3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Xususiyvaturgaxosalomatlaribilanbelgilanadiganashyolar.Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo alohida, faqat o‘ziga xos belgisi va sifatigaega ashyodir. Unga o‘zining belgilari bilan boshqa o‘xshash ashyolardan ajralib turadigan narsalar, masalan, ma’lum ko‘cha- dagi, ma’lum sonli uy-joy, o‘zi bir dona bo‘lgan ashyo (jahon birinchi- ligida chempion bo‘lgan ot, ko‘hinur olmosi kabi)lar kiradi. Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqa ashyolardan muayyan usulda belgi qo‘yish yoki muhr bosish, raqam qo‘yish bilan farqlanadi.
«Pul xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyomi yoki turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyomi?» degan savol tug‘iladi.
Bir tomondan qaraganda, pulda muayyan belgi va raqam qo‘yilgani uchun uni xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo deyish mumkin.
Ikkinchi tomondan qaraganda, pul bir turga xos, ya’ni u bitta vazifani – to‘lov ekvivalenti vazifasini bajaradi.
FKning 87-moddasi 2-qismiga ko‘ra, xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydigan ashyolar- dir. Pulni esa boshqasi bilan almashtirish mumkin (masalan, yirik pulni mayda pulga va aksincha). Demak, pul turga xos alomatlari bilan belgila- nadigan ashyodir.
Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar son, og‘irlik va o‘lchov bilan ko‘rsatiladigan narsalar hisoblanadi. Masalan, 100 dona shifer, 100 metr chit, 100 tonna paxta va hokazo. Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo‘ladigan ashyolardir. Shuning uchun ham bunday ashyolarga nisbatan personanon grataning (ya’ni, tur nobud bo‘lmaydi) qoidasi qo‘llaniladi. Fuqaro- lik huquqida ashyolarning xususiy va turga xos alomatlari bilan belgila- nadigan ashyolarga bo‘linishi katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, majburiyat- larni ijro etishda, burchni natura holida bajarilishida bunday bo‘linish- ning o‘rni beqiyos.
Bo‘linadiganvabo‘linmaydiganashyolar.Bo‘lish natijasida har qaysi qismi butunning xossalarini o‘zida saqlab qoladigan, va shu bilan birga, o‘zining xo‘jalik (maqsadli) ahamiyatini yo‘qotmaydigan ashyo – bo‘lina- digan ashyo hisoblanadi. Masalan, bir qop un, bir qop kartoshka, bir bidon paxta yog‘i kabi.
Bo‘linmaydigan ashyolar bo‘lish natijasida qismlari dastlabki ashyo (butun)ning xossalarini yo‘qotadigan, uning xo‘jalik (maqsadli) ahamiyati- ni o‘zgartiradigan ashyo bo‘linmaydigan ashyo hisoblanadi (FK, 88-mod- da). Bo‘linmaydigan ashyolarga shkaf, stol, televizor kabilar kiradi.
Iste’molqilinadiganvaiste’molqilinmaydiganashyolar(FK 89-mod- da). Iste’mol qilinadigan ashyolar bir marta foydalanish natijasida butunlay yo‘qqa chiqadigan yoki jiddiy ravishda o‘zgaradigan narsa (masalan, oziq- ovqat, xom ashyo kabi)lardir.
Iste’mol qilinmaydigan ashyolar birmuncha uzoq vaqt davomida o‘zining sifatini saqlaydigan narsalardir. Bunday ashyolar, odatda, qayta- qayta foydalanishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Qayta-qayta foydalanish davomida iste’mol qilinmaydigan ashyolarning yemirilishi ham (binolar, uskunalar, transport vositalari) asta-sekin kechadi.
Asosiy va mansub ashyolar. Mansub ashyo asosiy ashyoga xizmat qilishga tayinlangan va umumiy xo‘jalik maqsadi jihatidan u bilan bog‘liq
bo‘lgan ashyodir. Masalan, asosiy ashyo qulf bo‘lsa, unga mansub ashyo kalitdir.
Mansub ashyo, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, asosiy ashyoning taqdiriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, asosiy ashyo birovning egaligiga yoki vaqtincha foydalanishiga o‘tsa, mansub ashyo ham u bilan birga o‘tadi. Ammo qonun yoki shartnomada boshqacha hollar ham belgilanishi mumkin, ya’ni asosiy ashyo birovga o‘tkazilganda, mansub ashyoning qoldirilishi to‘g‘risida alohida kelishuv ham bo‘lishi mumkin.
Mansub ashyodan uning tarkibiy qismini ajratish kerak. Ashyodan uni zararlantirmay va qiymatini jiddiy ravishda tushirmay ajratilishi mumkin bo‘lmagan har narsa ashyoning tarkibiy qismi hisoblanadi. Masalan, velosipedning nasosi mansub ashyo bo‘lsa, avtomashinaning radiatori ashyoning tarkibiy qismi hisoblanadi.