Respublikasi ichki


O‘z-o‘zidan haqiqiy sanalmaydigan bitim turlari va ularning huquqiy oqibatlari



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə24/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

O‘z-o‘zidan haqiqiy sanalmaydigan bitim turlari va ularning huquqiy oqibatlari


Qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi
bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoxud odob yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim, FKning 116-moddasida ko‘rsatil- ganidek, o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir.
O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof maqsadlarda tuzilgan bitim haqiqiy sanalmaydi. G‘araz, yomon niyat bilan atayin davlat va jamiyat manfaatlariga xilof maqsadlarda tuzilgan bitim qonun- ni jiddiy ravishda buzish, deb qaraladi.
Qalbaki bitim – taraflarning kelishuvi bo‘yicha yuridik oqibatlar tug‘dirmaslik niyati bilan faqat ko‘rinish uchungina tuzilgan bitim bo‘lib, u haqiqiy sanalmaydi (FK 124-m.).
Ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitim deb, boshqa bir bitimni yashirish maqsadida tuzilgan bitimga aytiladi. Agar bitim boshqa bir bitimni yashirish uchun tuzilgan bo‘lsa, bu holda taraflar tomonidan haqiqatda nazarda tutilgan bitimga oid qoidalar qo‘llaniladi. Ko‘zbo‘ya- machilik uchun tuzilgan bitim barcha hollarda haqiqiy sanalmaydi. Bunday bitim bilan yashirilgan bitim qonun talablariga javob berish- bermasligiga qarab yo haqiqiy bo‘ladi yoki haqiqiy emas deb topiladi.
Ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitim ham qalbaki bitim kabi hech qanday huquq va majburiyatlarning kelib chiqishi uchun asos bo‘lmaydi. Bunday bitim tuzish vositasida taraflar aslida boshqa yuridik harakatni, ya’ni bitimni yashiradilar. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi hadya shart- nomasi bilan yashiriladi. Bunday maqsad ko‘p miqdorda pul to‘laganligini oshkor qilmaslikdan iborat. Aholi yashamaydigan binoni ijaraga berish shartnomasini yashirish uchun birgalikda faoliyat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzish uchrab turadi.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi, shuningdek, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzil- gan bitimlar haqiqiy sanalmaydi, taraflarning har qaysisi bitim yuzasidan olgan narsalarining hammasini ikkinchi tarafga qaytarishga majbur, olingan narsani natura baravarida qaytarishi mumkin bo‘lmasa, uning qiymatini pul bilan to‘lashga majbur.
Umumiy qoidaga muvofiq, yashirilgan bitim g‘ayriqonuniy hisoblana- di, chunki u qonuniy ravishda rasmiylashtirilgan emas. Shunday ekan uni yashirgan ko‘z bo‘yash uchun tuzilgan bitimni o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim deyish mumkin. Lekin yashirilgan bitim nizoli bitimlar turkumiga kirishi ham mumkin.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan o‘smirlar qisman muomala layoqatiga ega bo‘lsalarda, bitimlarni ota- onalari, farzandlikka olganlar yoki homiylari roziligi bilan tuzadilar. Spirtli ichimliklarni yoki giyohvand vositalarini suiiste’mol qilish oqibatida muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligisiz tuzilgan bitimni sud haqiqiy emas deb topishi mumkin (FK 120-m.).
Jiddiy yanglishish ta’sirida bo‘lib bitim tuzishda, bunday bitim tuzuvchi shaxs bitimda narsa, xususan, bu narsaning sifati to‘g‘risida, bitim tuzuvchi kontragentning (qarshi tarafning) shaxsi haqida noto‘g‘ri tasavvurda bo‘ladi. Aldash, zo‘rlash, qo‘rqitish ta’siri ostida yoki bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda yoxud fuqaro uchun og‘ir holatlarning yuz berishi oqibatida tuzilgan bitim jabrlanuvchining da’vosi bo‘yicha haqiqiy sanalmasligi mumkin. Aldash ta’siri ostida bitim tuzilishida bitim tuzuvchi ikkinchi tomonni atayin yomon niyat bilan yanglishtiradi. Bu holda aldanuvchi tomon bitimning narsasi yoki uning shartlari to‘g‘risida
noto‘g‘ri tasavvur hosil qiladi.
Qo‘rqitish ta’siri ostida bitim tuzilishida jabrlangan shaxs o‘ziga yoki yaqin kishilariga biror mulkiy yoki shaxsiy zarar yetkazilishidan qo‘rqib, bitim tuzishga majbur bo‘ladi.
Zo‘rlik deyilganda, boshqa shaxsning erki shu shaxsni bitim tuzishga majbur qilish maqsadida uning o‘ziga yoki yaqin kishilariga jismoniy azob yetkazishdan iborat bo‘lgan g‘ayriqonuniy qilmish tushuniladi.
FK 125-moddasiga asosan, yuridik shaxs tomonidan uning ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, nizom, ustavi)da aniq chegaralab qo‘yilgan maqsadlarga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitim uning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin