69
4.4.
Firma va kompaniyalar bonkrotligini tartibga
solish va ular moliyaviy tahlili natijalarini umumlashtirish
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bonkrotligi O’zbekiston Respublikasining
“Bonkrotlik to’g’risida”gi Qonuni va unga keyinchalik kiritilgan qo’shimcha, o’zgartirishlar
bilan va boshqa me’yoriy xujjatlar bilan tartibga solinadi.
I.f.n. dotsent S.Najmiddinov, N. Xasanovlar tomonidan chop etilgan “Korxona
moliyaviy holatini baholash”(muammolar va ularni hal etish)-deb nomlangan o’quv
qo’llanmasida ) – “bonkrotlik belgilangan tartibda korxonaning iqtisodiy nochorligini tan
olish, xo’jalik sudi tomonidan uni bonkrot deb e’lon qilish demakdir” deb yoziladi.
63F
63
Firma va kompaniyalar bonkrot deb e’lon qilinadi
qachonki, bonkrotlik faktlarini
barchasi e’tirof etilsa.
Bonkrotlik tahlili bevosita tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish asosida
bayonnoma tuzish bilan yakunlanadi. Bayonnomada korxonaning
moliyaviy ahvoli va uning
iqtisodiy tashxisi, korxonaning iqtisodiy nochorligini barcha ko’rsatkichlarini izohi beriladi.
Ushbu bayonnoma bonkrotlik holatlari yuzasidan xuquqiy xujjatlar tayyorlash uchun manba
bo’lib ham hisoblanadi.
Amalda bonkrot deb e’lon qilingan korxonalarga nisbatan
bir nechta tadbirlar rejasi
belgilanadi;
-sanatsiyalash (moliyaviy yordam ko’rsatish);
-faoliyat yo’nalishini o’zgartirish;
-divertsifikatsiya (bir emas bir necha nomenklaturada mahsulot ishlab chiqarishga
o’tish);
-ixtiyoriy
tugatish;
-majburiy
tugatish.
Ataylab qilingan va soxta bonkrotlik holatlarida bonkrotlik to’g’risidagi Qonun
xujjatlariga muvofik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari
noqonuniy harakatlari uchun
javobgarlikka tortiladilar.
Respublikamiz bo’yicha iqtisodiy nochor deb e’lon qilingan, sanatsiyaga tushirilgan,
tashqi
boshqaruvdagi korxonalar, bonkrot deb tan olingan va tugatilgan korxonalarni dinamik
ko’rsatkichlarini quyidagi jadval ma’lumotlaridan o’qish mumkin.
2>2>
Dostları ilə paylaş: