Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə23/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Fidustiar bitimlar. Bunday bitimlar o‘zaro ishonchga asoslanadi. Topshiriq, vositachilik, mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berish kabi bitimlar tomonlarning shaxsiy ishonchi bilan bog‘liqdir.
Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar. Huquq subyektlari o‘rtasida tuziladigan bitimlar muayyan muddatlarda ijro etiladi va bekor bo‘ladi. Agar bitimda huquq va majburiyatlarning vujudga kelishi yoki bekor bo‘lishi vaqti ko‘rsatilgan bo‘lsa, bitimlar muddatli hisoblanadi.



1 «Konsensual» сўзи лотинча «consensus» сўзидан олинган бўлиб,
«келишув» маъносини билдиради.
2 «Real» сўзи лотинча «res» сўзидан олинган бўлиб, «ашё» маъносини билдиради.
Bitimlarda muddatlar quyidagicha:

  1. ma’lum kun, oy, yil bilan (masalan, 2015-yil 15-sentabr);

  2. ma’lum vaqtning o‘tishi bilan (masalan, bir yarim yildan keyin o‘tishini ko‘rsatish);

v) ma’lum bir voqea yuz berishi (masalan, daryo orqali yuk tashishmuz erishi) bilan belgilanadi.
Agar bitimda uning ijro etilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday bitim muddatsiz hisoblanadi.
Huquq va majburiyatlarning kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan holatning yuz berishi yoki bermasligi hisobga olingan holda tuzilgan bitimlar shartli bitimlar deyiladi.
Shartli bitim deb, taraflar o‘rtasida tuziladigan bitimning amalga oshirilishi yoki bekor bo‘lishi, biror-bir shartga bog‘lab qo‘yilishiga aytiladi. Shartli bitimlar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:

  1. sharti kechiktirilgan;

  2. bekor bo‘lish sharti bilan tuzilgan bitimlar.

Agar taraflar huquq va burchlarning kelib chiqishining yuz berishi yoki bermasligi noma’lum bo‘lgan holatga bog‘liq qilib qo‘ysalar, bitim sharti kechiktirish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi.
Agar tarafning huquq va burchlari bekor bo‘lishining yuz berishi yoki bermasligi noma’lum holatga bog‘liq qilib qo‘ysalar, bunday bitim bekor bo‘lish sharti bilan tuzilgan bitim sanaladi.
Bitim shakli – erkni bayon etish usulidan iborat. Erk og‘zaki, yozma va boshqa usullarda bayon etilishi mumkin. Shunga ko‘ra, bitim ham tegishli shakllardan iborat. Bitimning shakli uni haqiqiy deb hisoblash (FK 354, 366-m.), taraflar o‘rtasida nizo kelib chiqqan taqdirda, ularning huquq va burchlarini isbotlash uchun yuridik ahamiyatga ega.
Jeton, patta, yoki odatda, qabul qilingan boshqa belgi berish bilan tasdiqlangan bitim, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, og‘zaki shaklda tuzilgan bitim hisoblanadi. Yozma shaklda tuzilgan shartnoma bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo‘lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og‘zaki tuzilishi mumkin.
Qonunda indamasdan, sukut saqlash orqali ham bitim tuzilishi mumkinligi nazarda tutiladi. Bu holda xalqimizning qadimdan mavjud
«sukut – rozilik alomati» qoidasi amal qiladi.
Yozma shaklda tuziladigan bitimlar ikki turga:

  1. oddiy yozma;

  2. notarial idoralarda, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hol- larda, boshqa organlarda tasdiqlanadigan bitimlarga bo‘linadi.

Oddiy yozma bitim bitimning shartlarini o‘z ichiga olgan va taraflar (yoki bir taraf) tomonidan imzolangan hujjatga aytiladi. Bitimlar quyida- gi hollarda oddiy yozma shaklda tuziladi:

  1. yuridik shaxslarning o‘zaro va fuqarolar bilan tuziladigan bitim- lari (chunki yuridik shaxslar mavzusida aytganimizdek, yuridik shaxslar- ning mulki va mablag‘lari uning balansida aks ettirilishi kerak;

  2. fuqarolar o‘rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa bitim summasidan qat’i nazar boshqa bitimlar.

Tashkilotlar tomonidan tuziladigan yozma bitimlarda mazkur tashkilot rahbarining imzosi va muhri bo‘lishi lozim.
Bitimlar haqiqiy sanalishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi talab etiladi:
birinchidan, bitimlarning mazmuni qonunga va qonun asosida chiqarilgan aktlarga, umuminsoniy qoidalarga muvofiq bo‘lishi;
ikkinchidan, bitimlarni tuzuvchi shaxslar muomala layoqatiga ega bo‘lishi;
uchinchidan, bitimlar ko‘rinish uchungina tuzilmay, balki chindan ham yuridik oqibat tug‘dirish maqsadida tuzilgan bo‘lishi;
to‘rtinchidan, notarial guvohlantirishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bitimlar haqiqiy sanalmasligi xavfi ostida qonun bilan talab qilingan shaklda rasmiylashtirilishi kerak.
Mutlaq haqiqiy sanalmaydigan bitimlar jumlasiga qonun talablariga muvofiq bo‘lmagan (FK 116-modda), O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda tuzilgan (O‘zbekiston Respublikasi JKning 175-moddasi), o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan (FK 117-modda), qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimlar (FK 124-modda) o‘z o‘zidan haqiqiy sanalmaydi.
Nizoli bitimlar jumlasiga o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan (FK 121-modda) yanglishish ta’sirida tuzilgan (FK 122-modda), aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishuvi yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan (FK 123-mod- da), muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan tuzilgan (FK
120-modda), yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan bitimlar (FK 125-modda) kiradi.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin