97
7.1.
Investitsiyaning mazmuni, mohiyati va turlari
Investitsiya siyosati har bir davlatning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiyotida muhim
yo’nalish hisoblanadi. Uning negizida moddiy va moliyaviy resurslarni foyda olish
maqsadidagi harakati yotadi.
Investitsiya so’zining o’rindosh iborasi bizda oldin ham ishlatilgan. Uni kapital
qo’yilmalar sifatida nomlaganmiz. Kapital qo’yilmalar deganda asosiy
fondlarni vujudga
keltirish, ularni ta’mirlash, qayta qurish, ishlab chiqarishni kengaytirish ma’nosida sarflar
tushunilgan. Bu holat to’g’ri hisoblanadi. Negaki ta’minotni markazlashtirilgan va
rejalashtirilgan mexanizmi amal etgan sharoitda, yagona davlat mulkchiligi sharoitida uning
mazmuni to’g’ri ifodalangan.
Ana endi biz ikkita muhim narsani ajratib olishimizga to’g’ri keladi.
Birinchisi kapital
qo’yilmalar tushunchasi, ikkinchisi investitsiya tushunchasi.
Investitsiya tushunchasi iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi.
Investitsiya-lotincha so’zdan olingan bo’lib “kapital solish”, “kapital qo’yish” degan
ma’nolarni anglatadi.
U.F.Sharpning tomonidan investitsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi.
“Investitsiyalar- kelgusida qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan
qiymatliklardan voz kechishdir”
73F
73
.
Iqtisodchi olim K.Eklund fikricha “Investitsiya- bu ishlab chiqarishni kengaytirishga
yo’naltirilgan resurslardir”
74F
74
Bir gurux olimlar tomonidan “investitsiyalar –kelajakda daromad va ijtimoiy samara
olish maqsadida kapitalni har qanday shaklda qo’yish sifatida ifodalanadi”
75F
75
Iqtisodchi olimlar §ozibekov D. va Qoraliev T.
lar tomonidan investitsiya
tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. ”Investitsiya-daromad (foyda) yoki ijtimoiy samara
keltiradigan va tadbirkorlik, ishbilarmonlikning davlat tomonidan taqiqlanmagan
faoliyatlarga jalb qilinadigan (sarflanadigan barcha turdagi mulkiy va intelektual boyliklar”
deb
’riflanadi
76F76
.
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida” gi qonunida
investitsiya deganda “Iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va
nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tushiniladi.”
77F
77
Yuqoridagilar umumlashtirigan holda investitsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif
berish mumkin.
Investitsiya- deganda investorlar (sarmoyadorlar) tomonidan
kelajakda foyda olish
maqsadida barcha turdagi; mulkiy, moliyaviy va intelektual boyliklarni muddatli band etish
tushuniladi.
73
Sharp U.F. Investitsii.Per.s ang.M.; INFRA-M, 2000g.979 str.
74
Eklaund K. Effektivnaya ekonomika,M.; “Ekonomika”,1991, 96-bet.
75
Kempbell R.Stanli L. Ekonomiks 2-tom.M.;Respublika 1992 g. 388 str.
76
Gozibekov D., Koraliev T. “Investitsion faoliyatni tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish” T.; Matbaachi,1993 y., 6-bet
77
O’zbekiston Respublikasining investitsion faoliyat to’g’risidagi qonuni, 1998 y., 24-dekabr
98
Negaki §ozibekov D. va Qoraliev T. lar tomonidan berilgan ta’rifdagi “ijtimoiy
samara”dorlik investorlar manfaatiga mos tushmaydi.
“Investitsion faoliyat to’g’risida”gi Qonunda ham investitsiya tushunchasiga to’lik
ta’rif berilmagan. Negaki uning ob’ekti va sub’ekti to’lik ko’rsatilmagan muddatgacha
ahamiyat berilmagan.
Investitsiya- ertangi kunda ko’proq foyda va
samara olish maqsadida band
qilinadigan, joylashtiriladigan qo’yilmalardir.
Kapital qo’yilmalarni investitsiyalardan farqiga kelsak ushbu tushuncha faqat uzoq
muddatli aktivlarni joylashtirish, ta’mir etish, kengaytirish va qayta tashkil etishga nisbatan
ishlatiladi.
Investitsiyani turlariga kelsak uning ham turli shakllarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Investitsilar pul mablag’larini qo’yilishi, aktsiyalar, boshqa pul mablag’larining, pay
ulushlarini, harakatdagi va harakatsiz mulk,
avtorlik huquqlari, nau-xaular va boshqa
shakllarda mablag’larni maqsadli joylashtirishni xarakterlaydi.
Ta’sischilariga ko’ra; davlat, huquqiy tashkilotlar, jismoniy shaxslar, chet el
fuqarolari va tashkilotlari shakli bo’yicha; ichki investitsiya; tashqi,
xorijiy investitsiya,
moddiy asosligi bo’yicha; moddiy, real investitsiyalar, nomoddiy, intelektual investitsiya va
boshqa turlarini ajratish mumkin.
Investitsiyalar va ular samaradorligiga oid statistik manbalarga tayangan holda shuni
aytish mumkinki 2002 yildap yalpi mahsulot tarkibida investitsiyalarning salmog’i
2000,2001-yilga nisbatan kamayishi kuzatilgan.
7.1.-jadval
Dostları ilə paylaş: