Respublikamizda pul-kredit siyosatini samarali amalga



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix14.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#130051
1   2   3   4   5   6   7
respublikamizda-pul-kredit-siyosatini-samarali-amalga-oshirish-yo-llari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
72 
tushinishning yuqori darajasi monetar tushunchalarning amaliy ahamiyatini 
baholashda eʼtiborga olinishi kerak boʻlgan muhim omillardir. 
Yetakchi pul tushunchalarining bir qator tamoyillari amalda qoʻrildi. Ayniqsa, 
monetarizmning pul muomalasi nazariyasining pul taʼminotining oʻsish surʼatlarini 
boshqarish prinsipi dunyoning koʻpgina davlatlarida pul muomalasining taktik 
maqsadi sifatida ishlatiladi [8; 9]. 
Aqsh, Yaponiya va Fransiyaning pul taʼminotining oʻsish surʼatlarini cheklash 
boʻyicha pul-kredit siyosati natijalari shuni koʻrsatdiki, ushbu chora oxir-oqibat 
ishlab chiqarish surʼatlarining pasayishiga, tovar va xizmatlar taʼminotining 
kamayishiga olib keladi, ammo narxlar barqarorligiga erishiladi. 
M.Fridmanning pul taʼminotining oʻzgarishi iqtisodiy vaziyatdagi oʻzgarishlar 
tufayli emas, degan ilmiy xulosasi amalda isbotlanmagan. M.Fridman monetarizm 
nazariyasiga koʻra, pulga boʻlgan talab naqd pul balanslari va nominal daromadning 
oʻsishiga mutanosib ravishda kamaymaydi, balki oʻzgarishsiz qolmoqda. Chunki pul 
taʼminotidagi har bir oʻzgarish nafaqat investitsiya darajasiga, balki shaxsiy isteʼmol 
hajmiga ham taʼsir qiladi. Shaxsiy isteʼmol hajmi oʻz navbatida nominal daromad 
dinamikasiga mutanosib ravishda farq qiladi. Natijada, olingan har bir alohida davr 
uchun pulga boʻlgan talab doimiyligicha qolmoqda, pul taʼminoti esa doimiy ravishda 
oʻzgarib turadi. Bu xulosa dunyoning koʻplab davlatlari amaliyotida isbotlangan [7]. 
 
1-jadval. Pul-kredit siyosatining asosiy koʻrsatkichlari, foizda 
Koʻrsatkichlar 
2018 
2019 
2020 
2021 
2022 
1-chorak 
Inflyatsiya darajasi 
14,3 
15,2 
11,1 
10 
9,8 
Markaziy bank qayta 
moliyalashtirish stavkasi 
16,0 
16,0 
14,0 
14 
17 
Tijorat banklarining kreditlari 
boʻyicha foiz stavkalari - 
20,5 
24,2 
22,3 
22,5 

1-jadvalga koʻra, 2018-2020 yillarda Oʻzbekistonda yuqori inflyatsiya darajasi 
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasini taʼminlashga olib keldi. Bu esa 
oʻz navbatida tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha foiz 
tavkalarining yuqori boʻlishiga olib keldi. Oʻz navbatida, tijorat banklari kreditlari 
boʻyicha yuqori foiz stavkalari korxonalarga to‘sqinlik qildi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin