3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Murakkab ashyolar. Agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi bo‘yicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo, ya’ni murakkab ashyo hisoblanadi. Murakkab ashyo xususida tuzilgan bitim, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, uning tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘ladi.
Hosilvadaromadberadiganashyolartufayli hosil va daromad- lardan foydalanish va ularni tasarruf etish to‘g‘risidagi ishni hal etish masalasi qo‘yilishi mumkin. Ashyoning hosil va daromadlari to‘g‘risida Fuqarolik kodeksining ba’zi moddalarida ko‘rsatma beriladi. Jumladan, FKning 230-moddasida mulkni birovning qonunsiz egallashidan talab qilib olishda daromad va xarajatlarning to‘lanishi aytiladi.
Ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonunda yoki shart- nomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, ashyo egasiga tegishlidir.
Jonli va jonsiz ashyolar. Bunday ashyolar o‘zida tiriklik alomatlari mavjudligi nuqtai nazaridan farqlanadi. Fuqarolik muomalasida jonli zotlar
– kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo‘lgan organizmlar – sut emizuvchi- lar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, quruqlikda ham, suvda ham yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyatsiyalari ashyo sifatida namoyon bo‘ladi.
Qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, mol-mulk to‘g‘risidagi umumiy qoidalar hayvonlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Masalan, FKning 169-moddasida nazarda tutilgan mulk huquqi obyektlari tarkibiga hayvonlar ham kiritilgan.
Huquqlarni amalga oshirish chog‘ida hayvonlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ularga nisbatan mulkiy huquqlar bilan bog‘liq barcha qoidalar qo‘lla- niladi. Hayvonlar bilan bog‘liq ko‘plab shartnomalar tuziladi. Odatda, eng ko‘p tuziladigan shartnoma bu oldi-sotdi shartnomasi hisoblanadi. Xonakilashtirilgan hayvonlardan tashqari, barcha hayvonot dunyosi ommaviy mulk sanaladi va u davlat muhofazasida bo‘ladi.
Umumiy qoidaga ko‘ra fuqarolik huquqining obyektlarini ikki turga:
moddiyvanomoddiyne’matlargabo‘lish mumkin.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning moddiy obyekti sifatida ko‘ringan mulk tushunchasi to‘g‘risida to‘xtalib, shuni aytish kerakki, ba’zi hollarda ashyo, narsalar mulk deb atalsa ham, mol-mulk atamasi- ning ma’nosi birmuncha keng bo‘lishini bilamiz.
Mol-mulk muayyan shaxsga (fuqaro yoki yuridik shaxsga) egalik huquqi bilan tegishli ayrim ashyolar yoki ashyolarning yig‘indisidir. Demak, mol-mulk bu munosabatdir (bu haqida mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar mavzusida yanada batafsil to‘xtaymiz).
FKning 83-moddasida mol-mulk turlari ko‘rsatilgan. Unga asosan mol-mulk ko‘chmas va ko‘char mulkka bo‘linadi.
Qonunchilikdagi o‘zgarishlarga ko‘ra, ko‘chmas mulklarning doirasi kengaytirilib, ular jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan bosh- qa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazma- gan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar kiritildi.
Ko‘chmas mol-mulk bilan bog‘liq huquqlarni olish yoki begona- lashtirish FKning 84-moddasida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. FKning 83-moddasi 3-qismida qonunda boshqa mol-mulk ham ko‘chmas mol-mulk qatoriga kiritilishi mumkinligi belgilangan. Ta’kidlanganidek, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq asosiy xususiyat shundaki, u yer bilan bog‘liq bo‘lib, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish natijasida o‘z xususiyatini yo‘qotadi.
Moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar (ashyolar) bilan bir qatorda no- moddiy ne’matlar ham fuqarolik huquqining obyekti hisoblanadi. Fuqaroga tug‘ilganidan boshlab yoki qonun bo‘yicha tegishli bo‘lgan shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchan-
lik obro‘si, xususiy va oilaviy siri, nomga bo‘lgan huquqi, tasvirga bo‘lgan huquqi, mualliflik huquqi va boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlari nomoddiy ne’matlar hisoblanadi. Ular shaxsdan begonalashtirilishi yoki boshqa birovga o‘tkazilishi (berilishi) mumkin emas. Ayni vaqtda qonunlarda nazarda tutilgan hollar va tartibda marhumga tegishli bo‘lgan shaxsiy-nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar boshqa shaxslar, shu jumladan, huquq egasining merosxo‘rlari tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkin.
Nomoddiy ne’matlar – qonun tomonidan tan olinadigan, muhofaza qilinadigan moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan hamda egasi (sohibi)ning shaxsidan ajratish mumkin bo‘lmagan ne’matlardir.
Nomoddiyne’matlarningquyidagiturlarimavjud:
intellektual faoliyat natijalari;
xizmat va tijorat siri;
shaxsiy nomulkiy huquqlar.
Nomoddiy ne’matlarning bir qismi, ya’ni intellektual faoliyat natija- lari, xizmat va tijorat siri iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, tovar shakliga kiradi va mulkiy muomalada mutlaq huquq obyektlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Shaxsiy nomulkiy huquqlar esa fuqarolik muomalasida o‘ziga xos tarzda, tovar shakliga kirmagan va iqtisodiy mazmunga ega bo‘lmagan holda namoyon bo‘ladi.
Nomoddiy ne’matlarning fuqarolik huquqi obyekti sifatidagi xususiyati shundaki, bunda birinchidan, buzilgan nomoddiy huquq mazmunidan, ikkinchidan, bunday buzilish oqibatlari xarakteridan kelib chiqqan holda fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullaridan foydalanadi.
Nomoddiy ne’matga nisbatan huquqlarni himoya qilishda ko‘p hollarda sud huquqni qayta tiklash yoki huquqbuzarliklarni to‘xtatishni ta’minlovchi choralar ko‘radi. Nomoddiy ne’matlar orasida shaxsning (yuridik shaxsning ham) sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si alohida o‘rinni egallaydi. Ayni vaqtda nomoddiy ne’matlar shaxsiy huquqlar nomi bilan yuritiluvchi o‘ziga xos huquqlar majmuini ham o‘z ichiga oladi (masalan, nomga, yashash joyini tanlashga, yozishmalar daxlsizligi, ya’ni sir saqlanishiga bo‘lgan huquq kabilar).