Meros transmissiyasi FK 11401-moddasida qayd etilgan bo‘lib, voris- likka chaqirilgan merosxo‘r tomonidan merosni qabul qilishga bo‘lgan huquq yuzaga keladi. Agar merosxo‘r merosni qabul qilsa, ko‘rsatilgan huquq merosga bo‘lgan huquqqa aylanadi. Merosni o‘rnatilgan mud- datda qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan merosxo‘rga tegishli bo‘lgan merosni qabul qilishga oid huquq uning merosxo‘rlariga o‘tishi qonunda nazarda tutilgan. Merosning bunday tarzda o‘tishi meros transmissiyasi deb nomlanadi.
Meros qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan merosxo‘r transmittent deb, merosni qabul qilishga bo‘lgan huquq o‘tgan uning merosxo‘ri (merosxo‘rlari) esa transmissar (transmissarlar) deb nomlanadi.
Meros transmissiyasi transmittent qonun bo‘yicha yoki vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ahamiyatga ega bo‘ladi. Merosni qabul qilishga bo‘lgan huquq transmittentning meros- xo‘rlariga qonun bo‘yicha o‘tadi. Agar transmittent o‘zining barcha mol- mulkini vasiyat qilgan bo‘lsa, bu mulk transmittentning merosxo‘rlariga vasiyat bo‘yicha o‘tadi. Shunday qilib, transmittent va transmissarlar rolida qonun bo‘yicha merosxo‘rlar ham, vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlar ham ishtirok etishlari mumkin.
Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilishga bo‘lgan huquq- ning o‘tishi haqidagi qoidalar meros ochilgandan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan merosxo‘rga vasiyatnomada meros
qoldiruvchi tomonidan vorisdan keyingi voris tayinlangan hollarda qo‘llanilmaydi. Ushbu holatda meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilishga bo‘lgan huquqning o‘tishi yuz bermaydi, vorislikka esa vorisdan keyingi voris chaqiriladi.
Merosni qabul qilishga bo‘lgan huquq mulkiy huquq hisoblanadi hamda boshqa mulkiy huquqlar qatori meros tarkibiga kiradi. Meros transmissiyasi bir marta sodir bo‘ladi, ya’ni agar meros transmissiyasiga ko‘ra merosni qabul qilishga bo‘lgan huquq o‘tgan merosxo‘r uni amalga oshirishga ulgurmasdan vafot etsa mazkur huquq tugatiladi. Shuning uchun uni shaxs bilan ajralmas bog‘liq huquq sifatida tushunish kerak.
Vafot etgan merosxo‘rga tegishli bo‘lgan merosni qabul qilish huquqi uning merosxo‘rlari tomonidan umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin. Merosning bir qismini majburiy ulush sifatida qabul qilib olish huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘r vafot etgan hollarda meros transmissiyasi yuz bermaydi, chunki merosdan majburiy ulush olish huquqi merosxo‘rning shaxsi bilan ajralmas tarzda bog‘liqdir.