Fuqarolik kodeksining 1-moddasida fuqarolik qonun hujjatlarining asosiy negizlari belgilab qo‘yilgan. Asosiy negizlar yoki boshqacha aytgan- da, fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari bu barcha fuqarolik qonun hujjatlari mazmuniga singdirilgan rahbariy, asosiy qoidalar hisoblanadi. Ushbu asosiy tamoyillar fuqarolik qonun hujjatlarini ishlab chiqishda, huquqni qo‘llash amaliyotida, xususan, sud amaliyotida o‘ziga xos yo‘nal- tiruvchi ta’sir kuchiga ega. Odatda, umumiy qoida bo‘yicha fuqarolik- huquqiy normalar uning asosiy tamoyillari mazmuniga zid bo‘lmasligi lo- zim. Muayyan ijtimoiy munosabatlar bo‘yicha fuqarolik qonun hujjatlari sohasida bo‘shliqlar bo‘lgan taqdirda muammolar fuqarolik huquqi tamoyillari asosida hal qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolik huquqi tamoyillari tizimiga quyidagilar kiradi:
fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabat- lar ishtirokchilarining tengligi tamoyili. Ushbu tamoyil nafaqat FK 1-moddasida, balki muayyan ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida ham o‘z ifodasini topgan. Fuqarolik- huquqiy munosabat ishtirokchilari kimligidan, qanday ijtimoiy-siyosiy maqomga ega bo‘lishidan qat’i nazar o‘zlari ishtirok etayotgan fuqarolik- huquqiy munosabatlarda bir birlariga nisbatan teng huquqqa egadirlar. Albatta, fuqarolarning huquq layoqati mazmuni, huquq va muomala layoqatining cheklanish asoslari, yuridik shaxslarning huquq layoqati mazmuni, davlatning fuqarolik huquqiy maqomi, qonunlarda belgilab qo‘yilgan o‘ziga xosliklarga ega. Biroq, bu o‘ziga xosliklar ularni fuqarolik huquqiy munosabatlardagi ishtiroki tengligini istisno etmaydi.
mulk daxlsizligi tamoyili. Ushbu tamoyil mazmuni Konstitutsiya- mizning 53-moddasi, FKning 166-moddasida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra mulk daxlsizdir va u qonun bilan qo‘riqlanadi. Mulkdor bo‘lmagan barcha shaxslar mulkdorning huquqini hurmat qilishlari va unga rioya qilishlari lozim. Mulkdorning mol-mulkini olib qo‘yishga, shuningdek, uning huquqlarini cheklashga faqat qonunlarda nazarda tutilgan hollarda- gina yo‘l qo‘yiladi.
shartnomalar erkinligi tamoyili. Ushbu tamoyilning mazmuni FK 354-moddada belgilab qo‘yilgan. Fuqarolik huquqi subyektlari o‘z man- faatlarini turli shartnomalar orqali ro‘yobga chiqaradilar. Masalan, oldi- sotdi, haq evaziga xizmat ko‘rsatish, hadya va h.k. Qonunda fuqarolik huquqi subyektlarining shartnoma tuzishda erkinligi belgilab qo‘yilgan. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shartnoma tuzish burchi Fuqarolik kodeksida, boshqa qonunlarda yoki ushbu subyektning o‘zi tomonidan olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomalarni ham tuzishlari mumkin.
xususiy ishlarga biron-bir kishini o‘zboshimchalik bilan arala- shishiga yo‘l qo‘yilmasligi tamoyili. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda har bir subyekt o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xususiy masalalarni shaxsan o‘zi o‘z erki irodasi bilan hal etishga haqli. Bir subyekt boshqa bir subyektning ishlariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘yil- maydi. Masalan, o‘zboshimchalik bilan shartnoma tuzishga majbur qilish, o‘zboshimchalik bilan shartnomani bekor qilishga majbur qilish, o‘zboshim- chalik bilan biron faoliyat bilan shug‘ullanishga majbur qilish, ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishni taqiqlash va h.k. O‘zboshimchalik bilan xususiy ishlarga aralashgan taqdirda qonunda belgilangan oqibatlar vujudga keladi. Masalan, aldash, qo‘rqitish ta’sirida tuzilgan bitim haqiqiy emas deb topiladi. Ayni paytda shuni unutmaslik lozimki, qonunda xususiy ishlarga qonuniy aralashish ham belgilab qo‘yilgan. Masalan, muomalaga layoqat- siz shaxs nomidan uning vasiyi vakillik qilishi, voyaga yetmagan bolalar- ga ota-onalarining qonuniy vakillik qilishi, tadbirkorlik faoliyati subyekt- lari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi idoralarning vakolatlari va h.k.
Xususiy ishlarga o‘zboshimchalik bilan aralashishga yo‘l quyilmas- ligi tamoyili fuqarolik huquqining xususiy huquq sifatidagi mohiyatidan kelib chiqadi. Bu tamoyil, eng avvalo, ommaviy hokimiyat va uning organlariga qaratilgan bo‘lib, bozor munosabatlari tizimida mulkiy munosabatlar qatnashchilari, tovar egalarining xususiy ishlariga, shu jumladan, xo‘jalik ishlariga aralashishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24- dekabrdagi «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti- ning 1998-yil 19-noyabrdagi «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarini tekshi- rishini tashkil qilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi farmonida ushbu
tamoyilni amalga oshirish kafolatlari belgilab qo‘yilgan. Shaxsiy no- mulkiy munosabatlar sohasida ushbu tamoyil erkinlik va shaxsiy daxl- sizlik huquqi, shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va turar joy daxlsizligi to‘g‘risidagi normalarda (Konstitutsiyaning 25, 27-moddasi) yanada aniq o‘z ifodasini topgan.
FKning qator normalarida ommaviy hokimiyat organlarining xususiy ishlarga o‘zboshimchalik bilan aralashmasligi uchun preventiv normalar belgilab qo‘yilgan. Masalan, sud davlat organining hujjatini haqiqiy emas deb topish, davlat organining qonunga zid hujjatini sudning qo‘llamasli- gi, davlat organlari tomonidan yetkazilgan zararning undirilishi bo‘yicha normalar (FK 11, 15-moddasi) shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |