Respublikasi ichki


Fuqarolik huquqiga oid muddatlar. Muddatlarni belgilash va hisoblash tartibi



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə28/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Fuqarolik huquqiga oid muddatlar. Muddatlarni belgilash va hisoblash tartibi


Fuqarolik huquqini o‘z vaqtida himoya qilish va uni amalga oshirish vaqt bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Fuqarolik qonunchiligi huquqiy


munosabatni vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki tugatishni, qonun yoki shartnomada ko‘zda tutilgan harakatlarni amalga oshirishni, buzilgan huquqni majburiy tartibda amalga oshirishni vaqt bilan bog‘laydi. Shuning uchun muddat buzilgan fuqarolik huquqini majburiy tartibda himoya qilish va uni amalga oshirish hamda boshqa fuqarolik harakat- larini amalga oshirish uchun qonun yoki shartnomada ko‘rsatilgan vaqt oralig‘idir.
Vaqtni yetib kelishi yoki uni o‘tkazib yuborish ma’lum huquqiy oqibatlarga olib keladi. Shu sababdan vaqt oralig‘i fuqarolik huquqida muddatlar deb nom olgan. Muddat yetib kelishi va uni o‘tib ketishi obyektiv harakatlarga ega bo‘lib, fuqarolik huquqi subyektlarining erkiga bog‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun muddatlar harakat emas, hodisa kategoriyasiga kiradi1.
Muddatlar aniq kalendar sana bilan, albatta, yuz berishi lozim bo‘lgan voqeani ko‘rsatgan holda yoki muayyan davr bilan belgilanadi. Muddat muayyan davr bilan belgilanganda harakat butun davr maboynida bajarilishi mumkin.
Vaqt davri bo‘yicha belgilangan muddatlar qancha vaqtgacha davom etishi hamda yillar, oylar, haftalar, kunlar, soatlar bilan hisoblanishi bilan harakterlanadi. Albatta, sodir etilishi lozim bo‘lgan voqea ko‘rsatilgan muddatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, fuqarolik munosabatlarining subyektlari bu holatni qachon yuz berishini oldindan bilmaydilar. Masalan, umrbod asrash sharti bilan turar joyni ijaraga berish shartnoma- si tuzilgan bo‘lsa, bu shartnoma qachon tugashini shartnoma ishtirokchi- lari oldindan bilmaydi va bilishi ham mumkin emas.
Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, fuqarolik huquqida aniq belgilangan vaqtga muddat deb aytiladi. Muddatning o‘tishi ma’lum yuridik fakt hisoblanadi, chunki uning o‘tkazib yuborilishi natijasida qonunda nazarda tutilgan hollarda, muayyan huquqiy oqibatlar vujudga keladi, biron-bir huquq va majburiyat olinadi, o‘zgartiriladi yoki yo‘qotiladi. Masalan, Uy- joy kodeksining 68-moddasiga ko‘ra, ijaraga oluvchi va uning oila a’zolari turar joydan vaqtincha, olti oydan ortiq muddatga ketib qolsalar, turar joy maydoniga bo‘lgan huquqlarini yo‘qotishlari mumkin.
Vaqt majburiyat huquqiga oid munosabatlarda ham ahamiyatga ega. Masalan, o‘zaro shartnoma tuzgan shaxslar ma’lum vaqt ichida biron-bir



1 Гражданское право: Учебник / Под. ред. А.П.Сергеева, Ю.К.Толстого. – М., 1997. – С. 279.
harakatni qilishlari; shartnoma predmeti bo‘lgan ashyoni topshirishlari, muayyan ishni bajarishlari; pul to‘lashlari, ikkinchi taraf tomonidan bajarilgan ijroni qabul qilishlari lozim.
Fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda muddatlarning to‘g‘ri hisobla- nishi va o‘z vaqtida tatbiq etilishi – munosabatlarda qatnashuvchilarning huquqlarini himoya qilish, qonuniylikni ta’minlash, tashkilotlar o‘rtasi- dagi munosabatlarda esa xo‘jalik hisobini mustahkamlash, korxonalar- ning normal ishlashini yo‘lga qo‘yish hamda topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishda katta rol o‘ynaydi.
Muddatlar kim tomonidan belgilanishiga qarab, amalda uchga bo‘li- nadi: a) qonuniy muddatlar; b) shartnomali muddatlar; v) sud, iqtisodiy sud yoki hakamlik sudi tomonidan belgilangan muddatlar.
Qonuniy muddatlar huquq normalarida belgilangan muddatlar. Ular huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning o‘zaro kelishuvlari bilan umumiy qoida bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin emas. Bunday muddatlarga misol qilib, fuqarolarning to‘la yoki qisman muomala layoqatiga ega bo‘lish muddatlari (FK 22-27-m.), ishonchnoma muddati (FK 139-m.), umumiy da’vo muddati (FK 150-m.) va boshqa muddatlarni ko‘rsatish mumkin.
Shartnomali muddatlar FKning 357-moddasida ko‘rsatilgan bitimlar bilan belgilanadigan shartnomali muddatlarning bir turi hisoblanadi. Bu muddatlar shartnoma tuzuvchi shaxslarning o‘zaro kelishuvlari bo‘yicha belgilanishi, o‘zgartirilishi, qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin. Masalan, ular imoratlar qurilishi, ta’mirlanishi, uy-joylarning ijaraga berilishida tuziladigan shartnomalarda ko‘rsatiladi.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin