Tahliliy, faktik, baholovchi turdagi kasbiy nutq. Reja: 1. Nutq odobi tushunchasi.
2. Nutqning shakllanishidagi shart-sharoitlar .
O‘zbek millatining ko‘pming yillik tarixida keyingi o‘n yillikda erishgan yutuqlarimiz alohida orin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy manaviy-marifiy merosimizni nafaqat o‘rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga qo‘ydi. Boy tajribalarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Davr barcha ziyolilar qatori tilshunoslar oldiga ham yangi va ulkan vazifalarni qo‘ydi. Bu vazifalarni londa qilib, bir tomondan, tilshunoslikning nazariy masalalarini jahon andozalari darajasida tadqiq etish, ikkinchi tomondan, uning amaliy jihatlari, aniqrogi, nutqiy madaniyat masalalari bilan shugullanish tarzida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.Darhaqiqat, tilining barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga keltirish, ya’ni adabiy tilimizning qat’iy me’yorlarini belgilash, ularni imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va sozlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug‘atlar shaklida mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish muhim bolib qoladi. Chunki milliy istiqlol g‘oyasi yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, shu bilan birga, odatdagi, an’anaviy usullardan voz kechib, yangicha fikrlashga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bolmaydi.To‘g‘ri, nutq madaniyati muammosi insoniyat sivilizatsiyasining barcha bosqichlarida ortaga qo‘yib kelinganligi ham sir emas. U ta’limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan bolsa ham, shunga qadar Misr va Assuriyada, Hindiston va Xitoyda mavjud bo‘lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Gap shundaki, u paytlarda davlat arboblarining obro‘-e’tibori va yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bolgan. Yunon notig‘i Demosfen(eramizdan oldingi 384-322) va Rim notigi Sitseron (eramizgacha 106-43) larning hayoti bunga misol bola oladi