Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə7/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Fuqarolik huquqi tizimi


Fuqarolik huquqi o‘quv fani, huquq tarmog‘i sifatida o‘zining muayyan tizimiga ega. Bunda tizim muayyan tarkibiy qismlardan, normalar majmuidan iborat bo‘ladi. Fuqarolik huquqi tizimi tarkibiy qismlari o‘rtasida muayyan uzviy bog‘lanish, ketma-ketlik, tartib mavjud. Bunday uzviy bog‘lanish tasodifiylik xarakteriga ega emas, balki biri muqarrar ravishda ikkinchisini keltirib chiqaruvchi, ikkinchisi shartligini, mavjudligini taqozo etuvchi uzviy bog‘lanish hisoblanadi.
Fuqarolik huquqi o‘quv fani tizimi ham Fuqarolik kodeksi tizimi kabi qismlarga bo‘lingan. Fuqarolik huquqining birinchi qismida umumiy qoidalar, ya’ni fuqarolik huquqining tamoyillari, fuqarolik huquqiy munosabat doirasi, ularning vujudga kelish, amalga oshirish, himoya qilish usullari, fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilari (subyektlari) huquqiy maqomi, fuqarolik huquqi obyektlari huquqiy rejimi, muddatlar, da’vo muddatlari to‘g‘risidagi asosiy qoidalar va kategoriyalarni, shuningdek, fuqarolik huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladigan boshqa umumiy qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismi ba’zi hollarda maxsus qism deb ham yuritilishi qabul qilingan. Fuqarolik huquqi o‘quv fanida ham bunday tabaqalanish qo‘llaniladi. Ba’zi adabiyotlarda fuqarolik huquqi- ning ikkinchi qismini fuqarolik huquqining kichik tarmoqlariga, kichik sohalariga ham bo‘lish qabul qilingan. Kichik sohalar bu bir turdagi munosabatlar majmuini tartibga soluvchi o‘zining umumiy qoidalariga ega bo‘lgan normalar va kategoriyalarning muayyan guruhi bo‘lib hisob- lanadi. Fuqarolik kodeksi tizimidan kelib chiqqan holda fuqarolik huqu- qida quyidagi beshta kichik tarmoqlar – sohalar mavjudligi e’tirof etiladi:

  1. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar. Mazmunan olganda mulk huquqi ashyoviy huquqlar tizimiga kirishini e’tiborga olib, ba’zi maxsus adabiyotlarda ushbu kichik soha ashyoviy huquq deb ham ataladi. Ushbu kichik soha moddiy obyektlar, mulkiy huquqlarning muayyan shaxslarga tegishliligini, mansubligini va ularni amalga oshirish tartibi, asoslarini yuridik rasmiylashtiradi.

  2. Majburiyat huquqi. Ma’lumki, fuqarolik huquqiy munosabatlarda taraflar bir-birlariga nisbatan huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar va bir tarafning huquqni amalga oshirish ikkinchi tarafning majburiyatni bajarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Agarda mulk huquqi o‘ziga xos turg‘un, statik holat bo‘lsa, majburiyat huquqi dinamik, faol jarayondir. Ushbu

jarayon orqali taraflar fuqarolik huquqiy munosabatga kirishishdan o‘zlari umid qilgan manfaatga erishadilar. Majburiyat huquqi o‘z navba- tida shartnoma majburiyatlari, delikt majburiyatlari va kondikt majbu- riyatlari institutlariga bo‘linadi. Ularning uchchalasi uchun ham yagona, umumiy bo‘lgan qoidalar mavjud. Shartnoma majburiyatlari shartnoma- lar asosida, delikt majburiyatlari bir subyektning ikkinchi subyektga zarar yetkazishi, yetkazgan zararni to‘lash asosida, kondikt majburiyatlar esa, bir subyektning ikkinchi subyekt mol-mulki yoki mulkiy huquqlarini asossiz ravishda qo‘lga kiritishdan, boyishdan kelib chiqadi.
v) Intellektual mulk huquqi. Intellektual mulk huquqi ijodiy faoliyat natijalari va ularga tenglashtirilgan vositalar, ya’ni fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish (individual- lashtirish) vositalariga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi, amal qilishi, bekor bo‘lishi va huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha munosabat- larni tartibga soluvchi fuqarolik huquqiy me’yorlar majmui.

  1. Vafot etgan fuqaroning mol-mulkiga, boshqa mulkiy huquqlariga, shuningdek, majburiyatlarini boshqa shaxslarga (vasiyat, qonun bo‘yicha uning merosxo‘rlariga yoxud qonunda belgilab qo‘yilgan boshqa subyekt- larga) o‘tishini tartibga soluvchi fuqarolik huquqi normalari tizimidan iborat bo‘lgan vorislik huquqi.

Fuqarolik huquqi o‘quv fani tizimida kichik tarmoqlar, kichik soha- lar o‘z navbatida huquq institutlariga bo‘linadi. Huquq instituti deganda muayyan turdagi bir-biri bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga soluvchi normalar yig‘indisi tushuniladi. Har bir kichik soha o‘z navbatida huquq institutlariga bo‘linadi. Masalan, intellektual mulk huquqi patent huquqi, mualliflik huquqi, turdosh huquqlar institutlariga va boshqa institutlarga bo‘linadi. Majburiyat huquqi instituti majburiyatlarni alohida turlarga masalan, oldi-sotdi, ijara, pudrat, haq evaziga xizmat ko‘rsatish va shu kabilarga bo‘ladi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar kichik sohasi o‘z navbatida xususiy mulk huquqi, ommaviy mulk huquqi, cheklangan ashyoviy huquqlar tizimi, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilishning ashyoviy huquqiy usullari kabi institutlarga bo‘linadi. Mantiqan olganda, fuqarolik huquqi institutlari ham muayyan tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Ushbu tarkibiy qismlar subinstitutlar, kichik institutlar deb nomlanadi. Kichik insitutlar doirasi- dagi huquqiy munosabatlar ham bir xilligi va uzviy bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Bu esa ularni kichik institut doirasida maqsadli va aniq
huquqiy tartibga solish imkonini beradi. Masalan, shartnomaviy majburiyat institutlari ularning alohida turlari bo‘yicha quyidagi subinsitutlarga bo‘li- nishi mumkin: oldi-sotdi – umumiy qoidalar, chakana oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, korxonani sotish, ko‘chmas mulkni sotish va h.k.;
Ijara shartnomasi instituti esa quyidagi kichik insitutlarga bo‘linadi: umumiy qoidalar, prokat, lizing, korxonalar ijarasi, turar joy ijarasi va h.k.
Ayni paytda kvazinstitutlar kategoriyasi ham mavjud. Bunda muay- yan fuqarolik huquqiy normalar majmui bir xilligi nuqtayi nazaridan tartibga soluvchi munosabatlarni mohiyatan bir xilligi nuqtayi nazaridan muayyan normalar guruhi bilan tartibga solinishi mumkin. Biroq, u institut sifatida e’tirof etilmagan. Bu holda bunday normalar guruhi kvazinstitut, ya’ni institutga o‘xshash huquqiy tuzilma hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Fuqarolik kodeksining xalqaro xususiy huquq normalarining fuqarolik-huquqiy munosabatlarga tatbiq qilish deb nomlanuvchi oltinchi bo‘limi milliy huquq tizimida alohida huquq tarmog‘i hisoblanadi.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin