Respublikasi ichki


DAVLAT fuqarolik huquqining subyekti sifatida



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə18/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

DAVLAT fuqarolik huquqining subyekti sifatida


Davlat jamiyat hayotining barcha sohalarida eng muhim ahamiyatga ega «subyekt» hisoblanadi. Davlatning ushbu maqomi iqtisodiy munosabat- larda yaqqol ajralib turadi. Zero, iqtisodiy munosabatlarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishida davlat ishtiroki bevosita xalq man- faatlarini amalga oshirishga qaratilgan bo‘ladi. Bunda esa, davlat ana shu
manfaatlarning himoyachisi sifatida ularni to‘g‘ri va maqbul amalga oshirilishini ta’minlab beradi. Iqtisodiy sohada davlatning xalq manfaat- larini ifoda etishi bilan bog‘liq munosabatlar asosan fuqarolik huquqi bilan tartibga solinishini nazarda tutib, hozirgi sharoitda davlatning fuqaro- lik huquqiy maqomini aniqlash, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash, xalq manfaat- larini ifoda etishning iqtisodiy va huquqiy asosi hisoblangan davlat mulkini himoya qilish va uni amalga oshirishning samarali usul va vosi- talarini vujudga keltirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
FKning 2-moddasiga ko‘ra davlat ham fuqarolar va yuridik shaxslar kabi fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar- ning ishtirokchisidir.
Darhaqiqat, bozor munosabatlari sharoitida davlatning iqtisodiy munosabatlardagi o‘rni va fuqarolik-huquqiy munosabatlaridagi maqomi tubdan o‘zgardi. Endilikda davlat fuqarolik huquqining boshqa subyekt- lari kabi huquqiy munosabatlarda teng asoslarda ishtirok eta boshladi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda hokimiyat sohibi sifatidagi davlat ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu davlatning o‘zi bevosita ishtirok etadigan munosabat doirasini o‘zi belgilashidir. Demak, davlat o‘zining qaysi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishini o‘zi belgilay oladi. Zarur paytda esa, davlat o‘z qarorlari bilan o‘z ishtirokini ta’minlaydi. Masalan, davlat, xalq va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab g‘alla ekinlari faqat davlatga sotilishini belgilab qo‘yishi mumkin.
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki uning suverenitet sohibi ekanligidan kelib chiqadi.
Davlat suverenitet sohibi sifatida yagona va bo‘linmasdir. Shunga binoan davlat fuqarolik-huquqiy munosabatda yakka va yagona subyekt (fuqarolar va yuridik shaxslar kabi ko‘p va turli xil emas) deb qaraladi. Zero, davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida boshqa subyektlar bilan o‘zaro huquqiy aloqalarga kirishar ekan, bunda u o‘ziga tegishli bo‘lgan imtiyozlar: hokimiyat vakolati, hukmronlik va boshqarish faoliyati, ustunlik maqomidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlan- ganidek, bu fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat suverenitet sohibi sifatida yagona va bo‘linmas subyekt hisoblanadi. Binobarin, bitta alohida olingan hududda ikkita suverenitet sohibi bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat – oliy hokimiyat, suverenitet sohibi bo‘lganligi tufayli fuqaro- lik-huquqiy munosabat subyekti sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabat subyekti sifatida o‘ziga xos quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti sifatida fuqarolik huquqi subyektlari amal qiladigan qonunlarni o‘zi belgilaydi.

Fuqarolik huquqining boshqa subyektlari barcha subyektlar amal qiluvchi qonun qabul qilish vakolatiga ega emas. Qonun qabul qilish faqatgina davlat va uning organlari tomonidan amalga oshiriladi va ijro etilishi ta’minlanadi;

  1. davlat organlari fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi bo‘ladigan hujjatlar chiqarishi mumkin (FK 8-modda 2-band).

Umumiy qoidaga ko‘ra, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda har bir subyekt o‘zining nomidan harakat qilishi lozim. Bu qoida fuqarolarga (fuqarolik muomala layoqati) ham, yuridik shaxslarga (yuridik shaxs- larning huquqiy belgilaridan biri – bu fuqarolik-huquqiy munosabatlarda o‘z nomidan ishtirok etishi) ham taalluqlidir. Davlat ham fuqarolik muomalasida o‘z nomidan qatnashadi. «Davlat» tushunchasi mavhum hisoblanganligi uchun ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat nomidan uning organlari ishtirok etishi zarur. Chunki keyinchalik yuzaga keladigan majburiyatlarga nisbatan javobgarlikni belgilashda bu holat muhim hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 5-bobi «Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi sifatida» deb nomlanadi. FKning 79-moddasida davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boshqa ishtirokchilar bilan teng asoslarda ishtirok etishi, bu munosabatlarda davlat nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar qatnashishi hamda davlat o‘zining fuqaro- lik-huquqiy majburiyatlari bo‘yicha o‘z mulki bo‘lgan mablag‘lari bilan javob berishi belgilab qo‘yilgan. FKning 80-moddasida esa davlat tomoni- dan tuzilgan yuridik shaxs davlatning majburiyatlari bo‘yicha javob bermasligi (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari), davlat o‘zi tuzgan yuridik shaxsning majburiyatlari bo‘yicha ham javobgar bo‘lmas- ligi nazarda tutilgan. Shuningdek, ushbu moddaning qoidalarida davlat tuzgan shartnoma asosida yuridik shaxsning majburiyatlari bo‘yicha o‘z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) yoki mazkur yuridik shaxs davlatning majburiyatlari bo‘yicha o‘z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli emasligi mustahkamlab qo‘yilgan.

    1. Yüklə 5,47 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin