Respublikasi ichki


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə10/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar:


      1. Xususiy va ommaviy huquq o‘rtasidagi nisbatni fuqarolik huquqi misolida tushuntirib bering. Aynan qanday xususiyatlari bilan fuqarolik huquqi xususiy huquq tizimiga mansub sanaladi?

      2. Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar- ning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bering.

      3. Reklama agentligi jismoniy va yuridik shaxslardan reklama buyurtmalarini qabul qilish uchun ommaviy oferta e’lon qildi. Bu e’longa asosan «Baraka» MCHJ va xususiy tadbirkor Akramov agentlikka o‘zlari- ning turdosh mahsulotlarini reklama qilish uchun murojaat qildi. Agentlik

«Baraka» MCHJdan ko‘p foyda kelishini hisobga olib, xususiy tadbirkor Akramov bilan shartnoma tuzishni rad etdi.
Agentlikning harakatlari qonuniy asosga egami? Fuqarolik huquqida taraflarning tengligi deganda nimani tushunasiz?

      1. Fuqaro Aliyev o‘zining yer uchastkasida yetishtirgan qo‘ziqorin mahsulotini sotish uchun «Yerqo‘rg‘on» bozoriga olib keladi. Shu hududda aholi o‘rtasida qo‘ziqorindan zaharlanish hodisasi ro‘y berganligi sababli sanitariya epidemiologiya markazi xodimlari insonlarni hayoti va sog‘lig‘i- ni himoya qilish maqsadida bu mahsulotni sotishni taqiqladi. Fuqaro Aliyev o‘z mahsulotlarini respublika hududida erkin sotish huquqi borligini vaj qilib sudga murojaat qildi.

Fuqaro Aliyevning e’tirozi qonuniy asosga egami? Tovarlarning erkin harakatda bo‘lishi tamoyilining mohiyati nima?

      1. Ma’lumki huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi manbalar doirasi turli huquq oilalari tizimida turlicha xarakterga ega. Sizningcha, fuqarolik huquqining manbalari qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?

      2. Sud amaliyoti mamlakatimizda sudlar tomonidan ishlarni ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik qonun hujjatlari va sud amaliyoti o‘rtasidagi nisbatga baho bering. Qanday doiradagi normativ hujjatlar fuqarolik qonun hujjatlari hisoblanadi?

      3. Da’vogar X.X.Alimov javobgar YU.S.Maxmudova ustidan sudga murojaat etib, 2008-yil 3-iyun kunidagi hadya shartnomasiga asosan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Muqimiy ko‘chasi, 27-uy unga tegishli ekanligini, hozirgi kunda javobgar YU.S.Maxmudova nizoli uyda doimiy ro‘yxatda tursa-da, lekin 2012-yilning 12-dekabr kunidan buyon yashamasligini, da’vogar esa javobgar uchun ham kommunal to‘lovlarni to‘lash og‘irlik qilayotganligini, shu sababli sudga mazkur da’vo arizasi bilan murojaat qilishga majbur bo‘lganligini, bu kabi ishlar bundan oldin fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida ko‘rilganligini ta’kidlab, mazkur sudning hal qiluv qarorini na’muna qilib, yuqoridagilarni inobatga olgan holda suddan javobgarni nizoli xonadondan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topishini so‘ragan.

Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering? Bir sudning qarori O‘zbekiston hududida ikkinchisi uchun manba bo‘ladimi? Sud pretsedenti manba bo‘ladigan davlatlar qaysi huquq tizimiga mansub?

      1. Rassom Azizov bilan rasmlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Aliyev Azizovning o‘zi chizgan rasmlarini yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzadi. Dastlab Azizov o‘zi chizgan rasmlarni yetkazib beradi. Keyinchalik bu rasmlar bilan birga shogirdlari chizgan rasmlarni ham o‘tkaza boshlaydi. Bundan xabar topgan xaridorlar tadbir- kordan rasm xarid qilmay qo‘yishadi. Bu Aliyevga zarar yetkazadi. Aliyev zararni undirishni talab qiladi. Azizov shartnomada rasmlar savdosi haqidagi ma’lumot borligini va u shartnomani adolatli, oqilonalik tamoyillariga amal qilgan holda bajarganini bildiradi.

Azizovning talabi to‘g‘rimi? Huquq o‘xshashligi nima, uning qonun o‘xshashligidan farqini ayting.




        1. Yüklə 5,47 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin