3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Da’vo muddatlari va ularning turlari. Huquqi buzilgan shaxslarning da’volari yuzasidan ularning huquqini himoya qilish qonun bilan belgi- lab qo‘yilgan (FK 149-m.). Da’vo muddatlari huquqiy munosabatning ishtirokchilari va mazmuniga qarab umumiy va maxsus (qisqartirilgan yoki uzaytirilgan) muddatlarga bo‘linadi.
Umumiyda’vomuddatihuquqiy munosabatlarda qatnashuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning barchasi uchun uch yil etib belgilangan (FK 150-m.).
Fuqarolik kodeksining 151-moddasiga asosan, ayrim turdagi talablar uchun qonunlarda umumiy da’vo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlari belgilanishi mumkin. Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, FKning 152-162-mod- dalarining qoidalari maxsus da’vo muddatlariga ham joriy etiladi.
Da’vo muddatlari va ularni hisoblash tartibi taraflarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Da’vo muddatlari o‘tishini to‘xtatish va uning uzilish asoslari mavjud bo‘lgandagina da’vo muddat- larining o‘tishi tegishli bo‘lishiga qarab to‘xtaydi yoki uziladi.
Maxsus da’vo muddatlarini tartibga solish temir yo‘llar ustavi, Havo kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘zda tutilgan.
Maxsus da’vo muddatlari faqat qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatil- gan hollardagina qo‘llaniladi. Chunonchi, oltioydavometadiganqisqartirilganda’vomuddati: neustoyka (jarima, penya) undirish to‘g‘risidagi da’volar;
sotilgan ashyoning kamchiliklari to‘g‘risidagi da’volar;
sifati lozim darajada bo‘lmagan mahsulotlarni yetkazishdan kelib chiqadigan da’volarga joriy qilinadi.
Da’vo muddatlari imperativ, ya’ni qat’iy belgilanganligi sababli, bu muddatlar va ularni hisoblash tartibi taraflarning kelishuvi bilan o‘zgarti- rilishi mumkin emas (FK 152-m.).
Da’vo muddatining o‘ta boshlashi. Da’vo muddatini to‘g‘ri hisob- lash uchun uning qay vaqtda tugashini bilish o‘ta muhimdir. Da’vo mud- datining o‘tishi da’vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlanadi. Bunday huquq, ya’ni da’vo muddati shaxs o‘zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o‘ta boshlaydi.
Da’volarning turlariga qarab da’vo muddati o‘tishining boshlanish payti bir xil bo‘lmaydi, jumladan, bajarish muddati ko‘rsatilgan majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddatining o‘tishi uchun shu ko‘rsatilgan bajarish muddatining oxirgi kunidan keyingi kundan boshlanadi. Masalan, fuqaro boshqa birovga 2018-yil 20-yanvarda qaytarish sharti bilan qarz bergan bo‘lsa, da’vo muddatining o‘tishi shu yil 21-yanvar soat 00.01 daqiqada boshlanadi. Bu vaqtdan avval kreditor qarzdorga nisbatan o‘z talabini qo‘yishga haqli emas.
Bajarish muddati ko‘rsatilmagan yoki kreditor tomonidan talab qilinish payti bilan belgilangan majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddati- ning o‘tishi jabrlangan shaxs o‘zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran boshlanadi.
Bu qoidadan istisnolar Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunlar bilan belgilanadi. Chunonchi, yuk tashish shartnomasi yuzasidan yuk tashuv- chiga nisbatan da’vo qilish uchun belgilangan ikki oylik muddatning o‘tishi e’tiroz bildiruvchi tomonidan javob olingan yoki javob berish uchun belgilangan muddatning o‘tgan kunidan boshlansa, sifati lozim darajada bo‘lmagan mahsulotlar yetkazib berishdan kelib chiqadigan da’volar uchun belgilangan da’vo muddatining o‘tishi yetkazib berilgan mahsulotdagi kamchiliklar xaridor tomonidan tegishli tartibda belgilan- gan kundan boshlanadi.
Da’vomuddatio‘tishiningto‘xtatilishi,uzilishivatiklanishi.Umumiy qoida bo‘yicha, da’vo muddatining o‘tishi uzluksiz davom etadi. Ammo ba’zi hollarda da’vo muddati davom etib turganda da’vo qilish uchun obyektiv xalaqit beradigan biror holat yuz berishi mumkin.
Da’vo muddatining o‘tishini to‘xtatadigan bunday holatlar qonunda (FK 156-m.) belgilangan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
da’vo qilish uchun muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan favqulodda hodisa (yengib bo‘lmas kuch) to‘sqinlik qilsa, masalan, toshqin, zilzila singari hodisalar yuz bersa;
majburiyatlarning bajarilishini kechiktirish (moratoriy) to‘g‘risi- dagi hukumat qarori bo‘lsa;
agar da’vogar yoki javobgar harbiy holatga o‘tkazilgan qurolli Kuchlar, chegara qo‘shinlari va ichki qo‘shinlar tarkibida bo‘lsa;
agar muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari bo‘lmasa;
tegishli munosabatni tartibga soluvchi qonun yoki boshqa huquqiy hujjatlarning amal qilishi to‘xtatilgan bo‘lsa, da’vo muddatining o‘tishi to‘xtatiladi.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan holatlar da’vo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oydan kam bo‘lsa, da’vo muddatida vujudga kelgan yoki davom etib turgan bo‘lsa, da’vo muddatining o‘tishi to‘xtatiladi.
Muddatning to‘xtatib turilishiga asos bo‘lgan holat barham topgan kundan boshlab da’vo muddatining o‘tishi davom etadi, bunda muddat- ning qolgan qismi olti oygacha, da’vo muddati olti oydan kam bo‘lsa, da’vo muddatiga qadar uzaytiriladi (FK 156-m.).
Da’vo muddatining o‘tishi yuqorida ko‘rsatilgan umumiy asoslardan tashqari yana maxsus asoslar bo‘lgan taqdirda ham to‘xtatib turilishi mumkin. Bunday maxsus asoslar qonunlarda o‘z aksini topgan.
Da’vo muddati o‘tishining to‘xtatilishidan da’vo muddati o‘tishining uzilishini farqlay bilish kerak. Chunki da’vo muddatining o‘tishini to‘xta- tish asoslari da’vo muddati o‘tishining uzilishi uchun asos bo‘lmaydi.