S=2R(1-cosα/2)=2·0,4(1-0,977)=0,0184 m. Jamlangan yo’lda kuchlar bajargan ish quyidagiga teng bo’ladi:
A= Bunda quvvat sarflanishi quyidagini tashkil etadi:
=An =4500·1,3=5,850vt=58,5 kvt. bu erda; n-vallar aylanishi soni, n=3,3 ayl/sek ga teng.
Valik maydalagichga tushayotgan gil tuproqli massaning undagi lentalar formasiga harakatlanish tezligi vallar aylanma tezligiga teng deb qabul qilamiz. Malumki, lentaning kirish tezligidan chiqish tezligi kattadir. Ko’rsatilgan xolatda gil tuproqli massaning sirg’alishi valiklar yuzasga nisbatan joyiga ega, shunday qilib valik va material orsida ishqalanish kuchi paydo po’ladi.
Taxminan hisoblaymiz; = · /
Valda materialni ishqalanishini yingib chiqishda talab etiladigan quvvat maydalanishga sarflanadigan, ishqalanish koeffisentiga ko’paytirilgan quvvatga tengligini isbotlash mumkin.
=f =0,45·58,5=26,325vt= 0,26 kvt.
VALIKLI MAYDALAGICHNING ATROF-MUXITGA HAMDA
EKALOGIYAGA TA’SIRI
Men loyixalayotgan valikli maydalagichda asosan o’rtacha qattiq materiallar maydalanadi.
Valikli maydalagich ishlayotgan vaqtda undan har qanday chang va inson sog’ligiga kuchli ta’sir ko’rsatadigan zararli moddalar ajralib chiqadi. Buning oldini olish uchun biz valikli maydalagich ishlayotgan joyga maxsus chang yutgichlar o’rnatishimiz kerak. Chang yutgichlar valikli maydalagichdan chiqayotgan changlar birdaniga atmosferaga chiqarib yuborsak u vaqt o’tishi bilan yana pasga tusha boshlaydi bu esa shu korxonada ishlaydiganlarning sog’ligiga yomon tasir ko’rsatadi, buning oldini olish maqsadida ikki bosqichda bo’lishi kerak:
1.Valikli maydalagichdan chiqayotgan zararli changlar chang yutgich yordamida so’rilib ikkinchi bosqichga uzatiladi.
2.Changlar tindirladi, keyin qolgan miqdori atmosferaga chiqarilib yuboriladi.
Davlat xavfsizlik mezonining ГОСТ12.1.005 88 ,,Ish joylarining havosiga nisbatan sanitariya va gigiena umumiy talablari’’ bo’limida ish joylarida havoning tarkibidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori (PEM) ni belgilab beradi va quydagicha izoxlanadi. Ish joyining havosida zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori deb, 8 soatli ish jarayonida yoki boshqacha davomiylikda, haftasiga 41 soatdan oshmagan mehnat jarayonida, yani hayotiy faoliyati davrida ishchining va undan qoladigan nasillarning salomatligiga salbiy ta’sir etmaydigan, ya’ni surunkali ta’siridan kelib chiqadigan kasalliklarni chaqirmaydigan zararsiz miqdoriga aytiladi va mg/ yoki mg/l birliklarda o’lchanadi.
Respublikamiz O’rta Osiyo davlatlari ichida qurilish materiallari ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi o’rinni egallaydi. Bu sohada ishlayotganlarning sog’ligini saqlashga va nafas olayotgan muhitini toza tutishga alohida e’tibor berilmoqda. Biroq mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarishning hozirgi holati texnika havfsizligi va muhitning sog’lom bo’lishini to’la ta’minlamaydi.
Tog’ jinslarini maydalaganda changlar atrof muhitni ifloslaydi. Tog’ jinslarini maydalash hozirgi eskirgan texnalogiyalari uchun atrof muhitga tarqaladigan gaz miqdori sanitariya me’yorlari bo’yicha 0.5 – 1.0 % dan ortmasligi kerak Zararli gaz va texnalogik changlar, ayniqsa atrofdagi barcha o’simliklar bargining quyosh nuri bilan almashish jarayoni (fotosintez) buziladi.Shuningdek sanoat chiqindilari chang yoki gaz holatda yerga tushib o’simlik ildizi orqali uning tanasiga zarar yetkazadi.
Inson organizimiga nafas va oziq – ovqat orqali kirgan chang zarrachalari ko’z,teri hamda nafas olish a’zolarini kasallantiradi.Ayniqsa zarrachalar tarkibidagi erkin kalsiy oksidi (CaO) odam organizimi uchun zaralidir. Hozirgi davrda eski texnalogiyalar o’rnini asta – sekin yangi, zamonaviy mashina – mexanizmlar egallamoqda. Yangi texnologiyalarga asoslangan takomillashgan, jahon talablarga javob beradigan chang yutkichlar o’rnatilmoqda. Chang ushlagich mexanik moslamalar, suvli kamera va zaryadlangan elektr (100 kV kuchlanisdagi elektr maydonida zarrachalar zaryadlanadi va boshqa elektrodda yig’iladigan elektro filtrlar ) turlariga bo’linadi. Ishlab chiqarish joylaridagi kremnazyom changi miqdori texnik havsizlik meyyoriga ko’ra 6 mk/ m3 dan ohak changi esa 3 mk/ m3 ortmasligi lozim.
Oxirgi vaqtlarda havo tarkibini aniqlashda gaz xromatograflari keng qo’llaniladi. Gaz xromatograf usulining afvzalligi shundaki, uning imkoniyati katta, ya’ni havo tarkibidagi hamma kimyoviy aralashmalarni biriktirib, ularni miqdorini alohida-alohida holda aniqlab berish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari juda tez, bir necha daqiqa ichida xavodagi zaxarli gaz va bug’ moddalari miqdorini aniqlash imkonini beradi. Ushbu usulni avtomatik tarzda ishlatish va havo muhitini nazorat qilish mumkin.