
ikkalasida ham o’zgaruvchan, o’zgarmas xarajatlar mavjud. 
Mahsulot sotishdan olingan tushumni hisoblashda “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi”
43F
44
Qonunni qa’bul qilinishi va amaliyotga kiritilishi bilan kassali usuldan hisobga olish usuliga 
o’tish belgilandi. Buni bevosita hisobning barcha o’zgaruvchi birliklarini o’z ichiga oluvchi 
korxona hisob siyosatining o’zgarishi bilan xarakterlash mumkin. Demak, marjinal foyda 
kontributsiyasiga ta’sir etuvchi asosiy birliklardan biri bu- korxona hisob siyosatining 
o’zgarishidir. 
Kassali usuldan hisobga olish usuliga o’tilishi marjinal foyda, yalpi summasini 
oshiradi. Lekin keyingi davrlar bo’yicha uning realligini ta’minlash vazifasi qo’yiladi. 
43
Maxsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, maxsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan 
xarajatlar hamda moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to’g’risidagi” Nizom. O’zR. MV. 1999 y. 54-son 
44
“Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi” Qonun, 1996 y. 30-avgust 


47
3.3. – jadval 

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin