Mulk huquqini himoya qilishda fuqarolik huquqi normalari muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-sentabrdagi
«Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida«gi qonuni1ning 8-moddasiga ko‘ra, xususiy mulk huquqini himoya qilish usullari quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
xususiy mulk huquqini tan olish;
xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradi- gan harakatlarning oldini olish;
1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2012. – № 39.– 446-м.
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibat- larini qo‘llash;
davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;
xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi;
xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonun hujjatlari barqarorligini ta’minlash;
davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid bo‘lgan hujjatining sud tomonidan qo‘llanilmasligi;
mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Xususiy mulk huquqini himoya qilish qonunga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Fuqarolik huquqi normalari bilan esa mulk huquqini himoya qilishning asosiy usullari quyidagicha:
mulkni birovning noqonuniy egallashidan talab qilib olish (vindikatsion da’volar);
mulkdorning huquqlarini egalik qilishdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan huquqbuzarliklardan himoya qilish (negator da’volar);
mulk huquqini buzishga qaratilgan g‘ayriqonuniy bitimlar (shart- nomalar)ni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida qarorlar chiqarish bilan qo‘riqlash;
asossiz olingan mulkni qaytarish yo‘li bilan qo‘riqlash.
Mulk huquqini himoya qilishning yuqorida ko‘rsatilgan usullaridan birinchi va ikkinchisi ashyoviy huquq normalariga asoslangan da’volar bo‘lsa, uchinchi va to‘rtinchi usullar majburiyat huquqi normalariga asoslanib qilinadigan da’volar hisoblanadi.
Ashyoviy huquqqa asoslangan da’volar – ashyoning (mulkning) asl holida qaytarilishiga yoki mulkdan foydalanishda qilinayotgan to‘sqin- liklarni bartaraf etishga qaratiladi.
Majburiyat huquqiga asoslangan da’volar esa bitimda (shartnomada) ishtirok etayotgan mulk egasi (kreditor)ning manfaatini qo‘riqlash, g‘ayri-
qonuniy ravishda tuzilgan shartnoma asosidan olingan narsani mulk egasiga qaytarish, zarar ko‘rgan shaxs (jabrlangan shaxs)ning zararlarini to‘latishga hamda asossiz olingan narsalarni qaytarish yoki uning qiymatini to‘lashga qaratiladi. Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 233-moddasida mulkdorning huquqi qonuniy ravishda to‘xtatilgan taqdirda ham uning manfaatlarini himoya qilish kafolatlari belgilab qo‘yilgan. Ayni vaqtda qonunda mulkdor huquqini buzuvchi hujjatlar qabul qilinishining huquqiy oqibatlari ham o‘z ifodasini topgan. Binobarin, yuqoridagi asoslarga mulk huquqini himoya qilishning o‘ziga xos turi sifatida qaralishi mumkin. Bunday holatlar – mulkdor huquqi- ning buzilishi davlat idorasi tomonidan normativ yoki huquqni qo‘l- lovchi hujjat qabul qilinishi orqali ro‘y beradi. Bunda mulk huquqining bekor bo‘lishi qonuniy asoslangan yoxud aksincha g‘ayriqonuniy bo‘li- shi mumkin. Lekin har ikkala holatda ham mulkdorning qonuniy man- faatlari kafolatlanadi. Masalan, mulkdorga qarashli uy, boshqa binolar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qo‘yish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan yoki davlat idorasining mulkdor- dagi mol-mulkni bevosita olib qo‘yishga qaratilmagan boshqa qarori sababli, mulkdor huquqini to‘xtatib qo‘yishga qonunda belgilangan hollar va tartibdagina yo‘l qo‘yiladi. Bunda mulk huquqi bekor bo‘lishi munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan barcha zararlar mulkdorga batamom to‘lanadi. Agar mulkdor bunday qarordan norozi bo‘lsa, u holda nizo sud tomonidan hal etilmaguncha mulk huquqini bekor qilish- ga sabab bo‘luvchi qaror ijrosi to‘xtatiladi.
Davlat boshqaruv idorasi yoki davlat hokimiyati mahalliy idorasi tomonidan qonunga xilof bo‘lgan hujjatning qabul qilinishi natijasida mulkdorning mulkiy huquqlari buzilsa, bunday hujjat mulkdorning da’vosiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topiladi. Mazkur hujjatni qabul qilgan davlat organi o‘z ixtiyoridagi mablag‘ hisobidan mulkdorga yetkazilgan zararlarni to‘lashi lozim.
Mulkdorga qarashli mulk biron-bir shaxs (fuqaro yoki yuridik shaxs)ning qonunsiz egaligida bo‘lsa, mulkdor o‘z mulkini asl holatida qaytarish haqida bu shaxsga nisbatan sudda da’vo qo‘zg‘atishga haqli, ya’ni mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli (FK 28-m). Fuqarolik huquqi nazariyasida bunday da’volar «vindikatsionda’volar»deyiladi.
Vindikatsion da’vo mulkni insofsiz egallovchilarga nisbatan qo‘lla- nilishi mumkin. Insofsiz egallovchi deb, mulkka nisbatan o‘zi egali-
gining qonuniy emasligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan shaxs nazarda tutiladi. Insofli egallovchi deganda, mulkning o‘ziga g‘ayri- qonuniy yo‘l bilan o‘tishini bilmagan va bilishi mumkin bo‘lmagan egallovchi tushuniladi.
Fuqarolik kodeksining 229-moddasida ko‘rsatilganidek, agar mol- mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsdan haq to‘lab olingan bo‘lsa, oluvchi buni bilmagan va bilishi mumkin bo‘lma- gan (insofli egallovchi) bo‘lsa, mol-mulk mulkdor tomonidan yoki egalik qilish uchun mulkdor bergan shaxs tomonidan yo‘qotib qo‘yilgan yoxud mulkdordan yoki u mol-mulkini bergan shaxsdan o‘g‘irlangan yo bo‘l- masa, ularning ixtiyoridan tashqari boshqacha yo‘l bilan ularning egali- gidan chiqib ketgan bo‘lsa, mulkdor bu mol-mulkni olgan shaxsdan talab qilib olishga haqli.
Mazkur moddadagi umumiy qoidada ba’zi istisnolar ham nazarda tutilgan, ya’ni agar mol-mulk sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotilgan bo‘lsa, mol-mulkni yuqorida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha talab qilib olishga yo‘l qo‘yilmaydi; agar mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsdan haq to‘lamasdan olingan bo‘lsa, mulkdor mol-mulkni barcha hollarda ham talab qilib olishga haqli. Pul, shuningdek, «taqdim etuvchiga» deb yozilgan qimmatli qog‘ozlar insofli egallovchidan talab qilib olinishi mumkin emas.
O‘zining g‘ayriqonuniy ravishda boshqa shaxsga o‘tkazilgan mulklarini talab qilib olishda mulkdor bir vaqtning o‘zida: