Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə2/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

BBK 67.99 (2U) 5ya73
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2018


SO‘Z BOSHI


Hozirgi kunda mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va ularga asoslangan holda barcha sohalarda yuz berayotgan o‘zgarishlar har bir mustaqil huquq sohasiga, shu jumladan, maxsus huquq sohasi bo‘lgan fuqarolik huquqiga ham tegishli bo‘lgan normalarni takomillashtirib borishda muhim ahamiyatga ega.


Bu huquq sohasi O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimida mustaqil o‘z o‘rniga ega bo‘lgan fundamental fanlardan biri bo‘lib, juda keng qamrovli shaxslar o‘rtasidagi mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy munosabatlarni o‘zining normalari bilan huquqiy jihatdan tartibga soladigan bilimlar yig‘indisidan iborat. Bu bilimlar yig‘indisi fuqarolik huquqiga oid normalarning mazmunida o‘z ifodasini topgan.
Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni himoya qilish va rivojlantirish masalasi hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu sohalarning rivoji o‘z navbatida fuqarolik-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar va ularning ishtirokchilari doirasining kengayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish va bu boradagi qonunchilik normalarini yanada takomillashtirib borishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi
«Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlantirishni ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida1«gi farmoni mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
2017-yil 10-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning ma’suliyatini kuchaytirish





1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2016. – № 40. – 467-м.
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi1 farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonda jamiyatda, barqarorlik, tinchlik va osayishtalikni qaror toptirish, inson huquqlari va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, mamlakat- ni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholi faravonligini yanada yuksaltirishning ustuvor vazifilari belgilab berildi. Farmonning sakkizin- chi bandida ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyor- lash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda yanada takomillashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va bu boradagi kamchiliklarni bartaraf qilish asosiy vazifa qilib olingan bo‘lsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida yosh avlodni Vatanga sadoqatli komil inson qilib tarbiyalashda ta’lim sohasining roli beqiyos ekanligini hisobga olib ta’lim tizimini rivojlan- tirib borishga alohida e’tibor qaratildi.
Ushbu vazifalardan ko‘zlangan maqsadlardan kelib chiqib, «Fuqaro- lik huquqi fanlari» kafedrasi professor-o‘qituvchilari hammualliflik asosida Akademiyada tahsil olayotgan tinglovchi va kursantlarni o‘qitish uchun oxirgi yillarda qabul qilingan qonunlar asosida, Fuqarolik kodek- siga kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda mazkur «Fuqarolik va oila huquqi» darsligini yozib tayyorladilar.
Ushbu darslik Akademiyaning o‘quv rejasi asosida yozildi. Uni tayyorlashda mualliflar jamoasi mamlakatimizda davlat ta’lim standart- lariga qo‘yilgan talablardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, fuqarolik kodeksi, amaldagi qonunlar, normativ hujjat- lar, xalqaro huquqiy manbalar, ilmiy adabiyotlar va sud amaliyoti materiallaridan unumli foydalanishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi «Fuqarolik huquqi fanlari» kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan hammualliflik asosida tayyorlangan «Fuqarolik va oila huquqi» darsligi, asosan, IIV Akademiyasida ta’lim olayotgan tinglovchi va kursantlarni o‘qitish uchun fan dasturi asosida tayyorlangan. Ushbu daslikda «Fuqarolik huquqi» fanining tushunchasi, tizimi, prinsiplari va manbalari, fuqarolik huquqining subyektlari va obyektlari, bitimlar, vakillik, ishonchnoma, fuqarlik huquqida muddatlar, mulk huquqi va ashyoviy huquqlar, mulk huquqini himoya qilish, majburiyat huquqi, shartnoma to‘g‘risida





1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2017. – № 15. – 243-м.
umumiy qoidalar, oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va mulk ijarasi shart- nomalari, ichki ishlar organlari huzuridagi «Qo‘riqlash» bo‘linmalari tomonidan tashkilotlar hamda fuqarolarning mulklarini qo‘riqlash shart- nomasi, qarz, kredit va sug‘urta shartnomalari, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, intellektual mulk, mualliflik huquqi, vorislik huquqi hamda oila huquqi tushunchasi, ahamiyati va tizimi, prinsiplari va manbalari, oila a’zolarining huquq va majburiyatlari, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik kabi masalalari atroflicha yoritilgan.
Mualliflar jamoasi tomonidan yozib tayyorlangan mazkur darslik nafaqat IIV Akademiyasida ta’lim olayotgan tinglovchi va kursantlarga, balki oliy yuridik ta’lim muassasalarining talabalariga, tadbirkorlik faoliyati va ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga, huquq tartibot idoralari xodimlariga muhim qo‘llanma sifatida xizmat qilishi mumkin.


E.Egamberdiyev, IIV Akademiyasining fuqarolik huquqi fanlari kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori.



1-BO‘LIM. FUQAROLIK HUQUQI

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin