65
-O’z mablag’lag’lari etarli; o’z va uzoq muddatli qarz mablag’lari etarli; o’z
mablag’lari, uzoq va qisqa muddatli qarz mablag’lari etarli bo’lgan holatda firma va
kompaniya mutloq moliyaviy barqaror deb yuritiladi;
-O’z mablag’lari
etishmovchiligi, qolgan mablag’lar etarligida moliyaviy havf-xatari
bor deb;
-Barcha mablag’lar etishmovchiligida moliyaviy nobarqaror korxona deb yuritish
mumkin.
Asosiy vositalarning eskirish darajasi bo’yicha;
-Asosiy vositalarning eskirish darajasi 50 foizdan ortiq darajada moliyaviy nobarqaror;
-eskirish darajasi 50 foiz darajasida moliyaviy havf- xatarli;
-50 foizdan kam darajada moliyaviy barqarorlik darajasini
ifodalash mumkin va
hakoza.
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan quyidagi chora-tadbirlarni belgilab olish
mumkin;
-xususiy kapitalni oshirish. Buning uchun firma va kompaniyalar ta’sischilarini
qo’shimcha badallarini jalb qilish shuningdek, faoliyatning keyingi davralari bo’yicha foyda
summasini oshirish talab qilinadi.
-ko’p xarajat talab qiladigan asosiy vositalar, texnika va texnologiyalar o’rniga
yangilarini olib kirish;
-bank kreditlarini aniq biznes reja va foydali loyihalar hisobiga
jalb etish hamda ularni
umumiy mablag’lar tarkibidagi hissasini kamaytirib borish, firma va kompaniyalarning
moliyaviy qaram bo’lib qolmasligiga harakat qilish;
-firma va kompaniyalarda to’lov intizomiga, shartnomaviy shartlarga to’la
amal etgan
holda debitor va kreditor qarzlarining ko’payib ketmasligini ta’minlash lozim deb o’ylaymiz.
Dostları ilə paylaş: